Mavzu : Yomon tashkil qilingan tizimlar Sodda va murakkab tizimlar Ochiq va yopiq tizimlar



Yüklə 336,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix10.08.2022
ölçüsü336,92 Kb.
#63072
  1   2   3
Almatov 2




Mavzu : Yomon tashkil qilingan tizimlar 
1. Sodda va murakkab tizimlar 
2. Ochiq va yopiq tizimlar
3. Yomon tashkillashtirilgan tizimlar 
4. Yaxshi tashkillashgan tizimlar
5. Foydalanilgan adabiyotlar 



Sodda va murakkab tizimlar 
Lyudvig fon Bertalanfi (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi 
bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga 
muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib 
chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha, 
murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi. 
Tizim - bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib 
ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.
Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam 
maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan 
belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar 
to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi.
Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”.
Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga 
intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.
Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni 
tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma 
orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar
talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad 
dasturlangan”.
Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: 
sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. Sub’ekt deb ob’ektning 
iste’molchisiga aytiladi. Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt 
desa bo‘ladi. 
Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan 
jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizimlarda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan 
bo‘lishi mumkin. Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va 
uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. 



Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq 
tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.
Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf 
keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami.
Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat 
qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari 
majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar 
orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha 
organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy 
harakati organlari.
Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida 
bildirilgan tanqidiy munosabati. Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan 
naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, 
ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi.
Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus 
belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida 
qo‘llanadigan til. Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi 
mumkin.Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal 
hususiyatlardan iborat bo‘ladi:
1. ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi) 
2. elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi
3. ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish hususiyati 
mavjud).
Yuqorida keltirilgan ta’rif ushbu darslikda o‘rganiladigan murakkab tizim 
tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bundan avvalgi 
ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi.
Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati. Murakkab tizimning birorta 
elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan hususiy tahlil 
emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan 



ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim 
hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z hususiyatlarini saqlaydi. Bunga 
sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir.
Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir 
biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib 
qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi 
ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan 
bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb 
nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida 
uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi 
elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. 
Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – 
quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi.
Masalan, universitet boshqaruvi tizimida rektor element sifatida eng yuqori 
pog‘onada tursa, prorektorlar boshqa elementlar sifatida ikkinchi pog‘onada 
turishadi va xok.
Maqsadga intilish hususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intilgan 
bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim 
avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga 
intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim.
Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki 
gomeostazis hususiyati mavjud bo‘ladi.
Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda 
yoki muvozanatga tortuvchi kuch yordamida boshqarilishi mumkin. Avtomatik 
tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika1 
tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi.



Sodda tizim
Murakkab tizim
Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi 
quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati 
yo‘q yoki munosabatlarni tartibga 
soluvchi hususiyati yo‘q
Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi 
tizimi yoki gomeostazis hususiyati yoki 
munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati 
mavjud
Maqsadga intilmaydi
Maqsadga intiladi
Sub’ekt
tizimni
bevosita 
harakatga keltiradi
Tizim o‘zi harakatga keladi va sub’ekt uning 
ishlashiga dastlabki impuls beradi, hamda
uning harakatiga bilvosita ta’sir qiladi
Misollar: agar sub’ekt ajralgan bo‘lsa va 
xarakatlanayotgan dinamik tizim ob’ekt 
sifatida o‘rganilsa, u holda velosiped, 
avtomobil, samolyot – sodda tizimlar, 
chunki ular xaydovchisiz xarakatga 
kelishmaydi.
Ya’ni o‘rganish ob’ekti va predmetiga 
ko‘ra, tizim sodda yoki murakkab 
bo‘lishi ham mumkin.
Misollar: agar sub’ekt ajralmagan bo‘lsa va 
xarakatlanayotgan tizim o‘rganilsa, u holda 
velosiped, avtomobil, samolyot – murakkab 
tizimlar.
Boshqa misollar: velosiped, avtomobil yoki 
samolyotda o‘rnatilgan GPS navigatori
robot; mexanik yoki kvarsli soat; Quyosh 
tizimi; korxona; o‘simlik; universitet; 
jamiyat; jinoyat bilan kurashish tizimi; 
Konstitutsiya; Mehnat Kodeksi; jinoyat 
qonunchiligi.
Muvozanatga intiluvchi tizimlar fizika, astronomiya, iqtisodiyotda va xok. 
sohalarda uchraydi. Keyinchalik biz qaror qabul qiluvchi quyi tizimga ega bo‘lgan, 
hamda muvozanatga intiluvchi murakkab tizimlarni ko‘rib chiqamiz.
Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi 
muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi.
Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda 
ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.Lyudvig fon Bertalanfi2 (1901–1972) 



murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning 
umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar 
hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan 
yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq 
ekanligini ko‘rsatib bera oldi.
Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq bo‘ladi.
Masalan, universitet – ochiq tizim. Tashqi muhitdan universitetga axborot, moddiy 
va moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi. 
Universitetdan tashqi muhitga axborot, ishdan bo‘shuvchi kadrlar, bitiruvchilar 
chiqib ketadi. Yopiq tizim tashqi muhit bilan nisbatan kamroq axborot, energiya, 
resurs va mahsulotlarni bilan almashinib turadi. Masalan, xalqaro savdo va xalqaro 
moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega bo‘ladi.
Muvozanat holati bo‘yicha tizimlar muvozanatli va muvozanatsiz bo‘ladi. 
Muvozanat yoki muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik tizimda kuzatilishi 
mumkin.
Masalan, vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari 
eksponensial o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga 
doimo tengligi saqlanib borsa, u holda bozordagi talab va taklif xajmlarining 
dinamik muvozanati haqida gapirsa bo‘ladi. Agar vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida 
talab va taklif xajmlari bir hil o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning 
xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, bunday dinamik muvozanat – 
statsionar muvozanat deb, bunday dinamik tizim esa – statsionar tizim deb ataladi. 
Statsionar tizimda muvozanat bo‘lishi shart emas, ammo uning xarakati shakli bir-
hil bo‘ladi.

Yüklə 336,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin