Mavzu: ahlus-sunna va-l-jamoa mazhabboshlarining ta’rifi



Yüklə 1 Mb.
tarix22.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#119353
Ahlus-sunna va-l-jamoa mazhabboshlarining ta\'rifi

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo’nalishi 2-bosqich talabasi Lutfullayev Zikrullohning “Islomshunoslik ” fanidan tayyorlagan taqdimoti

MAVZU: AHLUS-SUNNA VA-L-JAMOA MAZHABBOSHLARINING TA’RIFI

“Haq yo’lda bo’lmish meni va mendan keyingi haq xalifaning sunnatini (yo’lini) tutinglar” (Abu Dovud 4607, at-Tirmiziy 2676, Ibn Moja 42)

“Islomning dastlabki yillarida hadis isnodlari haqida so’ralmas edi. Ammo fitnalar paydo bo’lgach, hadislarni bid’at egalaridan emas, balki Ahlu-s-sunna vakillaridan qabul qilish maqsadida isnod haqida so’rash boshlandi”. Ibn Sirrin rohimahulloh (Muslim 1/15, Ahvalu-r-rijal)

Hanafiy mazhabboshisi. Abu Hanifa No’mon ibn Sobit (r.a.) 699 yil Kufa shahrida ipak savdosi bilan shug’ullanuvchi boy oilada tug’ilgan bo’lib, faqih, Ahlus-s-sunna val jamoa yo’nalishining hanafiylik mazhabi asoschisi. Uning bobosi Umar ibn Xatton (r.a.) davrida islomni qabul qilgan. Abu Hanifa yosh sahobalar bilan uchrashishga muvaffaq bo’lgan. Ulardan Anas ibn Molik (r.a.) aytsa bo’lsa bo’ladi. 16 yoshida otasi bilan haj ruknini amalga oshirgan va u yerda sahoba Abdulloh ibn al-Horis (r.a.) bilan ko’rishgan. Dastlabki ilmini Kufada olgan. 22 yoshidan Kufalik Hammod ibn Abu Sulaymonning dars xalqasida 18 yil mobaynida ilm olib, ustozining vafotidan so’ng uning xalqasini boshqargan. Kufa va Basraning eng mashxur faqihi hisoblangan. 747-748 yillar Iroqning hokimi Ibn Xubayrning qozi bo’lish bo’yicha qistovlaridan qochib Makkada yashaydi. Hokimiyat tepasiga Abbosiylar kelgach Kufaga qaytadi. Xalifa al-Mansurning qozi bo’lish taklifiga rad javobini bergach xalifaning jahli chiqib uni hibsga olishadi va Abu Hanifa (r.a.) qamoqda 767 yil vafot etadi.

Molikiylik mazhabboshisi. Abu Abdulloh Molik ibn Anas al-Asbahi (r.a.) 713 yil Madina shahrida tug’ilgan. Faqih, muhaddis, molikiylik mazhabi asoschisi. Tarixiy manbalarda aytilishicha Molik ibn Anas ona qornida 2 yoki 3 yil bo’lgan deyiladi. Ajdodlari savdo-sotiq bilan shug’ullangan bo’lib, Banu Taym ibn Murra (taym Quraysh)ning Ximyar qabilasidan hisoblanishadi. Olimning otasi kamon o’qini yasash bilan shug’ullangan. Molik ibn Anas (r.a.) Qur’on ilmlarini o’z qarindoshlaridan (amakisi Abu Suhayl Nafi hadis bo’yicha mashxur olim) o’rgangan. Uning buvasi ham mashxur muhaddislardan bo’lgan. Fiqh ilmini Molik ibn Anas (r.a.) Rabi ibn Abdurrahmon (r.a.) o’rgangan. 13 yil Abdurrahmon ibn Xurmuzning xalqasida dars o’rgangan, ularning orasida ibn Shihab az-Zuhriy ham bo’lgan. Ja’fas as-Sodiqning darslarida ishtirok etish ham nasib etgan. Ilmga chanqoq bo’lgan. Masjidu-n-Nabaviyda dars bergan, lekin kasallik tufayli uyda dars berishni boshlagan va hatto, Payg’ambar masjidiga behurmatlik bo’lmasin deb juma namoziga ham chiqishni o’ziga ep ko’rmagan.

Shofiiylik mazhabboshisi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ash-Shofiiy (r.a.) 767 yil Falastinning G’azo shahrida tug’ilgan. Uning otasi qurayshlik harbiy qo’mondon bo’lgan va olimning go’dakligida vafot etgan. Shofiiy o’zining Quraysh qabilasidan ekanini eslatib turadi. Ba’zi manbalarda 2, ba’zilarida 10 yoshda onasi u bilan otasining Makkadagi qarindoshlari oldiga ko’chib o’tadi. Bu yerda Shofeiiy juda mashxur olim va faqihlar bilan uchrashadi. Bir qancha muddat, xuzayl qabilasidan bo’lgan arobiylar bilan yashaydi, arab tili balog’atini ta’lim olib, otda minish hamda kamondan o’q otish sirlarini o’rganadi. Madinaga borib Molik ibn Anasga uning “Al-Muvatto”sini yoddan aytib bergach, uning qo’lida 9 yil dars oladi. Yana Madinada, mo’tazili olim Ibrohim ibn Abu Yahyodan fiqh ilmidan ta’lim oladi.

Hanbaliylik mazhabboshisi. Abu Abdulloh Ahmad ibn Muhammad ash-Shayboniy (Ahmad ibn Hanbal (r.a.) hanbaliylik mazhabi asoschisi. 780 yilda Bag’dodda tug’ilgan. Olimning otasi juda yoshligida vafot etgan va u kamchilikda hayot kechirgan. 15 yoshligidan to 816 yilga qadar hadis va fiqhni o’rgangan. Abu Yusuf va Shofiiy bilan uchrashgan. Uning mashxurligi Ma’mun va Mu’tasim davridagi mixna fitnasi bilan bog’liqdir. Uning shogirdlari ko’p bo’lgan. Imomning asarlari “Musnad”, “Olti aqida”, “Kitabu-s-salat”, “Kitaburradd ala-l-jahmiya va va-z-zanadiqa”.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin