Umuminsoniy qadriyatlarning axloq va huquq uchun umumiy bo‘lgan asosida rivojlanadi;
Axloqiy va huquqiy munosabatlar sohalarining mos kelishi;
Axloqiy va huquqiy munosabatlarning umumiy maqsad, vazifalari va talablari;
Insonning jamiyatdagi xulq-atvorini boshqaradi;
Ijtimoiy xulq-atvorni boshqaruvchi normalar majmuidir;
Axloq va huquq norma va prinsiplariga rioya qilishning majburiyligi.
SHu bilan birgalikda axloq va huquq bir qancha farqli tomonlarga ham ega. Bu farqlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Axloq va huquqning farqlari
Axloq
Huquq
Normalar yozma xarakterga ega emas, urf-odat va an’analarda belgilanadi.
Normalar aniq formal xarakterga ega rasmiy hujjatlarda belgilab beriladi.
Normalar ob’ektiv ravishda kelib chiqadi.
Normalar davlat tomonidan o‘rnatiladi.
Amal qilishini ta’minlash mexanizmi-jamoatchilik fikri
Amal qilishini ta’minlash mexanizmi-davlat organlarining sanksiyasi.
Ixtiyor erkinligi mavjud.
Ixtiyor erkinligi normativ hujjatlar bilan qat’iy chegaralanadi.
Axloq va huquq o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo etuvchi hodisalar hisoblanadi:
Axloq va huquq, barcha fuqarolarning manfaatlari, intilishlari va irodasini ifodalaydi;
SHaxs va jamiyat manfaatlarini uyg‘unlashtiradi;
Milliy va mulkiy holatidan qat’i nazar har bir fuqaroga teng talabni qo‘yadi;
Axloqdagi tenglik prinsipi kishilarning qonun oldidagi teng huquqli ekaniga mos keladi;
Hulq atvorni baholash uchun bir xil mezonlarni ilgari suradi: adolatparvarlik, insonning tabiiy huquqlarini fuqarolik va siyosiy erkinligini hurmat qilish:
Axloq ishontirish metodiga asoslanadi, bu metod huquqda ham asosiy metod hisoblanadi;
Demak axloq va huquq bir-biri bilan uzviy bog‘liq, biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadigan xodisadir.
«Etika» fani yuqorida bayon qilingan muammolar bilan shug‘ullanar ekan, taraqqiy etib boradi. Etika hozirgi vaqtda bir qancha sohalarga bo‘linib, har bir sohasi muayyan muammolar bilan shug‘ullanadi.
Umumiy etika nazariyasi-axloq, uning tabiati, mohiyati, xususiyati, tarkibiy qismlari, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganadi.
Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot qonunlarini, har xil axloqiy nazariyalarning tarixdagi o‘rnini, rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi.
Normativ qadriyatlar etikasi aniq axloq normalarini, axloqiy majburiylik talablarini, axloqiy meros sifatida shakllanib avloddan avlodga o‘tib kelayotgan axloqiy qadriyatlar tizimini o‘rganadi.
Kasb etikasi- har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
Axloqiy tarbiya nazariyasi-axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tadbiq etishning vosita va uslublarini o‘rganadi.
“Etika”ning tarkibiy qismlari (sohalari) uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, bir-birini taqozo etadi va to‘ldirib turadi.
“Etika” boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. “Etika”ning “Estetika” bilan munosabati ayniqsa o‘ziga xos. CHunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan nuqtai nazar, yaxshilik yoki yomonlik (axloq) va go‘zallik yoki xunuklik (nafosat) nuqtai nazaridan ish ko‘radi. YA’ni ichki go‘zallik va tashqi go‘zallik uyg‘unligiga e’tibor qaratadi. SHu bilan birga, san’at estetikaning asosiy tadqiqot ob’ektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida axloqiy – tarbiyaviy jihatdan muhim bo‘lgan g‘oyalar ilgari suriladi va san’atkor badiiy obrazlar orqali axloqiy ideallarni yaratadi.
“Etika”, shuningdek, “Pedagogika” fani bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib boradi. Komil insonni shakllantirish, ta’lim berish jarayonlarini tarbiyaviy jarayonlarsiz, «Odobnoma» darslarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. SHu sababli “Etika” “Pedagogika”ning asosi hisoblanadi. Etika «Psixologiya» fani bilan aloqador. “Psixologiya” u yoki bu xatti-harakat, fe’l-atvor sabablarining ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, «Etika» esa «Psixologiya» tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi deb ko‘rsatib o‘tiladi A. SHerning «Axloqshunoslik» kitobida.
“Etika” bilan “Sotsiologiya” inson faoliyatini boshqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lgan axloqni o‘rganadi. “Sotsiologiya” insonlarning ommaviy xatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi. “Etika” esa muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-harakatlarni hamda ularning sabablarini o‘rganadi.
“Etika”ning “Politologiya” bilan munosabati ham o‘ziga xos. «Siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar kurashini taqozo etadi. SHaxsiy intilishlar bilan davlat (jamiyat) manfaatlarining mosligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari o‘rtaga chiqadi» deb ta’kidlaydi A.SHer. Siyosat qanchalik axloqiylik kasb etsa, shunchalik oqilona bo‘ladi.
XX asr o‘rtalariga kelib “Etika”ning “Ekologiya” bilan aloqadorligi kuchaydi. CHunki vujudga kelgan ekologik tanglik vaziyati insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish zaruratini keltirib chiqardi. Endilikda global ekologik muammolarning oldini olish insonning tabiatga nisbatan ijtimoiy-axloqiy munosabatiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Axloqiy baholash va boshqarish ob’ekti tabiatning o‘zi emas, balki insonning tabiatga bo‘lgan munosabati bo‘lishi kerak.
Ko‘rib turganimizdek, “Etika”ning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tobora ortib bormoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng “Etika” yangilanayotgan jamiyatda tobora o‘z yuksak mavqeini egallaydi. “Etika” oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik vazifasi va komil inson tarbiyasini nazariy asoslash vazifasi turibdi. Bu vazifani faqatgina axloqqa yangicha yondashuvlar asosida amalga oshirsa bo‘ladi.