Mavzu: Biologiyani o`qitishda didaktik ta`lim texnologiyasidan foydalanish



Yüklə 72,14 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.05.2023
ölçüsü72,14 Kb.
#113559
15 amaliy mashg`ulot



15-amaliy mashg`ulot. 
Mavzu: Biologiyani o`qitishda didaktik ta`lim texnologiyasidan foydalanish 
Amaliy mashg`ulotning maqsadi: Talabalarga biologiya fanini o`qitishda didaktik 
ta`lim texnologiyasining o`rni, o`ziga xos jihatlari, erishiladigan va kutiladigan 
natijalar haqida ma`lumotlar berish
Mashg’ulot davomida talaba:
1. Didaktik ta`lim metodlari haqida ma`lumotga ega bo`ladi; 
2. Didaktik ta`lim texnologiyasida foydalaniladigan metodlar va ularning turlari; 
3. Dars jarayonlarida didaktik ta`lim texnologiyasidan foydalanish;
Zarur jihozlar va qurollar: ko`rgazmalar, tablitsalar, tarqatma materiallar,
darsliklar, slayd va proyektor 
Amaliy mashg`ulotda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o’qitish 
texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi, didaktik ta`lim texnologiyalari
Amaliy mashg`ulotning borishi: 
1. Didaktik texnologiyasi bilan tanishtirish. 
2. Didaktik ta`lim metodlari va ularning mashg`ulotlarda qo`llash 
3. Biologiya darslarida muammoli ta`lim metodlardan foydalanish 
Ta’lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida 
qo'llaniladi. Darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati bilan 
uyg'unlashtiriladi. Shu sababli, o'quvchilarning bilim olish faoliyati, o'yin faoliyati 
bilan uyg'unlashgan darslar didaktik о’yinli darslar deb ataladi. 
Didaktik o`yinlarni amalda qo`llash shart-sharoitlari. 
Didaktik o`yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik 
darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o`yin mashg`ulotlariga o`ziga xos 
xavfsizlik talablari qo`yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to`liq rioya qilinishi har bir 
tashkilotchining doimiy e`tiborida bo`lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik 
o`yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini turli belgilash va unga rioya qilishning 
o`ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo`llash talab qilinadi. 
Didaktik o`yin turlarini tanlash mezonlari: 
— 
ishtirokchilar tarkibi bo`yicha - o`g`il bolalar, qiz bolalar, o`smirlar, katta 
yoshdagilar uchun o`yinlar; 
— 
ishtirokchilar soni bo`yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh sinf 
jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflararo va ommaviy o`yinlar; 


— 
o`yin jarayoni bo`yicha - fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar, musobaqa 
va boshqalarga yo`naltirilgan o`yinlar; 
— 
vaqt me`yori bo`yicha - dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan 
qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`olib yoki g`oliblar aniqlanguncha davom 
etadigan va boshqa o`yin¬lar 
Har bir didaktik o`yin jarayonida o`ziga xos vositalar turlari qo`llaniladi va 
mashg`ulot jarayonida ulardan turli, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu 
vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
— 
kanselyariya tovarlari - turli o`lchamlardagi oq va rangli qog`ozlar, skotch, 
flomasterlar, ruchka, qalam, chizg`ichlar, qaychi, elim va boshqalar; 
—texnika vositalari - proektor, mikrofon, kompyuter; videokamera, 
videomagnitofon, televizor va boshqalar; 
— 
o`quv asbob-uskunalari - o`quv laboratoriya va ustaxona jihozlari, o`lchov 
asboblari, o`quv priborlari, moslama, mexanizm, model va boshqalar; 
— 
mahalliy va tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar. 
Didaktik o`yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan 
ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni 
ta`minlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim.
Maktabda har bir o`qituvchi ayrim turdagi didaktik o`yin mashg`uloti o`quv 
materiallarini amalda qo`llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik 
faoliyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda o`qituvchilar o`z mutaxassislik 
fanlari bo`yicha o`zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq didaktik 
o`yin turlaridan foydalanib o`tkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlashlari va 
uning asosida metod birlashma majlisida shu mashg`ulotni bayon qilib berishlari 
va tegishli muhokamalar o`tkazib borilishi tavsiya qilinadi. 
Ro`lli o`yin darsi - dars mavzusi bo`yicha masalalarni o`rganishda o`quvchilarga 
oldindan ma`lum ro`llarni taqsimlash va dars jarayonida shu ro`lni bajarishlarini 
tashkil etish asosida bilimlarni mustaxkamlash darsi. 
Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog`liq sahna ko`rinishlari tashkil 
etish orqali dars mavzusi bo`yicha chuqur, aniq ma`lumotlar berish darsi. 
Kompyuter darsi – tegishli o`quv fani bo`yicha dars mavzusiga doir 
kompyuter materiallari ( multimediya, virtual o`quv kursi va shu kabilar ) asosida 
o`tiladigan dars. 
Kim oshdi savdosi darsi – o`quv fani ayrim bo`limi bo`yicha bilimlarni har bir 
o`quvchi qanchalik ko`p bilishini namoyish etish darsi. 


Yamarka darsi – dars mavzusini bo`laklar bo`yicha oldindan o`zlashtirish 
o`quvchilarning o`zaro muloqat asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali 
o`tiladigan dars. 
Formulalar darsi – o`quvchilarning formulalarni puxta o`zlashtirishlari 
bo`yicha turli o`yinlar shaklidagi mashqlar o`tkazish darsi. 
O`yin darsi – dars mavzusiga mos o`yin orqali o`quvchilarning 
o`zlashtirishlarini tashkil etish darsi. 
Sud darsi – o`quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish 
orqali yangi mavzuni tashkillashtirish darsi. 
Konsert darsi – dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida 
ifodalash mashqlari bo`lib, o`quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash 
imkoniyatini beradi. 
Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi – dars mavzusini oldindan puxta 
o`rgangan o`quvchilar yordamida qiziqarli savol – javoblar, tahlillar asosida 
isbotlab, tushuntirish mashqlari bo`lib, bunda o`quvchilar dars mavzusini 
o`zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar.
Integral (integratsiyalangan)dars – bir nechta fanlarga doir integratsiyalash 
uchun qulay bo`lgan mavzular bo`yicha tashkil qilingan dars bo`lib, 
o`quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib ta`lim jarayonidagi faolliklarini 
taminlaydi.
Bunday darslar o`quvchilarga fanlararo bog`liqlikni o`rgatish orqali ularda odam 
tuzilishining ilmiy asoslarini to`liq idrok etrok etish, ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirish ijodiy tafakkurlarni rivojlantirishga hizmat qiladi.
Uyga vazifa: Didaktik ta`lim metodidan foydalanib dars ishlanma tayyorlash 

Yüklə 72,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin