Mavzu:Biznes faoliyatiga soliqlar orqali ta’sir qilishining huquqiy asoslari.Qimmatli qog’ozlar bozori va birjalar faoliyatining huquqiy tartibga solinish
Reja:
1.Qimmatli qogʼozlar bozori tushunchasi.
2.Qimmatli qogʼozlar bozorining turlari.
3.Qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilish texnologiyalarini tasvirlash.
4. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali ta’sir qilish.
5.Xulosa
6.Foydalannilgan adabiyotlar
Qimmatli qogʼozlar bozori tushunchasi.
Qimmatli qogʼozlar bozori - bu jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qogʼozlarni chiqarish, ularning muomalada boʼlishi va soʼndirilishi bilan bogʼliq munosabatlari tizimidir. Har qanday bozor makonini ikki qutbga boʼlish mumkin. Ulardan birida kapital yetkazib beruvchilar boʼsh pul mablagʼlariga ega boʼlgʼan va ularni saqlash hamda koʼpaytirishni istovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ikkinchisida esa - yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xizmatlar koʼrsatish yoki ishlab turgan shtatlarni zamonaviylashtirish, kengaytirish, qayta taʼmirlash uchun zarur boʼlgan boshlangʼich yoki qoʼshimcha kapitalga muxtoj boʼlgan bozor subʼektlari turadi. Kapitalning isteʼmolchilari sifatida korxonalar, tashkilotlar, aholi, shuningdek, davlat ham ishtirok etishi mumkin.
Mablagʼlarni jalb etish maqsadida kapital isteʼmolchilari qimmatli qogʼozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo-sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablagʼ oladi. Kapital isteʼmolchilari (emitentlar) va yetkazib beruvchilari (sarmoyadorlar) oʼrtasidagi munosabatlar qaytarilish, toʼlovlilik yoki mol-mulkka egalik qilish huquqini oʼtkazish shartlari bilan amalga oshiriladi.
Biroq emitentlar yoki sarmoyadorlar bir-birlarini "topishlari" uchun ushbu jarayonda yordamchi boʼlsada, ammo juda muhim rol oʼynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shuningdek, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning oqilona oʼzaro munosabatlarini taʼminlovchi, infratuzilma, deb nomlanuvchi yordamchi subʼektlarning ancha murakkab muassasaviy (institutsional) tizimi zarur.
Qimmatli qogʼozlar bozorining muassasaviy infratuzilmasi Umumiy va maxsus tabaqalarga boʼlinadi. Umumiy infratuzilmani qiluvchi tashkilotlarga qimmatli qogʼozlar bilan operatsiyalar qilishda umumiy yordamchi vazifani bajaruvchi, muassasalar kiradi. Ularsiz qimmatli qogʼozlar bozori ishtirokchilarining faoliyat koʼrsatishi mumkin boʼlmagan yoki murakkablashgan boʼlar edi. Bularga axborot agentliklari, nashriyot, gazeta va jurnallar (matbuot), tele va radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari, notarial, yuridik hamda advokatlik idoralari, sugʼurta kompaniyalari kiradi. qimmatli qogʼozlar bilan tuziladigan bitimlarga xizmat koʼrsatishga koʼmaklashuvchi vazifalarni bajarish uchun ularga qimmatli qogʼozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziyalarning zarurati yoʼq. Аyni paytda bunday tashkilotlar davlat boshqaruvi organlarining, xususan, Markaziy bank (tijorat banklari), Moliya vazirligi (auditorlik va sugʼurta kompaniyalari), Аdliya vazirligi (advokatlik, yuridik va notarial idoralar), Davlat matbuot qoʼmitasi (nashriyotlar, gazetalar, jurnallar)ning maxsus faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyalariga ega boʼlishi kerak. Mazkur subʼektlarning faoliyati ushbu holatda qimmatli qogʼozlar bozori ishtirokchilariga kredit hisob-kitob xizmatlari koʼrsatish, emitentlar hisobi va moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi hamda umumiy belgilangan meʼyorlarga mos kelishini tasdiqlash, qimmatli qogʼozlarning oldi-sotdisi, almashuv, sovka qilinishi shartnomalarini tasdiqlash, ular bilan bajariladigan operatsiyalarni sugʼurtalash, sarmoyadorlarni va fond boyliklari bilan professional faoliyat yurituvchi shaxslarni bozordagi vaziyatdan xabardor qilish va hokazolardan iborat boʼladi.
Qimmatli qogʼozlar bozorida birja faoliyatini amalga oshioshiruvchi tashkilotlar (fond birjalari, tovar-xom ashyo, valyuta va boshqa birjalarning fond boʼlimlari) hamda investitsiya muassasalari maxsus infratuzilmani oʼzida namoyon qiladi.
Investitsiya muassasalariga investitsiya vositachilari (brokerlar – dilerlar, investitsiya maslahatchilari, investitsiya fondlari, investitsiya kompaniyalari, boshqaruvchi kompaniyalar, qimmatli qogʼozlar egalarining reestrlarini saqlovchilar, depozitariylar, hisob-kitob-kliring palatalari, qimmatli qogʼozlarning nominal egalari kiradi. Sanab oʼtilgan tashkilotlardan har biri qimmatli qogʼozlar bozorida qatʼiy ixtisoslashgan faoliyat turini bajarishi lozim, shunga qaramay, ayrim faoliyat turlarining qoʼshilib ketishiga ruxsat etiladi. Mazkur tashkilotlar qimmatli qogʼozlar bozorida birja faoliyatini koʼrsatish yoki mamlakat fond bozori holatiga javob beruvchi davlat idorasi nomidan investitsiya muassasasi sifatida operatsiyalarni amalga oshirish uchun majburiy tarzda litsenziyaga ega boʼlishi kerak. Qimmatli qogʼozlar oldi-sotdisi boʼyicha bitimlar fondirjalarida va birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.
Birjalarda bevosita bozorlarga chiqarilmaydigan, hujjatlar bilan tasdiqlangan aniq sifat va miqdor xususiyatlariga hamda talab va taklif asosida belgilanadigan narxga ega boʼlgan ayrim fond boyliklari sotiladi va xarid qilinadi. Birjaga savdoda ishtirok etishni xoxlovchi barcha shaxslarga emas, faqat uning aʼzosi boʼlgan professional ishtirokchilarga ruxsat etiladi. qimmatli qotozlar bilan birja savdolari har bir birja tomonidan maxsus ishlab chiqilgan qimmatli qogʼozlar bozoridagi qonunchilikka qatьiy rioya etilishini, birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini, birja savdolariga kiritilgan qimmatli qogʼozlar toʼgʼrisida ishonchli va toʼliq maʼlumotlarning eʼlon qilinishini, tuzilayotgan bitimlar toʼgʼrisida axborotning oshkor etilishini va xokazolarni nazarda tutuvchi qoidalar asosida olib boriladi. Birjada oddiy qimmatli qogʼozlar bilan emas, faqat alohida talablarga javob beradigan qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilinadi. Аnʼanaviy tarzda fond birjasi – bu eng yaxshi qimmatli qogʼozlarning bozoridir.
Qimmatli qogʼozlar bozori kapitalni jamlash va markazlashtirishni tezlashtirishga yordam beradi. U investitsiyalarni moliyalash uchun zarur boʼlgan moliyaviy mablagʼlarni bir korxonalardan boshqalariga oʼtkazilishini yengillashtiradi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, qimmatli qogʼozlar aylanmasi yordamida jamgʼarma va omonatlarning investitsiyaga ikkala tomonni ham qanoatlantiradigan narxda yanada toʼliq va tez oʼtkazilishi mumkin. qimmatli qogʼozlar avvalo korxonalar moliyaviy resurslari va aholi jamgʼarmalarini safarbar qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida chiqariladi. Ularning amaliy jihatdan maqsadga muvofiqligi bu jihatdan shubhasiz. Hatto mamlakatimizda toʼplangan kichik tajriba ham texnik jihatdan qayta jihozlash, yangi ishlab chiqarishni barpo etish yoki amaldagilarini kengaytirish uchun turli korxonalar, tashkilotlar mablagʼlari va aholining shaxsiy jamgʼarmalarini faol jalb etilishidan dalolat bermoqda.
Qimmatli qogʼozlar bozori yordamida kapitalning aniq shakllari (sanoat, tovar, bank kapitallari) katta harakatchanlikka ega boʼladi, bu zarur mablagʼlarni (shu jumladan, shaxsiy jamgʼarmalarni ham) u yoki bu vazifalarni xal etish uchun tezlik bilan jalb etish imkonini beradi. Qimmatli qogʼozlarning muntazam aylanmasi mamlakat moliya tizimini tubdan yangilashni ragʼbatlantiradi, Bozor yordamida asosiy iqtisodiy operatorlarishlab chiqarish korxonalari, xizmat koʼrsatuvchilar, tijorat banklari, birjalar va aholi oʼrtasidagi aloqalar mustaxkamlanadi.
Fond bozorining turli-tuman vositalari (masalan, davlat qimmatli qogʼozlari) sharoitida davlat byudjetining noishlab chiqarish xarajatlarini qoplash, muomaladagi oshiqcha pul miqdorini qisqartirish muammolarini hal etish imkoniyatlari tugiladi. Аholi tomonidan aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʼozlarning naqd pulga sotib olinishida muomaladagi pul belgilari ning miqdori qisqaradi, bu pul muomalasining ahvoliga samarali taʼsir koʼrsatadi.
2. Qimmatli qogʼozlar bozorlarining turlari
qimmatli qogʼozlar bozori murakkab va koʼp qirralidir. Fond bozori haqida yanada chuqurroq bilimga ega boʼlish uchun uni tasniflovchi belgilar orqali har tomonlama koʼrib chiqish maqsadga muvofiqdir. quyida bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek, Oʼzbekistonda ham oʼz oʼrniga ega boʼlgan qimmatli qogʼozlar bozorining asosiy turlarini koʼrib chiqamiz.
qimmatli qogʼozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari
Fond bozorini birlamchi va ikkilamchi boʼlaklarga ajratish amaliyot uchun muhim ahamiyatga ega,
qimmatli qogʼozlarning birlamchi bozori bu qimmatli qogʼozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, yaʼni qimmatli qogʼozlarni emitent yoki uning vakili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir. Emitent tomonidan qimmatli qogʼozlarning takroriy chiqarilishi (masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emissiyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi. Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborotning oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida toʼliq maʼlumotlar beriladigan emissiya prospektini yoki qimmatli qogʼozlarni muomalaga chiqarish toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishdan tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi maxsus davlat idoralariga taqdim etiladigan qimmatli qogʼozlarni joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi. qimmatli qogʼozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida emitent toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilgan holda qimmatli qogʼozlarni xarid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan imkoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq obuna shaklida faqat tegishli davlat boshqaruvi idorasiga maʼlum qilgan holda qimmatli qogʼozlarni shaxslarning cheklangan doirasi oʼrtasida joylashtirish yoʼli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qogʼozlarning ixxilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan va hech boʼlmaganda bir marta xarid qilingan qimmatli qogʼozlar oldi-sotdisi (muomalasa) amalga oshiriladigan bozordir. Аynan qimmatli qogʼozlar ikkilamchi bozorining rivojlanish darajasiga qarab, ushbu mamlakatda qimmatli qogʼozlar bozorining taraqqiy etish darajasi toʼgʼrisida mulohaza yuritish mumkin. Ikkilamchi bozorning asosiy koʼrsatkichlaridan biri likvidlilik hisoblanadi. Bozorning likvidliligi – bu maʼlum vaqt oraligʼida bozor narxlarining kam miqdorda oʼzgarib turgani holda qimmatli qogʼozlarning katta qismini yuqori surʼatda aylanishini taʼminlash imkoniyatidir.
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar oʼrtasidagi oʼzaro munosabat iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganligiga, fond bozorining shakllanganligiga, uning "yoshi"ga, shuningdek, muomalada boʼlgan qimmatli qogʼozlar har xil turlarining garkibiga (strukturasiga) bogʼliq. Masalan, iqtisodiyoti nisbatan barqaror boʼlgan, qimmatli qogʼozlar bozorining tarixi esa, bir necha yuz yillarni qamrab olgan rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qimmatli qogʼozlarning deyarli barcha turlari boʼyicha ikkilamchi savdo ustun turadi, Birlamchi bozordagi qimmatli qotozlar aylanmasi ushbu mamlakatlarda ikkilamchi bozor aylanmasining 5-10 foizini tashkil etadi, xolos. Odatda koʼpchilik rivojlangan mamlakatlar fond birjalarida qimmatli qogʼozlarning birlamchi joylashtirilishi amalga oshirilmaydi, shuning uchun u yerlarda uzoq muomala muddatiga ega boʼlgan qimmatli qogʼozlar baholanadi.
Qimmatli qogʼozlarning uyushgan va uyushmagan bozorlari
Qimmatli qogʼozlarning uyushgan bozori – bu qimmatli qogʼozlarning muomalada boʼlishi sohasi boʼlib, unda qimmatli qogʼozlar operatsiyalari ushbu bitimlar ishtirokchilari uchun qimmatli qogʼozlar savdosining tashkilotchisi tomonidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan tartibga solingan.
Qimmatli qogʼozlarning uyushmagan bozori – bu qimmatli qogʼozlarning muomalada boʼlishi sohasi boʼlib, unda qimmatli qogʼozlar bilan operatsiyalar savdolar tashkilotchilarining ushbu bitim predmeti va uning ishtirokchilariga nisbatan qoʼygan talablariga rioya etilmagan holda amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʼozlarning uyushmagan bozori – bu shunday bozorki, unda bitimlar tuzish, qimmatli qogʼozlar va ishtirokchilarga qoʼyiladigan talablarning qoidalari belgilanmagan, savdolar sotuvchi va xaridorning shaxsiy aloqasi orqali ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Mazkur bozorlarda tuzilgan bitimlar haqidagi axborotni tarqatish tizimi mavjud emas. Bundan tashqari, bitimlar ishtirokchilarning qandaydir muxofaza va sugʼurta mexanizimlaridan foydalanmagani holda amalga oshiriladi (masalan, sotuvchi tomonidan qimmatli qogʼozlarning maxsus hisobraqamlarda oldindan muhosara qilinishi, qimmatli qogʼozlar xaridorlari tomonidan pul mablagʼlari bir qismining oldindan toʼlanishi va h. k.), odatda bunday hollar birja savdolarida oʼrinlidir. Shu bilan bir vaqtda, bitimlar maxsus roʼyxatga oluvchilar tomonidan qonun bilan belgilangan umumiy tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu bozor "koʼcha" yoki "tartibsiz" bozor, deb nomlanishiga qaramay, u mutlaqo chalkash va tartibsiz bozor emas, chunki bitimda ishtirok etayotgan tomonlardan qaysidir birining tovlamachilik qilgani aniqlangan hollarda, tartibga soluvchi davlat idorasi tergov ishini olib boradi. Bunday bozorda sifatli qimmatli qogʼozlar ham, ular boʼyicha yo katta dividendlar olish, yoki barcha qoʼyilgan mablagʼlarni yoʼqotish mumkin boʼlgan daromadli qimmatli qogʼozlar ham, shuningdek, emitentlari murakkab moliyaviy ahvolda yohud bankrotlik yoqasida boʼlgan yaroqsiz, deb nomlanuvchi aktsiyalar ham sotilishi mumkin. Bizning mamlakatimizda uyushmagan bozorda yangi barpo etilgan, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarning birlamchi va ikkilamchi emissiyalari aktsiyalari, bank hamda tijorat veksellari sotiladi va xarid qilinadi. Oʼzbekistonda XIFlar aktsiyalarining bevosita XIFlarning oʼzlari tomonidan amalga oshirilgan yoki Xalq banki boʼlimlari orqali birlamchi sotilishi bunday bozorlarga misol boʼladi.
Qimmatli qogʼozlarning birja va birjadan tashqari bozorlari
Qimmatli qogʼozlarning birja bozori – bu qimmatli qogʼozlar bilan fond bozori doirasida uyushgan tarzda savdo qilish sohasidir. Fond birjasi qimmatli qogʼozlar bilan fond birjasi doirasida savdo qilish uchun shart-sharoitlarni taʼminlovchi alohida muassasa boʼlib, unda savdo faqat qimmatli qogʼozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan maxsus qoidalar boʼyicha olib boriladi. Fond birjasi – bu eng yaxshi qimmatli qogʼozlar bozoridir. Birja savdolarida ishtirok etish uchun faqat maʼlum vaqt mobaynida barqaror moliyaviy-xoʼjalik mavqeiga, salmoqli nizom jamgʼarmasi va aktivlar hajmiga ega boʼlgan, shuningdek, birja tomonidan belgilangan ayrim boshqa talablarga javob beradigan emitentlarning aktsiyalariga ruxsat etiladi. Oʼzbekistonda qimmatli qogʼozlarning birja bozori ikkita muassasa orqali amalga oshiriladi. Bular - "Toshkent" Respublika fond birjasi va uning viloyatlardagi 13 ta boʼlinmasi, u korporativ qimmatli qogʼozlar savdosini tashkillashtiradi hamda Respublika valyuta birjasining fond boʼlimi, u davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining savdosi boʼyicha ixtisoslashgan. Oʼzbekistondagi aktsiyalar birja bozorining oʼziga xos xususiyati shundan iboratki, uning katta qismini davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida barpo etilgan aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʼozlarini birlamchi sotish boʼyicha tuzilgan bitimlar tashkil etadi.
Qimmatli qogʼozlarning birjadan tashqari bozori – bu fond birjasidan tashqarida qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilish sohasidir. Birjadan tashqari bozor uyushmagssh bozorni (u haqda yuqorida hikoya qilindi) va uyushgan bozorning bir qismini oʼz ichiga oladi. qimmatli qogʼozlarning birjadan tashqari uyushgan bozori – bu qimmatli qogʼoz bilan, odatda, oʼrta va kichik kompaniyalar qimmatli qogʼozlari savdolariga kirishga ruxsat etilgan maxsus kompьyuter tizimlari doirasida savdo qilishdir.
Qimmatli qogʼozlarning mintaqaviy, milliy va xalqaro bozorlari
Nisbatan katta hududlarga ega boʼlgan mamlakatlarda, odatda, qimmatli qogʼozlarning mintaqaviy yeki lokal bozorlari shakllanadi. Oʼzbekistonda, masalan, qimmatli qogʼozlarning lokal (mahalliy) bozorlari qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilishni qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shaxri va 12 ta viloyatdan iborat boʼlgan maʼmuriy-hududiy tuzilmalar ixtiyoriga topshirish tamoyili bilan namoyon etilgan, Bu mintaqalarning har birida davlat boshqaruvi idoralari (qimmatli qogʼozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Markaziy bank, Moliya vazirligi boʼlimlari), fond birjalarining boʼlinmalari, qimmatli qogʼozlar bozori umumiy va maxsus infratuzilmasining muassasalari mavjud. Tashkil etilishning yagona tamoyillariga qaramasdan, mintaqaviy bozorlar bir-biridan umuman iqtisodiyotning rivojlanishi darajasi, emitentlarning maʼlum bir tarmoqqa tegishliligi, emitentlar va imkoniyatli sarmoyadorlarning miqdoriy hamda sifat xususiyatlari, infratuzilmaning rivojlanganligi, professional ishtirokchilarning faolligi va, oʼz navbatida, qimmatli qogʼozlar bilan bajariladigan operatsiyalarning hajmi bilan farq qiladi.
Qimmatli qogʼozlarning xalqaro bozori – bu jahon miqyosida qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilish (norezidentlar oʼrtasida qimmatli qogʼozlar oldi-sotdisi boʼyicha operatsiyalar bajarish) sohasidir. Bunday savdoning mumkinligi, birinchidan, ushbu sohada hukumatlararo (ikki tomonlama yoki koʼp tomonlama) kelishuvlarning mavjudligi bilan, ikkinchidan, qimmatli qogʼozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish (bitimlarni tuzish va roʼyxatga olshp, bitim, kliring, pul hisobkitoblarining koʼrsatkichlarini taqqoslash, qimmatli qogʼozlarni boshqa shaxsga oʼtkazish)ning yagona qoidalari mavjudligi bilan ifodalanadi. qimmatli qogʼozlar bilan xalqaro savdo qilish natijasnda kapital bir mamlakatdan ikkinchisiga oqib keladi. Bunda emitentlar va sarmoyadorlar, bitim ishtirokchilari sifatida, ham bir tomondan, ham ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlatning oʼzi qatnashishi mumkin. Yevroobligatsiyalar va yevroaktsiyalar bilan savdo qilish qimmatli qogʼozlarning xalqaro bozoriga misol boʼlishi mumkin. Xalqaro kelishuvlar boʼiicha bitimlar chet el qimmatli qogʼozlari bilan savdo qilish uchun maxsus sektsiyalarga ega boʼlgan fond birjalarida, shuningdek, birjadan tashqari bozorda tuziladi. NьyuYork, London, Tokio, Frankfurt shaxarlari qimmatli qogʼozlar bilan xalqaro savdo qilishning eng yirik markazlari hisoblanadi.
Qimmatli qogʼozlar alohida turlarining bozorlari
Fond boyliklarining yetarli darajada rivojlangan bozori sharoitida aktsiyalar bozori, obligatsiyalar bozori, depozit va jamgʼarma sertifikatlari bozori, veksellar bozori kabi toʼliq shakllangan qimmatli qogʼozlarning alohida turlari bozorlari haqida soʼz yuritish mumkin. Bu bozorlarning har biri umuman olingan qimmatli qogʼozlar bozorining segmenti hisoblanadi va alohida olib qaralgan mamlakatda oʼziga xos xususiyatlarga ega. Dunyo miqyosida va alohida mamlakat doirasida aktsiyalar bilan qilingan savdolar hajmi quyida keltirilgan maʼlumotlar bilan tavsiflanadi.
Oʼzbekistonda amalda shakllangan qimmatli qogʼozlar ayrim turlari bozorlarining oʼziga xos xususiyatini quyidagi tarzda taʼriflash mumkin.
Аktsiyalar bozori. Birinchi galda, bu birlamchi bozor boʼlib, unda besh mingga yaqin emitentlar va millionlab sarmoyadorlar - yuridik hamda jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Emitentlar birbiridan oʼzlarining kattaligi jihatidan farq qiladi. Xodimlarining soni 56 kishidan iborat boʼlgan, 500 ming soʼmgacha miqdorda nizom jamgʼarmasiga ega boʼlgan kichik dorixonadan tortib, to ishchilar soni bir necha ming kishini tashkil etadigan va 70 mlrd. soʼmgacha miqdorda nizom jamgʼarmasiga ega boʼlgan eng yirik kombinatlar shular jumlasidandir. Аktsiyalar bozori asosan davlat korxonalari negizida barpo etilgan aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining oldi-sotdisi boʼyicha qilinadigan operatsiyalar bilan borliq. Bu birjadan tashqari bozordir, chunki fond birjasidagi listing tadbiridan faqat bir nechagina kompaniyalar oʼtgan, xolos. Bu bozorda xorijiy sarmoyadorlarning ishtirok etishiga ruxsat
Davlat obligatsiyalari bozori. Fond bozorining mazkur segmenti bitimlari boʼyicha aylanmalar bir yilda bir necha oʼnlab milliardgacha yetadi. Ushbu bozorga tovarni bitta shaxs davlat chiqaradi. Xaridorlar bu yerda juda koʼp yuz minglabni tashkil etadi. Bu birlamchi va ikkilamchi bozor boʼlib, faqat birja bozoridir. Unda faqat yuridik shaxslar – Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari ishtirok etishi mumkin. Operatsiyalar faqat bir joyda – Respublika valyuta birjasining fond boʼlimida amalga oshiriladi. Sarmoyadorlar mazkur bozorda obligatsiyalarni faqat dilerlar orqali sotib olishi mumkin. Dilerlar vazifasini, odatda, banklar bajaradi. Davlat qimmatli qogʼozlarni soʼndirilishining kafolatini taʼminlaydi, shuning uchun bu bozor eng likvidli sanaladi. Davlat obligatsiyalari bozori Moliya vazirligi tomonidan tartibga solinadi, qimmatli qogʼozlarni joylashtirish, ularning muomalada boʼlishi va ular narxining toʼlanishi Markaziy bank yordamida amalga oshiriladi. Bu bozorning afzalligi shundaki, unda tranzaktsiyalarga xizmat koʼrsatuvchi oʼzaro bogʼlangan savdo, depozitar va hisob-kitob tizimlari mavjud.
Korxonalar obligatsiyalari bozori. Bu nisbatan yosh bozor boʼlib, uning hajmi ancha kichik, chunki unda faqat bir necha emitentlar oʼzlarining obligatsiyalarini muomalaga chiqaradi. Mazkur qimmatli qogʼozlarning ikkilamchi bozori hozirgacha rivojlanmagan. Ushbu bozorda faqat Oʼzbekiston Respublikasining rezidentlari ishtirok etadi. Korxonalar obligatsiyalari birjadan tashqari bozorda ham, fond birjalarida ham sotilishi va xarid qilinishi mumkin.
Banklarning depozit va jamgʼarma sertifikatlari bozori. Bu bozor uncha katta boʼlmagan, bir yil davomida boryoʼri yarim mlrd. soʼmni tashkil etadigan aylanma mablaglari bilan tavsiflanadi. Bu yerda qimmatli qogʼozlarning emitentlari tijorat banklaridir. Ularning soni bir nechagina, xolos. Sarmoyadorlar yuridik va jismoniy shaxslar boʼlib, ular bir necha mingtani tashkil etadi. Bank sertifikatlarining ikkilamchi bozori yoʼq. Davlat mazkur bozorda tartibga soluvchi sifatida ishtirok etadi. Bu birjadan tashqari bozordir. Depozit va jamgʼarma sertifikatlarining bozori Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Iqtisodiy adabiyotda bozorlarning boshqacha tasniflanishi ham koʼrib chiqiladi, jumladan:
— muddatlar boʼyichaqisqa muddatli, oʼrtacha muddatli, uzoq
muddatli va muddatsiz qimmatli qogʼozlar bozorlari;
— emissiyada davlatning ishtiroki boʼyicha davlat qimmatli
qogʼozlari bozorlari va korxonalar qimmatli qogʼozlari bozorlari;
— emitentlarning kelib chiqishiga koʼra yangi tashkil etilgan
aktsiyadorlik jamiyatlari qimmatli qogʼozlari bozorlari va xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida barpo etilgan aktsiyadorlik jamiyatlari qimmatli qogʼozlarining bozorlari;
— tarmoqlar, hududiy tamoyil boʼyicha va h.k.
Oʼzbekistonda, masalan, 90-yillarning boshida butun fond bozori ikkita tarkibiy qism: tijorat banklari aktsiyalari bozori va yangi tashkil etilgan koʼp ixtisosli aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalari bozorining yigʼindisini oʼzida namoyon qildi.
3. Qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilish texnologiyalarini tasvirlash.
Qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilish texnologiyalarini tasvirlash fond boyliklari oldi-sotdisini amalga oshirishda savdo-sotiqning turli xildagi texnologayalari qoʼllanishi mumkin. Odatda, texnologiyani tanlash fond bozorining u yoki bu segmentida qimmatli qogʼozlar bilan bajariladigan operatsiyalarning tezkorligiga bogʼliq. Bir mamlakatning oʼzida turli birjalarda va hatto bir birjaning oʼzidagi turli savdo maydonchalarida har xil turdagi texnologiyalardan foydalanilishi mumkin. Bu texnologiyalarning rivojlanishi va asta-sekin murakkablashib borishi qimmatli qogʼozlar boʼyicha birja va birjadan tashqari aylanmaning oʼsishi tamoyili hamda ularga savdolarning birja va birjadan tashqari tizimlari orqali xizmat koʼrsatishni jadallashtirishning oʼsib borayotgan talablari bilan shartlanadi, Ularning eng koʼp uchrab turadigan turlarini koʼrib chiqamiz.
Tartibsiz savdo-sotiq (bozor) - qimmatli qogʼozlar bilan bitimlar tuzishning hech qanday muayyan qoidalarisiz hamda qimmatli qogʼozlar va ishtirokchilarga qoʼiiladigan talablarsiz erkin savdo sotishdir. Savdo-sotiqning bunday turi MDH mamlakatlari va Oʼzbekistonda fond bozori rivojlanishining dastlabki bosqichida oʼz oʼrniga ega boʼldi.
Oddiy kimoshdi savdosi. Savdolar olib borishning bu usulida faqat xaridorlar musobaqalashadi. Sotuvchilar toʼgʼridan-toʼgʼri raqobatlashishmaydi. Savdolar boshlanishidan oldin xarid qilish va sotish uchun buyurtmalar yigʼiladi hamda buyurtmalar roʼyxati (kotirovka varagʼi) tuziladi. Savdolar takliflar roʼyxatining ochiqcha ketma-ketlik bilan eʼlon qilinishi orqali amalga oshiriladi. Har bir aniq taklif boʼyicha yangi narxlarning belgilanishi yoʼli bilan xaridorlarniig baxslashuvi ochiq kechadi. Boshlangʼich narxni odatda sotuvchi belgilaydi, Soʼnggi narx – bu xaridorlar tomonidan daʼvogarlar raqobatlasha olmaydigan darajadagi ochiqcha taklif etilgan bahodir. Oddiy kimoshdi savdosi sobiq Ittifoqning barcha birjalarida qimmatli qogʼozlar bilan savdo qilishning eng keng tarqalgan usuli edi. 1991 yildan boshlab u Oʼzbekistonda ham savdo-sotiqning ommabop usuliga aylandi. Hozirgi vaqtgacha bu usul "Toshkent" RFBda kompьyuter tizimidan foydalanilgan holda qoʼllaniladi. Savdolarni oʼtkazishning bunday usuli uning barcha ishtirokchilari uchun aniq va tushunarlidir.
XULOSA:
Iqtisodiy adabiyotda jismoniy shaxs boʼlgan sarmoyadorlarning quyidagi xillarga ajratilishi uchraydi:
Konservativ xil. Bu shaxslar uchun omonotlarning ishonchliligi, investitsiyalar bilan bogʼliq xatarni eng past holatiga tushirish juda muhim hisoblashadi. Ular sarflangan kapitaliga nisbatan katta boʼlmagan daromadlarni olishga rozi, faqattina qaytarishning kafolati boʼlsa, bas. Sarmoyadorlarning bunday xili obligatsiyalarni yoki eng yuqori sifatli imtiyozli aktsiyalarni afzal koʼrishadi. Odatda, ular yoki davlat bilan, yo boʼlmaso, dongdor yirik kompaniyalar bilan ish olib borishadi.
Moʼʼtadil-agressiv xil. Ushbu shaxslar tavakkalchilikka moyil boʼlsalar-da, biroq uni chegaralashni afzal koʼrishadi. Ularning maqsadi – investitsiyalarni himoyalash, qimmatli qogʼozlarning yuqori daromadliligi bilan birga omonatlorning xavfsizligini taʼminlashdan iborat. qimmatli qogʼozlar portfelini shakllantirishda ulor kelajakda asqotodigan past sifatli qimmatli qogʼozlarni xarid qilishadi. Gollandcha kimoshdi savdosi. Savdolarni oʼtkazishning mazkur usulida xaridorlarning buyurtmalari oldindan jamlanadi, undan keyin buyurtmalar emitent tomonidan yoki uning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vositachi tomonidan sirtdan koʼrib chiqiladi.
Gollandcha kimoshdi savdosi. Savdolarni oʼtkazishning mazkur usulida xaridorlarning buyurtmalari oldindan jamlanadi, undan keyin buyurtmalar emitent tomonidan yoki uning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vositachi tomonidan sirtdan koʼrib chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. «Qimmatli ќogʼozlar va fond birjasi toʼgʼrisida» Oʼzbekiston Respublikasining qonuni. 1993 yil 2 sentyabr
2. «Birjalar va birja faoliyati toʼgʼrisida» Oʼzbekiston Respublikasining qonuni. 2001 yil 29 avgust
3. Karimov I.А. «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish – eng muhim vazifamiz». – T. «Oʼzbekiston», 2000.
4. Karimov I.А. «Oʼzbekiston XXI asrga intilmoqda». – T. «Oʼzbekiston», 1999.
5. www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |