Mavzu: chapaqay o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning o‘ziga hosliklari



Yüklə 31,65 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü31,65 Kb.
#158488
  1   2   3
DILMURODOVA MARJONA NEYROPEDAGOGIKA

MAVZU: CHAPAQAY O‘QUVCHILARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHNING O‘ZIGA HOSLIKLARI


Reja:
I.KIRISH:
II.ASOSIY QISM:
  1. CHap qo‘li etakchi bolalarda yarimsharlar funksional tashkil etilishining o‘ziga hosligi


  2. CHapqo‘llikning psixofiziologik jihatlari
  3. CHapaqay o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning o‘ziga hosliklari

III.XULOSA

IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




    1. CHAP QO‘LI ETAKCHI BOLALARDA YARIMSHARLAR FUNKSIONAL TASHKIL ETILISHINING O‘ZIGA HOSLIGI


Bolalardagi chap qo‘llilikning asosiy sabablaridan biri - yarimsharlar funksional asimmetriyasi bo‘lib, bunda etachi qo‘lni kontrlateral yarimshar belgilaydi, ya’ni o‘ng qo‘llilarda chap yarimshar, chap qo‘llilarda esa o‘ng yarimshar. Boladagi etakchi qo‘lga qarab nafaqat qo‘llar harakatini “boshqaruvchi” yarimshar, balki oliy psixik funksiyalarni tashkil etilishining o‘ziga hos xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritish mumkindir.
Odatda chapaqay bolalar predmetlarning rangi va shaklini boshqalarga nisbatan nozikroq his qiladilar. O‘ng qo‘li etakchi bo‘lganlar “predmetlar o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, ular umuman bir hil” desalar xam, chapaqaylar bu predmetlar o‘rtasida qandaydir tafovut yoki, hech bo‘lmaganda, o‘ta nozik farqni topishlari mumkin. Bu esa – chapaqaylar atrof muhitni nisbatan individuallashgan holda ko‘rishlari, eshitishlari va his qilishlaridan dalolat beradi. SHu bois,
ko‘pincha, chapaqay bolalarda badiiy iqtidor boshqa bolalarga nisbatan ko‘proq rivojlangan bo‘ladi.
Biroq chap qo‘llilik chap va o‘ng yarimsharlar funksiyalarining o‘zaro to‘liq almashishi emas, balki ayrim funksiyalarining almashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun chapqo‘lli bolalar qaysidir xususiyatlari bilan o‘ngqo‘llilardan orqada qolsalar, qaysidir xususiyatlari bilan ulardan ustunlikka egadirlar.
CHapaqay bolalarda yarimsharlar asimmetriyasi o‘ziga hosliklarga ega bo‘lib ularning yoshi, faoliyat turlari hamda bajaradigan vazifalarining tavsifiga bog‘liqdir. Ularda yarimsharlar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘ngqo‘llilardagiga qaraganda o‘zining individual variativligi bilan nisbatan ko‘proq ajralib turadi20.
CHapaqaylar o‘z tengdoshlariga qaraganda birmuncha serharakat, emotsional qo‘zg‘aluvchan, jahldorroq, bezovtalanuvchan bo‘lib, atrofdagilarning bildiradigan tanqidiy munosabatlariga boshqalarga qaraganda tez xafa bo‘ladilar, maktab adaptatsiyasi jarayoni xam boshqa bolalarga nisbatan ancha murakkab kechadi. CHapaqay bolalarning bosh miya yarimsharlar funksional assimetriyasining o‘ziga hosligi tufayli yuzaga keladigan bunday indiviudal farqlar, ko‘pincha, bolalarning bosh miya o‘ng yarimsharlarida kompensatorli faollikning oshishiga olib keladi. Buning asosiy sabablaridan biri – chapaqaylarning individual laterallligi o‘naqaylarning individual lateralligiga o‘xshamasligidadir. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, chap qo‘li etakchi bo‘lgan bolalar bosh miyasi faoliyati va tafakkur strategiyasining o‘ng qo‘li etakchi bo‘lgan bolalarnikidan sezilarli darajada farq qilishidadir.
Kognitiv neyrologiya sohasida tadqiqot olib borgan ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, inson miyasi faoliyatini tashkil etishdagi ushbu o‘ziga hoslik miyaning neyroplastikligi bilan bog‘liq. “Miyaning neyroplastikligi” tushunchasidagi “neyro” bu “neyron”, ya’ni nerv xujayrasi bo‘lib, miya va nerv tizimi nerv xujayralaridan tarkib topganligini, “plastiklik” esa – miyaning o‘zgaruvchanligi, ta’sir ostida o‘zgarishi mumkinligini anglatadi. Bolalar bosh miyasidagi tug‘ma kamchiliklar har doim xam ular tafakkuriga salbiy ta’sir qilavermaydi. Buning asosiy sababi – miya o‘zidagi shikastlanishni o‘zi aniqlashi, shikastlangan xujayralar halok bo‘lsa, ularning vazifalarini boshqa xujayralar bajarishga kirishishi mumkin bo‘lganligi sababli miya tarkibi insonning butun umri davomida o‘zgarib borishidadir.
Biroq, miyaning neyroplastikligi har doim ham insonga foyda keltiravermaydi. U bosh miyasini tashqi ta’sirlarga beriluvchan qilib qo‘yishi mumkin. CHunki neyroplastiklik inson xulqidagi o‘zgaruvchanlik bilan bir qatorda rigidlik – noplastiklikni ham yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, ayrim odamlarning tark eta olmaydigan odatlari miya neyroplastikligining maxsulidir. Bundan tashqari, miyaning kundalik ma’lumotlarni nisbatan engilroq ishlashga yo‘naltirilgan “shablon” yaratishga bo‘lgan tabiiy ehtiyoji esa oxir-oqibatda miyani “dangasa” qilib qo‘yishi, bir vaqtlar miya tarkibida sodir bo‘lgan plastik o‘zgarishlar vaqt o‘tishi bilan mustahkamlanib, miya tarkibida inson faoliyati uchun muhim bo‘lgan boshqa o‘zgarishlarning sodir bo‘lish imkoniyatini yo‘qqa chiqishiga olib keladi.
Miyaning neyroplastikligi shaxsning yosh jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bolalik yoshida nisbatan engil amalga oshib, yoshi kattalashgani sari qiyinlashib boradi. Miya neyroplastikligining ijobiy va salbiy jahatlarini bilish – shaxs qobiliyatlarining chegarasini aniqlashga yordam beradi. Fiziologlar N.N.Bragina va T.A.Dobroxotovalarning klinik tadqiqotlari chap qo‘li etakchi bo‘lgan bolalar faoliyatiga ularni miya yarimsharlarining qaysi biri shikastlanganligiga bog‘liq bo‘lmasligini ko‘rsatdi. CHapaqay bolaning miya yarimsharlari faoliyati o‘ng qo‘li etakchi bo‘lgan bolalar miya yarimsharlari faoliyatining teskari aksi emas. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, o‘ng qo‘li etakchi bo‘lmagan bolalar miya yarimsharlari funksiyalari o‘zaro qat’iy ajratilmagan. Bundan tashqari, shikastlanish holatlari o‘zgaruvchan va turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, amaliyotda deyarli takrorlanmaydi. SHu bilan birga, chapaqaylar bosh miyasining bir tomonidagi shikastlanish simptomatikasi o‘ng qo‘li etakchi bolalar o‘ng yarimshari shikastlanis simptomatikasi bilan o‘zaro mos kelmasligi aniqlangan
Mazkur ma’lumotlar yanada to‘liq va chuqur ilmiy asosda o‘rganishni talab qilsada, chapaqaylar miyasining funksional tashkil etilishi o‘naqaylar miyasi funksional tashkil etilishining teskari aksi hamda chapaqaylar uchun o‘naqaylarning o‘ng yarimshari xususiyatlari hosdir, deb xisoblash noto‘g‘ri bo‘lar edi.
To‘g‘ri, tabiatan chap qo‘li etakchi bo‘lganligiga qaramay chapaqaylarni o‘ng qo‘lda yozishga o‘rganish mexanizmlari xozirga qadar xam noma’lum. Bola miyasining tabiiy lateratsiya tipi bilan harakatlarni bajarish usuli o‘rtasidagi tafovut, ehtimol, faoliyat strategiyasi va tarkibining buzilishi oqibatidir. Bunday buzilishning yorqin ko‘rinishlaridan biri – chapaqay bola yozish harakatlarining teskari aks kabi bajarilishidir.
Aslini olganda chap va o‘ng qo‘llar faoliyatida yarimsharlarning har ikkalasi xam ishtirok etadi. Bunda o‘ng qo‘l muskullarida chap yarimsharning ko‘p sonli nerv tolalari va, shu bilan birga, tananing o‘ng yarmidagi muskullarda ham o‘ng yarimsharning ko‘p miqdordagi nerv tolalari mavjudligi aniqlangan. YA’ni, har ikkala yarimshar inson tanasining o‘ng yarmi motorikasi bilan bog‘liq bo‘lgan muskullarni boshqarishda ishtirok etishga ko‘proq harakat qiladi. Ehtimol, chapaqaylarga qaraganda o‘ng qo‘llilar ko‘pchilikni tashkil etishining sababi xam shundadir. Bundan kelib chiqib, o‘ng qo‘llilarda asosan chap yarimshar chap qo‘l muskullarini boshqarsa, chapaqaylarda o‘ng yarimshar chap qo‘l muskullarini boshqaradi, deb mazkur holatga aniqlik kiritish mumkin.
SHunday qilib, bolada o‘ng yoki chap qo‘lning etakchi bo‘lishi miya yarimsharlari funksional tashkil etilishining turli variantlariyuilan bog‘diq. Harakatlarni bajarishda o‘ng qo‘lning afzalliklari miya qobig‘i tarkibining nisbatan ko‘proq funksional birlashganligi, ya’ni yarimsharlarning barcha zonalari bilan birga har bir yarimsharning o‘zaro bog‘liqligi sababli yuzaga keladi.
CHapaqaylarda yarimsharlar nisbatan avtonom, ya’ni mustaqil faoliyatda bo‘lishi bilan birga har bir yarimshar qobig‘i tarkibi zonalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham birmuncha pastroqdir. Ushbu tafovutni chapaqaylardagi yuqori emotsional sezgirlik, yuqori ijodiy potensial hamda an’anaviy bo‘lmagan, nostandart vaziyatlarga intilish kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi bilan izohlab, “toza” chapaqaylarda kuzatiladigan ishchanlik, diqqatning ko‘chuvchanligi va intellekt ko‘rsatkichlarining nisbatan pastligi sabablarini tushuntirish mumkin.



    1. Yüklə 31,65 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin