Mavzu: Danakli va urug’li mevalarni yig’ish texnologiyasi va mashinalari. Reja



Yüklə 112 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü112 Kb.
#118449
qishloq guljahon


Mavzu: Danakli va urug’li mevalarni yig’ish texnologiyasi va mashinalari.
Reja:

  1. Danakli va urug’li mevalar haqida umumiy ma’lumot.

  2. Danakli va urug’li mevalar yig’ish texnologiyasi.

  3. Danakli va urug’li mevalarni yig’uvchi mashinalar.



Tayanch so’zlar: danakli mevalar, urug’li mevalar, mashinalar texnologiyasi, haydalma qatlam.
1.Danakli va urug’li mevalar haqida umumiy ma’lumot.
Bog’larda tuprokka ishlov berish kuzda, daraxtlarda to„la xazonrezgilik tugagandan so’ng, dalaga mahalliy va mineral o’g’itlar berilgandan so„ng bajariladi.
Bog’larda daraxtlarni kesish va shakl berish tur va naviga karab har xil muddatlarda
o„tkaziladi. Masalan: urug„li mevalarda kuzda yoki kish oylarida, danakli mevalarda kattik sovuklar o„tgandan so„ng bajariladi. Qish oylarida (yanvar, fevral) nam to„plash va kishki sovuklardan saklash uchun bog„lar 1000-1200 m /ga hisobida ikki martagacha sug„oriladi.
Mevali daraxtlar ham boshka ekinlar singari tuprokdan azot, fosfor, kaliy, kalsiy, temir, oltingugurt va magniyni o„zlashtirib oladi. Sug„oriladigan bir gektar bog„dagi Rozmarin belыy nav olmadan 100 t hosil olinganda 848 kg azot, 97 kg fosfor va 480 kg kalsiy sarflanadi. SHu moddalarning bir kismi tuprokka barglar va o„simliklarning erga to„kiladigan boshka kismlari bilan kaytib tushadi, lekin asosiy, ko„p kismi kaytib tushmaydi. Bundan tashkari Respublikamiz erlari asosan bo„z tuprokli bo„lib, ozik moddalarga unchalik boy emas. SHuning uchun hosilga kirgan bog„larda har yili gektariga o„rtacha 120 kg azot, 90-100 kg fosfor, 50-60 kg kaliy hisobida mineral o„g„it berish tavsiya etiladi.
Mevali bog’larda organik o„g„itlardan go„ng, torf, kompost, kul, ko„kat o„g„itlarni ko„llash mumkin. Lekin, mevali bog„larda asosan go„ng solinadi, gektariga o„rtacha 20-40 tonnagacha, O„zbekistonda ko’kat o„g„it sifatida shabdar, beda, Nikolson no„xati, mosh va boshka dukkakli o„simliklardan foydalaniladi. Odatda ko„kat o„g„it sifatida ekiladigan ekinlar erta kuzda (sentyabrda) ekiladi. Kelgusi yili gullayotgan davrda ko„k massasi oldin diskli og„ir borona bilan maydalanib, so„ng tuprokka aralashtirilib haydab yuboriladi.


2..Danakli va urug’li mevalar yig’ish texnologiyasi.
Mevali daraxtlarning yaxshi o’sishi va mo’l hosil berishida bog’ kator orasini ishlashning ahamiyati katta. Erta bahorda namni saklash va begona o„tlarni yo„kotish maksadida bog’ kator oralari 10-12 sm chukurlikda yumshatiladi. Hosilga kirgan bog’ kator oralari yozda har galgi sug„orishdan keyin 10-12 sm chuqurlikda yumshatib turiladi.
Haydalma qatlam ostida berch qatlam hosil bo’lgan hollarda yerni chuqur haydash yo„li bilan bu qatlamni yo„qotittt mumkin.
O’zbekistonda yillik o’rtacha yog’in-sochin miqdori 250-450 mm ni tashkil etadi. Bu esa meva daraxtlarining suvga bo„lgan ehtiyojini to„la qondirmaydi. SHuning uchun bog„larni sug„orib erning daraxt ildizining asosiy qismi joylashgan, ya‟ni kamida 1,5-2,0 m chuqurlikkacha bo„lgan qavati yumtttatilittti zarur. Sug„orish normasi va sonini aniqlashda tuproqning nam singdirittt qobiliyati, suv o„tkazuvchanligi va kapillyarligini hisobga olish kerak. Bo’z tuproqli yerlarda hosilga kirgan urug„li meva daraxtlarini er osti suvlarining chuqurligiga qarab, o„suv davrida gektariga 800-1000 m hisobidan 3-4 marta sug’orish kerak. Shag’alli tuproqlarda sug„orish normasi 400-600 m gacha kamaytiriladi lekin tez-tez sug„orib turish tavsiya etiladi. Er osti suvlari yuza joylashgan erlarda 2 marta sug’orish
kifoyadir. Bundan tashqari, mevali bog’larda kasallik va zararkunandalar uchrasa, ularga qarshi kurash hamda bahorgi sovuqlardan saqlash chora tadbirlari amalga oshiriladi.


3.Danakli va urug’li mevalarni yig’uvchi mashinalar.
Danakli mevalarga o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha, gilos kiradi. Danakli mevalar po’stlokdan, shirali etdan, qattik, po’chok, va po’chok ichida mag’iz (urug’)dan iborat bo’ladi.
Danakli mevalarni iste’mol darajasida pishgandan keyin terib olish kerak, chunki ular daraxtdan uzilgandan keyin pishib yetilmaydi. To’la pishib yetilgan danakli mevalar uzoq joylarga tashishga yaramaydi. Bu mevalar ho’l holida iste’mol qilishadi va ulardan murabbo, sharbat, povidlolar tay-yorlanadi. Ularni quritib ham yaxshi mahsulot olish mumkin.
O’rik O’rik asosan Markaziy Osiyoda, Кavkazda, Moldaviya va Ukrainada ekiladi. Respublikamizda ham o’rik eng ko’p tarqalgan danakli mevalardan biri hisoblanadi. O’rikning pishib yetilganligani meva po’stining somon rangga kirishidan, oq o’riknikini esa meva po’stining yashil rangi o’zgarib, och yashil va oq tusga kirishidan bilsa bo’ladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.A.Ribakov, S.A.Ostrouxova. O„zbekiston mevachiligi. T., 1981 y.


2. M.M.Mirzaev, M.K.Sobirov. Bog„dorchilik. T., «Mehnat», 1987 y.
3. V.M.Tarasov i dr. Praktikum po plodovodstvu. M., 1981 g.


Internet saytlari:

  1. www.edu.uz

  2. www.library.uz

  3. www.arxiv.uz

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin