Farg’ona viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazidagi 1-guruh ona tili tinglovchisi Boqijonova Gulhayo Shohnazar qizining “Dramatik asarlarda inson ruhiyatini o’rgatish metodikasi” mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI
Mavzu:Dramatik asarlarda inson ruhiyatini o’rgatish metodikasi. Boqijonova Gulhayo
MUNDARIJA
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Dramatik asarlarni maktablarda o’qitish metodikasi
Maktab ta`lim tizimida dramatik asarlar salmoqli o`rin egallamasa ham,
bu tipdagi asarlarni o`qitish doimo turli bahs-munozaralarga sabab
bo`lib kelmoqda. Chunki, dramatik turning o`ziga xos xususiyatlaridan biri
uning sahnada ijro qilinishidir. Dramatik asar sahnada qo`yilmas ekan,
tomoshabin aktyorning harakat va holatini kuzatib, so`zlarini tinglamas ekan,
haqiqiy badiiy asar darajasiga ko`tarila olmaydi. Binobarin, drama o`zining matni bilan so`z san`atiga mansub bo`lsa, sahnada ijro etilishi jihatidan teatr
san`atiga doxildir. Shu bois ham bu turdagi asarlarni o`rgatish, tahlil qilish jaryoni Bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Bunday asarlarda muallif nutqining bo`lmasligi adabiyot o`qituvchisining ishini yanada og`irlashtiradi.
Shu bilan birga bu turdagi asarlarni o`rganishda ifodali o`qishning o`rni alohida
bo`lib, ohang, pauza, ovozning baland-pastligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbek adabiyotida tragik konfliktga ega bo`lgan asarlar anchagina. Masalan, «Xolisxon», «O’tkan kunlar», «Sarob», «Qutlug’ qon», «Nurxon», «Alisher Navoiy», «Muqanna», «Tohir va Zuhra» va boshqalar. Biroq sof tragediya namunasi M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug’bek» asaridir. Mustaqillik davrida ayniqsa Erkin A’zamning “Tanho qayiq” dramasi diqqatga sazovordir. Drama asosida o`tkir xarakterlar va kuchli ehtiroslarning shiddatli to`qnashuvi yotadi. Drama ishtirok etuvchi shaxslarning harakati va qarshi harakatlaridan yasaladi, «unda hamma narsa bir maqsadga, bir mo`ljalga qarab yo`nalishi kerak,- deydi V.Belinskiy.
Bilamizki, dramatik asarlarga tragediya , komediya va drama kiradi.Dramatik janrlarga ajratishda ularning asosiy estetik belgilariga ko’ra ajratamiz.Tragediyaning asosiy estetik belgisi – tragiklik , komediyaning belgisi – komiklik , dramaning asosiy estetik belgisi – dramatilik sanaladi.
Bundan tashqari, dramatik asardagi sujet voqealari yuz beradigan makon ham cheklangan. Cho’lponning “Yorqinoy” dramasi ham bunga misoldir. Maktab darslarida dramatik asarlarning nodir durdonalaridan biri 8 – sinfda berilgan Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” dramasidir. Bundan tashqari , Fitratning “Abulfayzxon ” dramasi va 11-sinfda berilgan Mustaqillik davrida yaratilgan Erkin A’zamning “Tanho qayiq” shular jumlasidandir.
Erkin A’zam 1950 yil 10 avgustda tog’li Boysunda tug’ilgan. 1972 yil Toshkent Davlat universiteti (xozir O’zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Respublika radiosida muharrir, «Guliston» va «Yoshlik» jurnallarida bo’lim muharriri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va Sanat nashriyotida tahririyat mudiri bo’ldi. 1992—1994 yillarda O’zbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori o’rinbosari. 1995 yildan «Tafakkur» jurnali bosh muharriri I, II chaqiriq O’zbekiston Oliy Majlisi deputati. «Chiroqlar o’chmagan kecha» (1977), «Otoyining tutilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Mir v svetax» (1999), «Pakananing oshiq ko’ngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002) to’plamlari muallifi. Yozuvchi asarlari asosida «Chantrimore», «Piyoda», «Dilxiroj», «Suv yoqalab», «Zabarjad», «Jannat qaydadir»“Parizod” filmlari suratga olingan. Asarlarini ruhan birlashtirib turadigan jihat-insoniy erk, xar qanday zo’ravonlikka munsabat masalasidir.
Kinorejissyor Nozim To‘laxo‘jaev “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra, “Tanho qayiq” badiiy filmini suratga oldi. Kinoasar syujetiga ko‘ra, Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda keksa bir qayiqsoz yolg‘iz yashaydi. U tevarak-atrofdagi ovullardan bekorchi yosh-yalangni yoniga olib, ularga ota-bobolardan qolgan bu qadimiy kasbni o‘rgatadi va shu barobari chin insoniylikdan saboq beradi. Dengiz esa yuzlab chaqirim nariga ketib qolgan. Kartinada Rajab Adashev, Gulsanem Abatbaeva, Bunyod Rahmatullaev, Murod Nasimov, Ozodbek Xurramov, Sarvar Ilhomov, Bobur Yo‘ldoshev, Shodiya Abduqodirova, Dilorom Karimova kabi aktyorlar rol ijro etgan.
Xulosa o’rnida, Erkin A’zamning o’zbek adabiyoti, xususan, dramaturgiyasi taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan ijodkordir. Uning asarlari bugungi kunda ham yoshlarimiz tarbiyasini mukammallashtirishga, ularni xalq va Vatan oldida, ma`naviy qadriyatlarimiz oldida burchdor ekanligini his qilishga ko`maklashuvchi omil sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham mazkur adibning asarlari respublika teatrlari repertuarlaridan doimiy o`rin egallagan.