Mavzu: elektr qarshilik



Yüklə 474,5 Kb.
səhifə1/8
tarix01.06.2022
ölçüsü474,5 Kb.
#60359
  1   2   3   4   5   6   7   8
Elektr qarshilik

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

ELEKTR QARSHILIK .SOLISHTRMA QARSHILIK


REJA:
KIRISH.


1 Elektr qarshilik haqida tushuncha
2 Elektr qarshilikning o’tkazish ko’ndalang kesimida bog'liqligi
3 Elektr sohasi bo’yicha ish olib borgan olimlar haqida
4 Solishtrma elektr qarshilik

KIRISH


Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning qonunlarini o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum qonunlar asosida ro’y beradi. Bu qodisalar va ularning qonuniyatlari orasidagi bog’lanishni o’rganish qar bir fanning asosiy vazifasidir. Fizika sohasiga asosan jismlarning o’zaro ta’siri va ularning harakat qonunlari qamda elektromagnit va yorug’lik bilan bog’langan hodisalar, atom va uning yadrosini o’rganish kiradi. Ammo fizika fanining aniq chegarasini hozirgi vaqtda ko’rsatish qiyin. CHunki har bir yangi ochilgan va ochilayotgan kashfiyotlar – fizikaning qo’llanish chegaralarini yanada kengaytirmokda deb aytish mumkin. Fizikaning asosiy qonunlarini bayon etishdan avval ba’zi fizik tushunchalar bilan tanishamiz.
Fizik hodisa: Fizik hodisa yoki fizik jarayon deb berilgan jismlarda vaqt o’tishi bilan ma’lum qonuniyatlar asosida sodir bo’ladigan o’zgarishlarga aytiladi. Bu o’zgarishlar o’lchov vositasida miqdoriy baholanadilar.
Fizik tajriba: Jismlar bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar kuzatish yoki laboratoriyalarda amalga oshiriladigan maxsus tajribalar orqali o’rganiladi. Tajribalarda olingan xulosalar u yoki bu fizik hodisaning, jarayonning honuniyatlarini ochishga yordam beradi.
Fizik o’lchashlar, fizik kattaliklar: Fizikada aniq o’lchashlar asosiy rol o’ynaydi. Bu o’lchashlarda fizik kattaliklar aniqlanadi. Fizik kattaliklarga misollar sifatida kuch, tezlik, tezlanish va boshqa kattaliklarni keltirish mumkin. Fizik kattaliklar jismning xossasini yoki fizik jarayonning xarakteristikasini ifoda etadilar va ularni aniq miqdoriy tomonidan o’lchash mumkin. Fizik kattaliklarni o’lchaganda ularni birlik deb qabul qilingan kattalikka nisbatan solishtirib, miqdoriy belgilanadi. Fizikadagi barcha ilmiy ishlarda fizik kattaliklarni aniq o’lchash tajribaning asosiy qismi hisoblanadi.
Fizik qonunlar: Barcha hodisalar va jarayonlar o’zaro bir-biri bilan bog’langan holda sodir bo’ladi. Kuzatish va tajriba yo’li bilan bu bog’lanishlar qonuniyatlari aniqlanadi va ulardan umumiy xarakterga ega bo’lgan qonuniyatlar fizik qonunlarni tashqil etadi. Har bir fizik hodisa tekshirilganda bu fizik qonunlar asos qilib olinadi.

Yüklə 474,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin