Mavzu: Epelepsiya kasalligida uchraydigan ruhiy o’zgarishlar



Yüklə 26,58 Kb.
səhifə1/3
tarix16.03.2023
ölçüsü26,58 Kb.
#88221
  1   2   3
Mavzu..6666


Mavzu: Epelepsiya kasalligida uchraydigan ruhiy o’zgarishlar.

Epilepsiya (epilambano-ushlab olaman) — tutqanoq yoki quyonchiq — surunkali kasallik bo‘lib, mushaklar tortishi va tortishuvisiz bilan qaytarilib turuvchi hamda bemorning shaxsiyati o‘zgarib borishi bilan kechadigan kasallikdir. Kasallikning kelib chiqish sabablari juda ko‘p va xilma-xildir. 1.Neyroinfeksiyalar (bularga gripp, brusellyoz, revmatizm, sistoserkoz,exinokokkoz, glistlar).2. Bosh miyaning turli xil yallig‘lanishlari (meningit,leptomeningit, ensefalit).3.Bosh miyaning yopiq jarohatlari (tug‘ruqdagi jarohatlar, asfiksiya).4.Bosh miyaning qontomir kasalliklari (ateroskleroz,xafaqon kasalligi, voskulitlar). 5.Turli xil zaharlanishlar va alkogolizm. 6.Bosh miyada qon aylanishining buzilishlari (insultlar).7.Bolalarda surunkali tanzillit va turli xil bosh miyaning organik kasalliklari (bolalar serebral falajligi).8.Irsiy — degenerativ kasalliklar va bosh miya o‘smalari va h.k.


Epilepsiya bo‘lishi uchun, asosan, epileptik o‘choq va epileptogen manba bo‘lishi kerak. Epileptik o‘choq deb miya tizimidagi cheklangan o‘zgarishlarga aytiladi. U atrofdagi neyronlarning kasallikka qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi.Natijada, bu neyronlar o‘zidan fokal epileptik kuchlanish chiqara boshlaydi.Epileptik o‘choqdagi ko‘plab neyronlarning qo‘zg‘alishi oqibatida shunday razryadlar rivojlanadi. Bu holat EEGda «tig‘» shakldagi to‘lqinlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Epilepsiyada bosh miyada glioz to‘qimalar ko‘payadi,bulardan chandiqlar hosil bo‘ladi. Epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda moddalar almashinuvi buziladi (oqsil-azot, suv-tuz, uglevod almashinuvi),tutqanoq oldidan asetilxolin moddasi miqdorining oshishi kuzatiladi.
Klinik manzarasi 4 bosqichdan iborat: 1. Aura. 2. Tonik tortishish.3.Klonik tortishish.4.Uyqu holati.Aura (grekcha — «shamol» degani) tutqanoq xurujining xabarchisidir.Aura har doim hushning yo‘qolishidan oldin keladi. Aura har xil ko‘rinishda paydo bo‘ladi. Bularga oshqozon atrofidagi yoqimsiz hislar, ko‘ngil aynish,bu hislar tananing yuqori qismiga ko‘tarilib, bosh miyaga ta’sir qiladi.Natijada, bemor hushdan ketadi. Ba’zi bemorlarda ko‘z qorachig‘ining torayib-kengayib turishi, terisida uvishish, isib ketish, qorin-ichaklarda og‘riq, eshitish va ko‘rishning pasayishi, gallutsinatsiyalar, bosh aylanish,muvozanat buzilishi, qattiq qichqirib yuborish holatlari kuzatiladi. Aura bir xilligi va qisqa vaqtligi bilan xarakterlanadi hamda har bir bemorda o‘zining aurasi bo‘ladi. Auradan so‘ng xuruj tonik tortishishga o‘tadi, bunda bemor boshida baqiradi, nafas olish to‘xtaydi, yuzi oqaradi, keyin ko‘karib ketadi.Bosh yonga, orqaga tashlanadi, ko‘zlar ham yon tarafga yoki tepaga qaratilgan bo‘lib, ko‘z qorachig‘i kengayib, yorug‘likka javob bermaydi.Bo‘yin tomirlari shishgan, jag‘ qattiq qisilgan, lab burchagida ko‘pik, ba’zida qon keladi, qo‘l-oyoqlar katta bo‘g‘imlardan yozilib, qo‘l panjalari siqilgan bo‘ladi. Ixtiyorsiz ravishda siydik va najasni chiqarib yuboradi. Tonik qaltirashdan keyin klonik qaltirashga o‘tadi. Bunda bosh, qo‘l va oyoqlar qaltirab, tana zarb bilan yonga va orqaga uriladi. Kasal yana chuqur nafas ola boshlaydi, ko‘karish kamayadi, terlaydi. Bu bosqich 30 soniyadan 5 daqiqagacha davom etadi.Klonik qaltirashdan so‘ng bemor uyquga ketadi.Bemor uyqudan turgandan so‘ng o‘zini og‘ir ish qilgandek yomon sezadi.
Ba’zan tutqanoq ketma-ket boshlanib, bir necha kungacha davom etishi mumkin. Bunday tutqanoq tutishiga epileptik status deyiladi. Epileptik statusda talvasa xurujlari har 10—30 daqiqa davomida takrorlanib turish bilan kechadi.Status bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Bunda klonik va tonik tirishishlar bilan birga nafas olish a’zolari va yurak faoliyatida buzilishlar bo‘lib, miya shishuviga olib keladi. Tonik tirishishda yuz, qo‘l va oyoqlar,tana mushaklarida tortishish, ko‘z olmasi yon tomonga va yuqoriga qaragan,qorachiqlar kengaygan bo‘ladi. Mushaklarning qattiq tortishuvi natijasida bemorning qo‘l-oyoqlarini to‘g‘rilashning hech iloji bo‘lmaydi. Tonik tirishish 30—60 soniya davom etadi. Keyin klonik tirishish ko‘proq qo‘l va yuz mushaklarida kuzatiladi. Pastki jag‘ mushaklarining ritmik qisqarishi natijasida bemorning og‘zi ochilib-yopilib turadi. Bunda bemor tilini tishlab olishi mumkin. Bemor og‘zidan so‘lak bilan birga qon aralash ko‘pik keladi. Qo‘llar ham bukilib-yozilib turadi. Klonik tirishish asta-sekin pasayib, keyin umuman to‘xtaydi. Klonik tirishishda qorin mushaklari va siydik pufagi sfinkterining nerv bilan ta’minlanishi buzilishi natijasida, bemorda ixtiyorsiz siyib yuborish va axlat chiqarish holatlari kuzatiladi. Bemorning terisi ko‘kargan,vena qontomirlari shishgan, tomir urishi sekinlashgan bo‘lad.Kichik epileptik tutqanoqlar. Absans — birdaniga va qisqa (2—5 soniya) vaqtda hushdan ketish bilan kechadi. Hushdan ketish, ma’nosiz boqish,
faoliyatning buzilishi va vegetativ alomatlar bilan o‘tadi. Xuruj paytida bemor yiqilmaydi va bir joyda ko‘zi qimirlamay, ko‘rga o‘xshab qotib qoladi. Xuruj birdan boshlanib birdan to‘xtaydi. Bu xuruj oddiy absans deb ataladi. Ba’zi bemorlarda absans mushaklar tonusi o‘zgarishi (yuz, bo‘yin, qo‘l mushaklari tortishuvi) va chuqur vegetativ buzilishlar bilan davom etsa, unda murakkab absans kuzatiladi.
Epilepsiyada ruhiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunda bemorning kayfiyati yaxshi, shirinso‘z, yurish — turishida, oilada saranjom — sarishta bo‘lib yurishadi, qo‘ygan narsalarini kimdir buzsa,darrov janjal qiladilar.Ba’zi bemorlar esa juda ham qo‘pol, o‘zining gapini o‘tkazadigan, boshqalar bilan kelishmaydigan bo‘ladi. Tashxis qo‘yishda ko‘proq EEG dan foydalaniladi, bunda epilepsiyaga xos «tig‘» to‘lqinlar paydo bo‘ladi.
Davosi. Katta tutqanoqlarda fenobarbital 0,05—0,2 g kuniga 3 mahal 3—6 oygacha, difenin 0,2—0,3 g, benzonal 0,1—0,3 g, rivotril, finlepsin 0,2—1,0 g, depakin 1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal, eunoktin kuniga 5—25 mg dan 2—3 marta (ko‘proq qismi uyquga ketishdan oldin) ichish uchun beriladi.Kichik tutqanoqlarda suksilep, piknolipsin, 0,75—1,5, etosuksimed,konvuleks, konvulsafin,epilepsin, klonozepam dorilari tavsiya etiladi.
Epileptik statusda zudlik bilan tutqanoqqa qarshi seduksen 0,5 % 2,0—4,0natriy xlor yoki 40%glukoza eritmasi bilan tomir ichiga 10—15 daqiqa davomida yuboriladi. Talvasa to‘xtamasa, 30 mg seduksenni 150 ml 10—20% glukoza eritmasi bilan tomir ichiga tomchilatib quyish kerak. Bu ham foyda bermasa, 70—80 ml 1 % tiopental natriy yoki geksenalni sekinlik bilan tomir ichiga yuboriladi. Bunda bemorning nafas olish maromini, tomir urishini va ko‘z qorachiqlarini kuzatib turish kerak. Nafas olishi har daqiqada 16—18 martaga yetsa, qorachiqlar toraygan bo‘lsa geksenal yuborish to‘xtatiladi. Shu bilan birga 5 ml 10 % tiopental natriy yoki geksenal eritmasini mushak orasiga yuborish mumkin. Bosh miya gipoksiya va shishib ketishiga qarshi magneziy sulfat 25 % 10,0 kalsiy xlor 10 %—10 ml, laziks, kokarboksilaza qilish kerak. Miya faoliyatini yaxshilovchi dorilardan nootropil,sinnarizin yoki stugeron, 3 % kaliy yodid 1 osh qoshiqdan 3 mahal, bioxinol,pirogenal, gumizol, FiBS, lidaza, magne —B6, nikotin kislotasi buyuriladi. Aminazinni faqat boshlang‘ich davrida berish kerak. 5 yil davomida tutqanoqxuruji bo‘lmasa, EEG me’yorida bo‘lsa, tutqanoq dorilarini berish to‘xtatiladi.Bemorlarga tepalikda, olov va suv havzalar, ishlab turgan mexanizmlar oldidaishlash man etiladi. Epilepsiya tutqanog‘i tutib turgan vaqtda kordiamin,komfora dorilarini yuborish mumkin emas.Parvarish qilish.Tutqanoq tutib bo‘lgandan keyin bemor karaxt bo‘lib,keyin uyquga ketadi.Boshi tagiga yumshoq yostiq qo‘yish, ust kiyimlarning tugmalarini bo‘shatish lozim. Tushqanoq tutan vaqtda bemorning qo‘l-
oyoqlarini lat yeyishdan asrash uchun ularni ushlab turish kerak, bo‘lmasa suyaklar sinishi mumkin. Ko‘ylak yoqasini yechish, tilini tishlab olmaslik uchun sochiq chetini yumaloq qilib og‘ziga tiqib qo‘yish kerak. So‘lak bir tomonga oqib turishi uchun bemorni yonboshlab yotqizib qo‘yish tavsiya etiladi. Tutqanoq tutib bo‘lgandan keyin bemorni uyg‘otmaslik lozim.


Yüklə 26,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin