Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali davolash-1 fakulteti 105-a guruh talabasi islomov og‘abekning tibbiy biologik fizika fanidan tayyorlagan 2-mustaqil talimi
Tovush hodisalarini o’rganuvchi fizika bo’limiga akustika deyiladi. Akustika
umumiy fiziologik (bioakustika), arxitekturik, musiqiy va hakozo bo’limlarga
bo’linadi.Tovush – (bu zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir) qulog’imiz
seza oladigan chastotalarda zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir, ya’ni 16
– 2 * 10^4 Gs chastotadagi diapazondir. 16 Gs chastotadan kichik tebranishlarga
infratovush (IT), 2 * 10^4 Gs dan kattalarini ultratovush (UT) deb ataladi.
ITva UT larni qulog’imiz qabul qilmaydi.
Tovushninng har xil muhitda tarqalish tezligi har xil bo’lib, u muhitning
elastik hususiyatiga va muhit zichligiga bog’liq bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:
υ = √ E / ρ,
bunda, E–Yung moduli, ρ – zichlik.
Qattiq jismlarda tovush tebranishlari v = 2-5km/s tezlik bilan bo’ylama va
ko’ndalang to’lqinlar ko’rinishida tarqaladi. Suyuqliklarda esa tovush v = 0,7-2
km/s bilan bo’ylama to’lqinlar siqilish va kengayish tarzida tarqaladi. Suvda
tovush tezligi v = 1,3 km/s. Bu tezlikni odamning yumshoq to’qimalari uchun
o’rtacha tovush tezligi deb qabul qilish mumkin.
Havoda 0oC temperaturada v = 331,5 m/s ga teng. Temperaturaning har 1oC ga
oshishida tezlik tahminan 0.5 m/s ga oshadi va t = 20oC da
v = 340 m/s ga teng bo’ladi. Tovush tezligi tebranish chastotasiga bog’liq emas.
Tovush toni (vaqt mobaynida doimiy yoki biror qonuniyat asosida
o’zgaruvchi bo’lgan tebranish) chastota, amplituda (siljish) va tebranish shakli -
garmonik spektr bilan harakatlanadi. Tovush to’lqini intensivlik (J ~ A2) va tovush
bosimi (J ~ ∆p2)bilan xarakterlanadi. Bu tovushning fizik xarakteristikalaridir.
Chastotaning fizik xarakteristikasiga psixofizik yohud sub’yektiv xarakteristika
hisoblangan tovush balandligi mos keladi. Kichik chastotalarga past tonlar,
kattalariga baland tonlar mos keladi.
Organizmda mustaqil ravishda paydo bo’ladigan tovushlarni eshitish
auskultatsiya deyiladi, tovushlarni eshitish uchun stetoskop, forendeskop
ishlatiladi. Auskultatsiyaga asoslangan usulni fonokardiografiya deyiladi, ya’ni
yurakdagi tovushlarni yozish usuli .Tananing ayrim qismlarini tukkullatish va uni
analiz qilinishiga perkussiya deyiladi.
Tovushni generatsiyalash va qabul qilishda odam organizmida bir qancha
organ va sistemalar mavjud: ogíz bo’shlig’i, tishlar, lablar, tomoq va hokazo.
Ular bo’yicha mutaxasis – otorinolaringolog – quloq bo’yicha (oto), tomoq
bo’yicha – larynx, (hiqildoq yoki halqum) va burun (rino) mutaxasisliklari mavjud.
Undan tashqari tor mutaxasisliklar bor: Logoped – duduqlanishni da’volaydi.
Surdolog – eshitish qobilyati pasayganlarni da’volaydi, Foniatr – qo’shiqchilarni
da’volash.
Shovqin – bu tartibsiz, o’zgarib turuvchi chastota, amplituda va murakkab
tonlardir (qarsak, shitirlash, g’ichillash, so’zlashganda chiqadigan undosh
tovushlar va x.k.). Shovqun organizimga salbiy tasir ko’rsatadi, shuning uchun uni
yo’qotish yoki kamaytirish usullari qo’llaniladi (shovqin manbayi yo’qotiladi yoki
uning quvvati tovush yutuvchi moslamalar qo’llab kamaytiriladi).
Shovqin zarari uning chastotasiga bog’liqdir: Yuqori chastotali shovqinlar
past chastotali shovqunlarga qaraganda zararliroqdir. Yuqori chastotali
shovqunlaning ruxsat etilgan chegaraviy darajasi 75 – 80 dB ni, past chastotali
sovqinlar uchun 90 – 100 dB dir. Normal ruxsat etilgan shovqin darajasi 40 - 50
dB.
Ultratovush, uning tibbiyotda va biologiyada ishlatilishi.
Chatotasi 20 kGs dan katta bo’lgan, bo’ylama to’lqin sifatida tarqaluvchi
elastik tebranishlarni Ultratovush deyiladi. Ultratovushning yuqori chegarasi
chegaralanmagan. Tovush va ultra tovush to’lqinlarining tezliklari taxminan bir
xildir.
Ultratovushning yuqori chastotali to’lqinlarini generatsiyalash uchun teskari
pezoelektro effekt xodisasidan foydalaniladi, yani yuqori chastotali elektr
maydoniga joylashtirilgan kristal plastinkasini galma – galdan uzaytirish va
qisqartirishdan foydalaniladi.
Infratovush uning xarakteristikasi va organizimga ta’siri.
Infratovush 0,001 Gs 16 Gs gacha bo’lgan, qulog’imiz eshita olmaydigan kichik
chastotali tebranishlardir. Har xil tabiat xodisalari yani shamol, chaqmoq, yer
silkinishi, portlash, sunami, tayfun va x.z.lar IT manbayi bo’lishi mumkin.IT
o’zining havoda, yer yuzasida kam yutilganligi uchun juda katta masofagacha
tarqalish xususiyatiga ega.
Katta bo’lmagan va o’rtacha intensivlikka ega bo’lgan IT bosh aylantirish,
ko’ngil aynishini, nafas olishni qiyinlashishiga, qorinda og’riq paydo qilishi,
qo’rquv alomatlarini hosil qilishi mumkin. Intensivlik oshishi bilan og’iz qurishi,
yo’tal, bo’g’ilish (>150 gB) alomatlari paydo bo’lishi mumkin. Ayniqsa, uzoq
qaytarilib turadigan IT zararlidir.
Odamning eshitish apparati tovushni o’tkazuvchi va qabul qiluvchi
qismlardan iborat. Quloq 3 qisimdan – tashqi, o’rta va ichki qisimdan iborat.
Eshitish retseptorlari ichki quloqda joylashgan. Tashqi quloq – quloq chag’anog’i
va tebranishni kuchaytiruvchi (rezonator) vazifasini bajaruvchi tovush yo’lidan
iboratdir (quloqning sxemasi bo’lishi kerak).
Tashqi va o’rta quloqni nog’ora parda ajratib turadi. Tashqi quloq nog’ora
pardasini mexanik tasirlardan himoya qiladi. O’rta quloqdan tovush 3 ta eshituv
suyakchasi – bolg’acha, sandon va o’zangidan kuzatiladi. Ichki quloq perilimfa va
endolimfa suyuqligidan iborat.
Ichki quloqning asosiy elementi chig’anoq shakldagi suyak bo’shlig’idan
iborat, u suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi. Chig’anoqning spiral yo’llari elastic tolalar
bilan tortilgandir. Tolalar asosiga eshitish nervlari va tukli sezuvchi hujayralar
tutashgan. Bu tukli sezuvchi hujayralar eshitish retseptorlar vazifasini bajaradi va
tovush ta’sirida ularda nerv impulslari hosil bo’ladi (elektr potensiallari).
Ular esa bosh miyaning kerakli zonasiga uzatilib tovush sezgisini hosil qiladi.
XULOSA:Organizmlarning E. xususiyati ular evolyutsion rivojlanishi, yashash muhiti va tovush signallarining biologik ahamiyati bilan bogʻliq Tovush taʼsirida odamda tovush signallari parametrini aks ettiruvchi E. sezgisi paydo boʻladi