Mavzu: eskiz tuzish tartibi



Yüklə 3,72 Kb.
tarix23.11.2022
ölçüsü3,72 Kb.
#70022
Mavzu eskiz tuzish tartibi-fayllar.org (2)


Mavzu: eskiz tuzish tartibi

MAVZU:ESKIZ TUZISH TARTIBI



MUSTAQIL ISH

  • Eskiz chizish detallarning ish chizmalarini to‘zishda va buyumlarni loyihalashda muhim ahamiyatga egadir. Eskiz chizishdan maqsad o‘quvchilarning chizma chizish qobiliHtini oshirish, ularning fazoviy tasavvurlarini kuchaytirishdir. O‘quvchilar eskiz bajarishni ikkinchi darajali deb e’tibor qilmasliklari mumkin, lekin bu katta xato hisoblanad

  •  Masalan, har qanday muhandis, texnik yoki konstruktor o‘zining yaratmoqchi bo‘lgan fikrini faqat eskiz chizish bilan amalga oshiradi. Shunday ekan, detallarni eskizini chizib o‘rganish foydadan xoli emas. O‘quvchilarning bilim saviyasini tekshirish uchun ham eskiz chizishdan foydalanish mumkin. Eskizlar GOST 2.301 – 81 ga asosan A4, A3 formatli katakli yoki millimetrli qog‘ozlarda, yumshoq (M, 2M) qalamlar bilan bajariladi. Asosiy yozuv uchun ramkasi 18555 mm bo‘ladi. Eskizlar GOST 2.302-81 dan tashqari hamma GOSTlarga amal qilgan holda bajarilad

  • Eskizlar GOST 2.302-81 dan tashqari hamma GOSTlarga amal qilgan holda bajariladi. Ishlab chiqarishda ko‘pincha detallar bevosita eskizlari bo‘yicha bajariladi. Shuning uchun eskizda detalning ish chizmasida berilgan barcha ma’lumotlar berilishi lozim. Eskiz ish chizmasidan faqat qo‘lda va detalning o‘lchamlarini e’tiborga olmay chizilganligi bilan farq qiladi.

  • Ish chizmasidagi kabi eskizlarda ham kerakli qirqim va kesimlar ayrim joy ko‘rinishlar, mahalliy va to‘liq o‘lchamlar qo‘yiladi. Detal sirtining g‘adir-budirlik markasi ham ko‘rsatiladi.

  • Eskizlarni juda kichik qilib bajarish tavsiya qilinmaydi. Detal chizmasining kattaligi uning o‘lchamiga va qog‘oz formatiga qarab chiziladi. Eskiz chizishdan oldin detal sinchiklab qaraladi va bosh (frontal) ko‘rinish tanlanadi. Shunga mos ravishda qo`lgan proyeksiyalar chiziladi. Eskizlarni bajarish quyidagi bosqichlarda olib boriladi:

  • 1-bosqich. Detalning bosh ko‘rinishini tanlash, boshqa ko‘rinishlar soni va qog‘ozning formati belgilanadi. Formatning hoshiH (ramka) chiziqlari chiziladi, asosiy yozuv uchun joy qoldiriladi. Detalning har bir ko‘rinishi uchun tashqi konturi, ayrim elementlari orasidagi nisbatlar saklangan holda ingichka chiziq bilan simmetrik va aylanalar uchun o‘q chiziqlari bajariladi (1-a,shakl).

  • 2-bosqich. Detalning ichki va Tashqi chiziqlari ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. Ichki ko‘rinmas chiziqlari qirqim va kesimlar bajarishni naharda tutib bajarilishi kerak (1-b,shakl)

  • 3-bosqich. Ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi, harur bo‘lgan qirqim va kesimlar bajariladi. Detalga kerakli o‘lcham chiziqlari, chiqarish chiziqlari ingichka chiziqda bajariladi. O‘lcham chizig‘ida strelkalar, detal elementlari, aylana, kvadrat, radius, sfera va hakozolar bajariladi. Sirtlarning g‘adir-budirlik belgilari qo‘yiladi, GOST 2.303–81 ga muvofiq ko‘rinadigan chiziqlar yo‘g‘onlashtirilib chiqiladi (1-v,shakl).

  • 4-bosqich. Detalning aslidan o‘lchash asboblar bilan o‘lchamlari olinib detal eskiziga yozib qo‘yiladi. Detalni tashkil etuvchi sirtlarning g‘adir- budirlik markasi yoziladi. Eskizning asosiy yozuvlari to‘ldiriladi. Harur bo‘lgan holda detalga oid barcha texnik talablar va izohlar yozib qo‘yiladi (1-g,shakl).


http://fayllar.org
Yüklə 3,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin