Mavzu: Farg’ona vodiysi tabiiy geografik sharoiti



Yüklə 0,51 Mb.
tarix13.04.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#55293
Abrorsher

Mavzu: Farg’ona vodiysi tabiiy geografik sharoiti.

.

Reja 1.Fargona vodiysi iqlimi (A.Yuldashev) 2.Litologik va geomorfologik tuzulishi (A.Tojiboyev va Moxina) 3.Gidrogeologiyasi (Dildora)

Darsning borish tartibi: 1.Xamkorlik ta’lim texnologiyasi. 2.Innovatsion ta’lim texnologiyasi. 3.Aqliy xujum. 4.Klaster. 5.Baliq skleti. 6.Yakunlovchi savollar.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Markaziy Farg’onada shakillangan arzikli tuproqlarning xossalari va ularning inson omili tasirida o’zgarishi. 2.O’z.dav.yer.loixa dan olingan elektron xarita. 3.Sirdaryo-So’x irigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi xuzuridagi melerotiv ekspeditsia tashkilotidan olingan elektron xarita.

Farg’ona vodiysi atrofi tog’lar bilan o’ralgan tektonik cho’kma bo’lib, ko’rinishi ellips shaklidadir.Uning uzunligi g’arbdan sharqqa tomon 300 km,eni janubdan shimolga tomon 50-70 km masofaga teng.Vodiy hududining balandligi uning g’arbida dengiz sathidan 250 m dan sharqiy qismida 1000m ga yetadi.Markaziy Farg’onani o’rab turgan baland tog’lar balandligi esa 2000-4000m va undan ortiq. Geomorfologik tuzilishning bunday keskinligi vodiy iqlimining o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.

Farg’ona vodiysi meteostansiyalari:


Cho’l qismi
    • QO’QON,ULTARMA,NAMANGAN.

Chala cho’l qismi
    • FARG’ONA,NASRIDDINBEK,FEDCHENKO

Vodiyning g’arbiy va shimoliy hududlarida ko’p yillik o’rtacha havo harorati +13+13,5 C, janubiy va sharqiy qismlarida esa +12,6+13,4 C ni tashkil qiladi.Yilning eng sovuq oyi yanvar bo’lib,uning o’rtacha harorati -2,1-3,4C ni tashkil etadi. Harorat eng yuqori bo’lgan davr esa iyul oyi bo’lib, o’rtacha harorat +24,8+27,6C atrofida bo’ladi.Haroratning minimal darajasi -27-29C ga, maksimal harorat +42+46 C ga teng.Issiq kunlar davri 190-214 kun bo’lib,foydali haroratlar yig’indisi cho’l mintaqasida +2400+2600C ni ,tog’ oldi chala cho’l mintaqasida esa +2200+2400 C ni ashkil qiladi.

Atmosferaning shamol faoliyati ham vodiy bo’ylab bir xil emas. Shamollar qish va bahor oylarida sharqiy va yoz oylarida g’arbiy yo’nalishda esadi. Vegetatsiya davridagi kuchli shamolli (tezligi 15m/sek dan yuqori) kunlar soni ‘’Qo’qon” meteostansiyasi bo’yicha 29,5 kunga va ‘’Farg’ona’’bo’yicha 18,5 kunga teng.

Yog’in miqdori g’arbdan sharqqa va vodiy markazidan shimolga xamda janubga tog’lar tomon kuchayib boradi.Bu ko’rsatgich 86mm dan 205mm gacha sharqda esa 300-400mm ga yetadi.Yillik yog’inning 60% dan ko’prog’I baxor va qish fasliga tog’ri keladi.Xavoning nisbiy namligi yoz davrida 44-72% qishda esa 75-87%tasgkil qiladi.

Litologik va geomorfologik tuzilishi. Markaziy Farg’onaning relyefi murakkab bo’lib,turli -tuman relef shakllari uchta genetikaviy tipga : 1.Erozion-akkumulyativ 2.Akkumulyativ 3.Eol- akkumulyativ tiplarga birlashtirilgan.

Erozion-akkumulyativ tip. 1-Rayon.Allyuvial-prolyuvial tekislik.Bu hududga Isfayram va shohimardon daryolari konus yopilmalarining yuqori, o’rta va periferiya qismlari hamda ularning tarmoqlari Fayziobod,Akbar-Rovostoy kabilarning konus yopilmalari kiradi.

2-Rayon.Kuchsiz to’lqinsimon yassi ko’l-prolyuvial tekislik. Ko’l-prolyuvial tekisligi konus yopilmalarining shimoliy qismlari bilan tutashgan va sharqda Shaxrixon konuslari aro pastqamliklardan g’arbgacha cho’zilgan,relefi murakkab.Vodiysimon pastliklar bilan birga tekislangan maydonlar rayonning kotta qismii egallagan.Rayon xududida qumlik daxalar ko’p uchraydi.

Eol-akkumulyativ tip Bu tipga Markaziy Farg’onaning qumlik daxalari kiradi Mazgilsoy va Sariq suv bo’ylab,Qo’qon-Pungon magistral avtoyo’lidan Sharqda,Yangiqo’rg’on-Yozyovon avtoyo’lining shimoliy qismida joylashgan.Qum barxanlarining balandligi 3-10m uzunligi 50-300m va kengligi 5-10m oralig’ida

Gidrogeologiyasi. Paleazoy fundamanti ustida shakillangan mezozoy va kaynozoy guruxlari yotqiziqlari bilan to’ldirilgan ularning aksariati suv saqlovchi va uzatuvchi yotqiziqlar xisoblanadi.Ayniqsa bo’r,paleogen,neogen va to’rtlamchi davr yotqiziqlari sersuvligi bilan ajiralib turadi.

Suv ta’minoti va melioratsiya maqsadlari uchun to’rtlamchi davr yotqiziqlarining yer osti suvlari katta amaliy axamiyatga ega. To’rtlamchi davr yotqiziqlarining qalinligi doirasida So’x,Toshkent,Mirzacho’l va Sirdaryo suvli majmualari ajiratilgan.(N.P.Vasilkoviskiy 1935) Ularning xar biri bir nechta suvli qatlamlardan tarkib topgan.Pastki So’x va Toshkent suv tashuvchi majmualarning suvlari bosimga ega.

Marg’ilon va Isfayramsoylarning tutashgan konus yopilmalarida 3 ta gidrogeologik mintaqa ajiratiladi. 1-Yer usti suvlarining singish va satxi chuqur joylashgan chuchuk sizot suvlarining shakillanish va tranzit mintaqasi. 2-Sizot suvlarining yer yuzasiga sizib chiqish mintaqasi.

3-Konus yopilmalarining pereferik qisimlari sizot suvlarining yopilish yoki ikkilamchi cho’kish (V.M.Legostayev 1959) yoki suvlar satxining chuqur bo’lmagan (V.A.Genst 1969) mintaqasini 3-gidrogeolagik mintaqani tashkil qiladi.


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin