Mavzu: gilam to’qish san’ati, tarixi va uslublari reja: Gilam to’qish san’ati



Yüklə 21,57 Kb.
səhifə1/2
tarix18.10.2022
ölçüsü21,57 Kb.
#65429
  1   2
gilam to\'qish


Mavzu: GILAM TO’QISH SAN’ATI, TARIXI VA USLUBLARI
Reja:
1. Gilam to’qish san’ati
2. Gilam ishlarining turlari
3. Pat gilamli buyumlar
4. Mayda kalta patli buyumlardagi naqshlar

XX – asrning boshlarida Samarqand viloyati xududlarida 50 ga yaqin о‘zbek qabilalari yashashgan. Bir qabila axolisi birlashib, ikkinchi qabila esa tarqoq xayot kechirishgan, ular bir-birlari bilan doimo kо‘rishib turishgan.


Grebenkinning ma’lumotlariga qaraganda, XIX – asrning oxirida gilam tо‘qish san’ati quyidagi о‘zbek qabilalari: naymon, ming, qutchi, bag‘rin, xitoy, qipchoq, mitan, turk.
О‘zbek qabilalariga yana qoraqalpoqlar ham kirgan. Ular paxmoq gilamlar (pat gilam) va boshqa gilam buyumlari tо‘qilgan. О‘zbek gilam mahsulotlarini tо‘liq ta’riflamay turib, A.D.Gerbenkin mitan gilam tо‘quvchilarining ishlarini quyidagilarini ajratadi: gilamlar, olacha, gilam, kigiz, namat, xurjunlar va boshqalar.
U Samarqand atrofi va eskiXо‘jant chegaralarida yashagan yarim kо‘chmanchi о‘zbek qabilalari turk va yuz axolisining gilam tо‘quvchilari xaqida ma’lumot bergan. A.A.Semyonov A.D.Gerbenkinning ma’lumotlarini tasadiqlagan va kengaytirgan.
Samarqand viloyatining turk gilam ustalari eng oddiy texnika bilan rangli palaslar namatlar va juda og‘ir ish talab qiladigan gadjari palaslarini tо‘qishgan, deb yozadi. M.F.Gavrilov. u boshqa ishida parchayuz о‘zbek qabilasi xaqida tо‘liq ma’lumot bergoan, u ma’lumot juda qiziqarli о‘zilgan. Lekin Gerbenkin о‘zining ma’lumotlarida yuz gilam tо‘quvchilari xaqida eslatgan. Bir necha mualliflarning ma’lumotlariga kо‘ra о‘zbek gilam tо‘quvchi guruxlaridan eng qadimgi qabila vakillari aloxida qiziqish uyg‘otgan. (Turk va tuyoqli) shuningdek, о‘rta osiy xududlarida yangi joylashgan boshqa tuman aholilari: mitan Yevropaning janubiy sharqish chо‘llarini о‘zlarining qadimiy vatanlari xisoblaganlari, bag‘rim Farg‘ona vodiysining sharqiy tumanlaridan chiqgan; qutchi Qoshg‘aradan kо‘chib kelgan. Turli nasabdagi qabilalarp gilam tо‘qish bilan shug‘ullanganlar.
Barcha tadqiqotchilar takidlashicha turli qabila guruxlarining о‘zaro nikoxi о‘ziga xos madaniyat va udumni anglatgan. О‘zaro nikoxlarda bir qabila boshqa qabilaga о‘ziga xos tarizda tо‘qilgan. Turli gilam ishlarini taqdim etishgan. Bu gilamlarda qabilalarning о‘ziga xos naqshlari ishlatiladi, bu esa oilaning bir biriga vafodor bо‘lishini birdirib, keyinchalik xо‘jalik zaruriyati uchun ishlatiladi.
Asta sekin kirib kelayotgan dexqonchilik va ziroatchilik ishlari gilamchilikning sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Statistik va arxiv ma’lumotlariga qaraganda, XIX – asrning oxiri va XIX – asrning 70-yillarida Samarqand tumanining о‘zbek gilam tо‘quvchi qabilalari bor yо‘g‘i 25 %ni tashkil qilardi. Yil davomida bir necha qishloqning gilam ishlari 10 chog‘lik gilam va palaslarni tashkil etardi: bozorda esa bu gilam ishlarining aksariyatini kо‘rish mumkin edi.
Gilam ishlab chiqarishning qisqarish protsesi XX – asrning boshlarigacha davom etdi.
Tekshirilayotgan ovullarda pat – gilam maxsulotlarining faqatgina qadimgi namunalari mavjud edi. Ekspeditsiya azolari bu pat-gilamlarning tо‘qilishini va unda qо‘llanilgan naqshlarning namunalarni biladigan gilam tо‘quvchi uchratishmadi. Shuningdek bu pat gilamlarda qо‘llaniladigan asbob uskunalar xam saqlanib qolmagan. Ancha og‘ir texnika bilan ishlanadigan palaslar ishlab chiqarmay qо‘ygandi, ammo bu palos texnikasi kо‘pgina ayollarga xali tanish edi. Kо‘pchilik ayollar palos maxsulotlari naqshlarining faqatgina texnik namlanishini bilishardi. Bular “Yettita ipli”, “Tо‘rtta ipli” maxsus nomlari esa deyarli unitilib ketgandi. Biroq xamma gilam palos ishlari yerlik axolining ishlari edi. Ularni katta avlod ayollari tо‘qishgan. 20 yillarda faqatgina oddiy yо‘l-yо‘l palos va kojimalar tayyorlangan. Ovullarda ayollar gilam ishlarini sotish uchun emas, balki о‘zlarining xо‘jalikda ishlatish uchun tо‘qishgan. Lekin Zomin va Jizzax aholisining gilam tо‘quvchilari sotish uchun xam gilam palos mahsulotlarini tayyorlashgan. (Zomin, Ravot, Kо‘rpasat, Qayli, YoyishlaGilam ishlarining turlari.
Samarqand tumanining о‘zbek guruxlari turli gilam ishlari patli va patsiz (palos) gilamlar tо‘qishgan.
Patli paxmoq maxsulotlar texnik ma’lumotiga va badiiy qiyofasiga qarab ikki guruxga bо‘linadi: uzun patli va kalta patli gilamlar.
Uzun patli gilamlar- tо‘shaladigan gilamlar bо‘lib, ular katta о‘lchamda bо‘lgan: julxirs, julvarak.Kalta patli gilamlar esa yetarlicha xilma – xil bо‘lgan. Ularga tо‘shaladigan mayda gilamlar , paloslar va boshqa mayda xо‘jalik buyumlari kirgan.
Kalta patli gilam ishlarining bajarilish texnikasi о‘zbek axolisi о‘rtasida patli gilamga qaraganda keng tarqalgan.
Tо‘shaluvchi gilamlar xar doim katta о‘lchamda tо‘qilgan, uzunligi 2,0 – 2,5 m, eniga 1,2 – 1,4 m. Ularni asosan xо‘jalik extiyoji uchun tо‘qishgan. Avvaliga bu gilam ishlariga faqatgina shaxar axolisi etibor bergan, keyinchalik о‘rta osiyoning boshqa viloyatlari va qо‘shni mamlakatlardan xam Samarqand gilam bozoriga qiziqish kuchaygan.
Maxsus gilamlar tayyorlangan – ibodat qilinadigan, eshiklar ichki tarafiga ilinadigan, eshik tepasiga ilinadigan. Kata xonalarning etagigacha tо‘shaladigan, о‘rindiqlar uchun, xovli yoki bog‘ uchun ishlangan materiallar paloslar, sholchalar va koxmalar va turli texnikalar bilan bajarilgan.
О‘zbek qabilalari orasida mayda gilam maxsulotlari sezilarli darajada turli ishlab chiqarilgan. Jixozlar va asbob uskunalarni biriktirilib turish uchun yurt qabilasi turli xil gilamli tasmalar, gilam payondozlar – kurt, baskurt va boshqa maxsulotlar tо‘qilgan. (rasm - 20). Ularni nafaqat qishloq axolisi balki shaxarliklar, asosan ruslar turli yumshoq mebellarning jixozlari, yostiqchalari, boshqa tur meballarga ishlatish uchun xam sotib olishgan. XX – asrning boshlariga kelib ularni ishlab chiqarish keskin kamaydi. Gilam payandozlarining qadimiy andozalari xozirgacha saqlanib qolmagan, ular yuqori badiiy sifati bilan ajralib turgan, axoli esa ulardan о‘lchami katta bо‘lmagan tо‘shaladigan gilamlar va narsalar uchun qoplar, sumkalar tayyorlashgan. Afsuski bu qiziqarli gilam ishlari juda sust о‘rganilgan.
Axolining turmushi uchun ishlatiladigan katta buyum qoplari – napramach xam kirgan. (rasm - 21). Napramachni tayyorlash uchun, xuddi boshqa sumka va qoplarda ishlatilgandek, faqatgina yuza tomonlarigagina gilam maxsulotlari ishlatilgan, ikkinchi tarafiga oddiy, bezaksiz, jun materiallardan qо‘yilgan. Napramachning yuza tomoni - bu
Bо‘yiga 0,9 – 1,2 m, eniga 0,35 – 0,40 m.
Bu esa 20 – 30 yillarda О‘zbekiston muzeylarida napramaklarining katta koleksiyasining yig‘ishga yordam berdi. Qadimiy mayda ishlar ichidan aloxida ajralib turadigan boy bezatilgan, otlar uchun gilam yopinchiqlar oddiy palos texnikasi orqali bajarilgan.
Qadimiy xurjunlarning katta qismi palos texnikasi orqali bajarilgan. (rasm 22). Paxmoqlar esa yordamchi vositalar sifatida naqshlarni tikish uchun ishlatilgan. XX – asrning boshlarida xurjunlar uchun paxmoqlar tо‘liq ishlatila boshladi.
Tо‘rva va xurjunlar xо‘jalik kamchiliklari uchun ishlab chiqarilgan, judayam kam xollarda bozorga chiqgan. Respublika muzeylarida ular juda oddiy napramachilar kо‘rinishida taqdim etilgan.

Yüklə 21,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin