Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot jarayonlarining mohiyati



Yüklə 191,05 Kb.
səhifə1/25
tarix27.12.2023
ölçüsü191,05 Kb.
#198905
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
13-Mavzu Globallashuv


Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi
1.Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot jarayonlarining mohiyati.
2. Global jarayonlarning shakllanish tarixi.
3. Global muammolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari. (harbiy, tinchlikni saqlash, ekologik, atrof-muhitning ifloslanishi, iqtisodiy, demografik, tibbiy, ijtimoiy, ocharchilik, kambag‘allikka qarshi kurash, sog’liqni saqlash, pandemiya, kriminal, global jinoyatchilik va koinot muammolari.)
4.Global makonda axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va virtual reallikning mutanosibligi. Nanotexnologiyalar va Biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalarining jamiyat taraqqiyotiga ta`siri.
5.Global muammolarni bartaraf etishda xalqaro kuchlar birlashuvining ahamiyati. 2

Falsafa va hozirgi zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. SHu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda.
Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. SHu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob’ektiv jarayonlarning sub’ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi vaqtda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab etish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 191,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin