Antigen va antitelo orasidagi o ‘zaro ta’sirlarga asoslangan serologik reaksiyalar o‘ta maxsusligi va yuqori darajada sezgirligi bilan boshqa usullardan ustun turadi. Maxsusligi deganda antigenning faqat gomologik antitelolar bilan ta’sirlashishi tushuniladi. Bu reaksiyalar o‘ta maxsus bo‘lganligi uchun sezgirligi ham yuqori, ya’ni juda kam miqdordagi antigen yoki antiteloni aniqlash imkonini beradi. Ma’lum antitelolar tutuvchi immun zardoblar yordamida har xil mikroorganizm antigenlarini, hatto ularning serotiplarini ham ajratib olish (identifikatsiya qila olish) imkoniyati tug‘ildi. Bundan tashqari, serologik reakrsiyalarning kasallik jarayonida yoki emlangandan so‘ng immunitet kuchini ko‘rsatuvchi antitelolarni aniqlashda ham ahamiyati juda katta. Serologik reaksiyalarning yana bir qulayligi, ularni ikki xil maqsadda ishlatish mumkin:
2) antigen yoki mikrob turini ma’lum immun zardoblar yordamida aniqlash.
Agglutininlar va agglutinatsiya reaksiyalari. Agglutinatsiya reaksiyasida (lot.agglutinatio — yopishish) agglutininlar (antitelolar) yordamida mikrob, eritrotsit, leykotsit, trombotsit, to‘qima hujayralari va antigen tutuvchi korpuskular zarrachalar elektrolitli (0,85% NaCl eritmasi) muhitda bir-biriga yopishib cho‘kmaga tushadi. Korpuskular antigen agglutinogen deb ataladi. Agglutinatsiya reaksiyasining mexanizmi «panjarani» eslatadi, bunda ikki valentli antiteloning(agglutindan) bir faol markazi bir antigen(agglutinogen) bilan, ikkinchi faol markazi ikkinchi antigen bilan birikishidan birikma(agglutinat) hosil bo’ladi.