Mavzu: Guruhlarda o’qitish Reja



Yüklə 81,29 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü81,29 Kb.
#196326
  1   2   3
Kichik guruhlarda hamkorlikda o


Mavzu: Guruhlarda o’qitish


Reja:


1.Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish pedagogik texnologiyasi.
2. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi
3. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 3-4-sinflarda geometrik materialni hamkorlikda

o’qitish texnologiyasi asosida dars ishlanmalar loyihasi


Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish pedagogik texnologiyasi. Guruhlarda ishlash – bu o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarish uchun tashkil etilgan, o‘quv jarayonida kichik guruhlarda ishlashda (2 tadan – 8 tagacha ishtirokchi) faol rol o‘ynaydigan ishtirokchilarga qaratilgan ta’limni tashkil etish shaklidir. Bunda asosiysi topshiriq – natija emas balki, guruh ichidagi hamkorlik jarayonidir.
Hamkorlikdagi o‘qish tamoyillari:
– guruhga bitta topshiriq;
bitta rag‘bat: guruh barcha ishtirokchilari hamkorlikdagi ish bahosi (umumiy natijaga erishish uchun barcha guruh a’zolari sarflaydigan kuchi baholanadi) va akademik natijalari yig‘indisidan tashkil topgan bitta baho oladi, ya’ni guruh (komanda) muvaffaqiyati har bir ishtirokchining hissasiga bog‘liq;
har birining o‘z muvaffaqiyati va guruhning boshqa a’zolari muvaffaqiyati uchun shaxsiy mas’uliyati;
hamkorlikdagi faoliyat: guruhiy muzokara, hamkorlik, o‘zaro yordam berish kabi o‘zaro harakat usullari asosida tashkil topadi;
muvaffaqiyatga erishishda teng imkoniyatlar: har bir o‘qiyotgan o‘z shaxsiy yutug‘ini takomillashtirish, shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda o‘qishga berilgan bo‘lishi zarur, chunki u boshqalar bilan teng baholanadi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qish jarayonini tashkil etishning texnologik sxemasi.
I. Tashkiliy bosqich:
texnologik ishlar;
ta’lim beruvchi faoliyati;
o‘quv guruhlarni joylashtirishning chizmasi. (variant)
II. Asosiy bosqich:
texnologik ishlar;
-ta’lim beruvchi faoliyati.
III. Nazorat-yakuniy bosqich:
texnologik ishlar;
ta’lim beruvchi faoliyati.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish pedagogik texnologiyasidan foydalanib harbiy kafedra o‘quv guruhlarida o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarish uchun tashkil etilganda, faol rol o‘ynaydigan ishtirokchilarga qaratilgan ta’lim ijobiy natijasini ko‘rsatdi. Bunda o‘quv guruhlari ichidagi hamkorlik jarayonini samaradorligi kuzatildi.
Masalan, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani harbiy ish asoslari o‘quv bo‘limining nazariy (amaliy) mashg‘ulotlaridan “Bo‘linmalarni turli jang turlarida (jangovar harakatlar) boshqarish”, “Motoo‘qchi (tank) bo‘linmalarini mudofaa jangini tashkillash va olib borish asoslari” va boshqa dushman ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan jangovar va taktik vazifalarni yechishga doir muammoli vaziyatlarni yechishda “Hamkorlikda ishlash” usuli qo‘llanilganda mashg‘ulot o‘tkazishdan oldinga qo‘yilgan maqsadiga erishishda yuqori samara berdi.
O‘q otish tayyorgarligining amaliy mashg‘ulotlaridan “Otish asoslari va qoidalari” mavzusini o‘tkazishda o‘q otish qurolidan otish vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish kabi muammoli o‘quv savollarini yoritishda talabalar ishini hamkorlikda (ish shaklining kichik guruhlarda yoki juftlikda ishlash shakli) tashkil qilishda tashkil etuvchi grafiklardan ham vosita ham uslub sifatida foydalanish talabalar qiziqishini orttirdi va mustaqil ishlashlariga zamin yaratildi.
Harbiy topografiya o‘quv bo‘limining “Joylarda xaritasiz mo‘ljal olish va mo‘ljalga olish”, “Joy chizmalari (sxemalari) va jangovar grafik hujjatlarni tuzish” kabi amaliy mashg‘ulotlarida “hamkorlikda ishlash” usuli qo‘llanilganda guruh talabalarining amaliy ish bajarish chog‘ida topshiriqqa bee’tibor bo‘lgan o‘quvchilar kuzatilmadi.
Harbiy ta’lim berishni mantiqiy ketma-ketlik bilan aniq va puxta olib borish uchun “Hamkorlikda ishlash” usulidan foydalanishda mashg‘ulot rahbari “Hamkorlikda ishlash” usulini qo‘llashga doir yaxlit bilimga ega bo‘lishi lozim.
Hamkorlikda ishlash” usuli bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bu texnologiyani chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikda ham qo‘llash mashg‘ulot samaradorligi oshishini ko‘rsatdi.

Yüklə 81,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin