Mavzu: Halollik baxtga yetaklaydi. Reja



Yüklə 20,88 Kb.
səhifə1/2
tarix17.04.2023
ölçüsü20,88 Kb.
#99089
  1   2
Halollik baxtga yetaklaydi. Nodi


Mavzu:Halollik baxtga yetaklaydi.


Reja:

  1. Halollik va insoniylik tushunchasi.

  2. Mutafakkir allomalar halollik borasidagi mushohadalari.

  3. Foydalanilgan adabiyotlar.



Halollik va insoniylik tushunchasi.
Halollik odamlar orasidagi ijobiy munosabat asosidir. Halol luqma va mehnat bilan topilgan mol-mulk inson qalbida xotirjamlik, sokinlik uygʻotadi va oʻzgalarga nisbatan xolis, ezgu niyat bilan munosabatda boʻlishga olib keladi. Inson halol mehnat qilib, ishlab chiqarish rivojlanishiga yordam beradi va xalqning farovon, baxtli yashashiga koʻmaklashadi. Harom luqma esa salbiy quvvatlar manbai boʻlib, jamiyatda oʻzaro ishonchsizlikka, nizolarga sabab boʻladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida “halollik vaksina”si bilan emlash orqali jamiyatimizda halol turmush tarzini barqaror shakllantirish masalasini koʻtarib, buni ziyolilar oldiga vazifa qilib qoʻydi. Buning uchun “halol” va “harom” tushunchalarini toʻgʻri anglashda odamlarga yordam berish lozim. Bolalarga halolni bilish va unga amal qilishni juda erta oʻrgatish kerak boʻladi. Bu masalada naqshbandiya asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389)ning hayot yoʻlini, purmaʼno hikmatli soʻzlarini oʻrganish va targʻib etishning ahamiyati katta.
Halol” arab tilidan olingan soʻz boʻlib ruxsat etilgan, yoʻl qoʻyilgan, qonuniy, asosli, vijdonga muvofiq maʼnolarini anglatadi [1:641]. Hadisi sharifda: “Halol ochiq-oydindir”, deyilgan. Halol deganda, halolligi ochiq-oydin koʻrinib turgan suv, sut, meva, meva sharbatlari, non, poliz ekinlari, basmala aytib soʻyilgan hayvonlarning goʻshtidan pishirilgan taomlar, ruxsat berilgan kiyimlar va nikohga olingan shaxslar tushuniladi. Mehnat bilan topilgan boylik, ikki tomonning roziligida amalga oshirilgan tijorat tufayli qoʻlga kiritilgan mulk va hadya ham halol boʻladi. Har bir odam uchun halol narsani talab qilish va shunday molu mulk topish farzdir. Barcha narsani halol yoʻl bilan topib foydalanish kerak. Masalan, non halol boʻlsa-da, harom yoʻl bilan topilsa, pok hisoblanmaydi.

Yüklə 20,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin