Маvzu: Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari



Yüklə 22,07 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü22,07 Kb.
#175932
  1   2
Маvzu Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. M-fayllar.org


Маvzu: Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari

Маvzu: Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari.
Reja.

1.Maktabgacha ta`limning mazmun –mohiyati va ta`lim tizimida tutgan o`rni


2. Maktabgacha ta`limning ustuvor vazifalari
3.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimi.
Maktabgacha ta`lim –bolalarning individual va yosh xususiyatlarini,qiziqishi,moyilligi,madaniy extiyojlarini iobatga olgan xolda,bola shaxsining jismoniy, intellectual, ijtimoiy-axloqiy va ruxiy rivojlanishini ta`minlovchi,shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin yaratuvchi,har tomonlama maqsadli yo`naltrilgan yaxlit jarayondir.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta`lim tizimi
Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).



  • Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).


  • Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.


  • Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.


  • Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.


  • Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).


Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.


Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to’liq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom” da ko’rsatilgan.
2. Maktabgacha ta`limning ustuvor vazifalari
Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:
Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.
 Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).
 Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
 Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.
 Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.
 Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).
 Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
 Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;
Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
 Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
 Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash.Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O’zbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi.

Maktabacha ta`lim bolaning sog`lom,xar tamonlama kamol topib shakllanishini ta`minladi,unda o`qishga intilish hissini uyg`otadi,muntazam ta`lim olishga tayyorlaydi.


  • bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o’zaro aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g’oyasi;



  • shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash

  • xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida mujassamlashuvi; 

  • ta’lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish; 

  • xalq pedagogikasining amaliy xarakteri; 

  • xalq pedagogikasining o’sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuqarolik, oila faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli. 

Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston, rivoyatlarda o’zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o’z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-o’git mazmuniga ega bo’lib xalqning ijtimoiy hayotga bo’lgan real (hayotiy )qarashlarini ifodalaydi.
O’zbek xalq pedagogikasining o’ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og’zaki ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi.
Hayotiy sharoitlar, oilaviy an’analar, tarbiya usullari va vositalari o’zbek xalqi orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko’p sonli manbalar dalolat beradi. Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo’ljallangan bayramlarning o’ziga xos tavsiflarini topamiz.
An’ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o’tgan. Nikoh tuzish, bolaning tug’ilishi, , mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat jarayonlarini o’tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo’lgan. Bu marosimlarda bolalarning doimiy ishtiroki ta’minlanadi. Bu odatlar yordamida o’zbeklarning an’anaviy muomala shakli shakllanadi.
Sobiq sho’ro tuzimi davrida milliy an’analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish oxir-oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So’nggi yillarda insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko’proq erkinlik paydo bo’ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o’ziga xoslik o’sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida yanada muhim o’rin tuta boshladi. O’zbek xalqi axloqiy odatlarining mustahkamligi asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida ahamiyati bilan bog’liq.
O’zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko’p yillik tajriba ta’sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik va amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar,o’z aksini topgan. Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko’riladi. Oila jamiyat negizidir. Oila bolalarga ta’sir etish usullari, odat-an’analarini aniqlashi kerak. U dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o’quv mashg’ulotlarini belgilashi lozim. SHuningdek, oila ota-ona va bolalar orasidagi o’zaro munosabatlarning eng qulay me’yorlarini ishlab chiqadi. CHunki bola o’zini qiziqtirishgan masalalar bo’yicha eng avvallom bor o’z ota-onasi, eng avvalo onasi bilan o’rtoqlashadi. Bu yerda oila a’zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi, hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.
Oila va oilaviy tarbiyaning u yoki bu xususiyatlari doimo xalq e’tiborining markazida bo’lgan va bu xalq pedagogikasida o’z ifodasini topgan. Xalq avvalom bor baxtli oila yaratish yaratish uchun kurashgan. Xalq oilani baxt manbai, “tabiat go’zalligi”, mehnatsevar oila jamoasi sifatida ko’radi va oilada ayol va erkak teng huquqliligini e’tirof etadi, ayollar huquqini himoya qiladi, ajralishlarni qoralaydi, oilaviy nizolarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan hal qilishni maslahat beradi.
Xalq pedagogikasida onalikka oliy ijtimoiy qadriyat sifatida qoraladi, xalq og’zaki ijodida esa ona doim ulug’lab kelinadi. Oilaning ijtimoiy vazifalarini xalq bolada ahloq, hurmat, kattalar va kichiklar bilan hushmuomala bo’lish, qishloq xo’jaligi, kasb-xunar malakalarini egallashda ko’rgan.


Yüklə 22,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin