Маvzu: Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari


Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimi



Yüklə 22,07 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü22,07 Kb.
#175932
1   2
Маvzu Ijtimoiy maktabgacha ta`limni tashkil etish vazifalari. M-fayllar.org

3.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta`lim tizimi
O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lmagan. Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Bu davrda bollarni davlatning yanada sermahsul mintaqalariga ko’chirib keltirish, shuningdek, ularni ovqat, kiyim-kechak, uy, yoqilg’i, tibbiy yordam bilan ta’minlash masalalari yechilgan. Bu masalalarni yechishning asosiy vositasi ommaviy oshxonalar, yasli va bog’chalar, boshqa tomondan esa ayollarni respublikaning jamoat va siyosiy hayotida faol ishtirok etishga yordam bo’lgan.
Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo’lgan. Bu esa respublikadagi maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarning 36,4 %dir3. Maktabgacha tarbiya ishchilari malakasini oshirishga qaratilgan maktabgacha tarbiya dasturining chiqarilishi muhim muvaffaqiyat bo’ldi. 1927 yilda boshlangan ayollarning hujum harakati munosabati bilan bolalarning bolalar bog’chasiga berish hollari yanada ko’paydi. Kasaba uyushmalari va yirik fabrika-zavodlar yordamida ishlayotgan ayollarga yana bir yordamchi tashkilot-yozgi sog’lomlashtirish maydonchalari ta’sis e’tildi.
XX asr30-yillarning maktabgacha tarbiya dasturlarida bolalar bog’chalarining tozalikva metodik yordam holatini tekshirish keng tarqaldi. Bu tekshirishlar natijalariga ko’ra xonalar va maydonchalarning jihozlanmaganligi, asbob-uskunalar bilan ta’minlanmaganligi, tozalik me’yorlariga amal qilinmasligi kabi kamchiliklarga qarshi kurash olib borilgan.
Qishloqlardagi bolalar bog’chalari va maydonchalari maktabgacha tarbiya muassasalariga nisbatan bo’lgan salbiy qarashlar tufayli katta qiyinchiliklarga duchor bo’lgan.
1930 yilda O’zbekistonda respublikaning barcha katta shaharlari va viloyatlarida o’z bo’linmalariga ega bo’lgan maktabgacha tarbiya pedagogik maslahatxonasi tashkil qilindi. Uning faoliyati doimiy ma’ruzalar, radiosuhbatlar, ayollar uchun ko’rgazmalar tashkil qilishdan iborat edi. Ular uchun bolalarga eng yaxshi burchak qilish bo’yicha musobaqa ham o’tkazilgan. Pedagogik maslahatlar beruvchilar oilalarga borishgan va bolalar burchaklarini tashkil qilishgan va shu bilan bolalarni bog’chalarga qabul qilish tartiboti hamda oilalarning tarbiya masalalari bo’yicha maslahat berish bilan birlashtirilgan.
1933-1934 yillarda sanab o’tilgan harakatlar natijasida O’zbekistonda 3840 ta kolxoz maydonchalari bo’lib, unda 127 ming bolalar qatnashgan. 1933 yil bolalar bog’chalari uchun ilk dastur loyihalarini ishlab chiqarish yilisifatida muhrlandi Rusiy zabonbolalar bog’chalari dasturlari asosida tuzilgan bu dasturlar keyinchalik mahalliy sharoitlarni inobatga olib qayta tuzilgan.
Maktabgacha tarbiya birlashmalarining metodik faoliyati yagona markaz tomonidan rahbarlikni amalga oshirishga ehtiyoj sezgan. 1934 yil Toshkentda tuzilgan Respublika maktabgacha tarbiya metodik xonasishunaqa markaz vazifasini bajardi.
Ommaviy maktabgacha tarbiyaning rivojlanishida eng katta to’siqlardan biri malakali kadrlarning yetishmasligi bo’lgan. Qishloq aholisidan kadrlar tayyorlash uchun qisqa muddatli 3 oylik kurslar tashkil qilingan. Bundan tashqari XX asrning 70- yillari boshidan maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash vazifasi pedagogik o’quv yurtlari zimmasiga qo’shildi. 1930 yildan Toshkentda faoliyat yurituvchi pedagogik o’quv yurti 1936 yilda 60 ta mutaxassis tayyorladi.
Natijada 1938-1939 yillarda respublikada 927 ta bolalar bog’chasi ochilgan edi va ularda 36710 ta bola bor edi. Maydonchalar soni esa 4835 ta bo’lib ularda 152000 bola bor edi. SHu bilan birga bu vaqtda onalar uchun “Bolalar xonalari” nomli maktabgacha tarbiya muassasalari ham tuzilgan.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan dastur, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi, 2017—2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlari, moliyalashtirish hajmi va manbalari, 2017—2021-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilishning asosiy parametrlari tasdiqlandi.
Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish;
2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash.
Quyidagilar Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek o‘yin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini o‘rash maqsadlari uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi);
maktabgacha ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining mablag‘lari;
maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash uchun – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;
xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


Foydalanish uchun adabiyotlar: 
1.

O‘zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi , -


T.:O‘zbekiston. 2012 .
2.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.


, -T.:O‘zbekiston. 1997.
3.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, -T.:O‘zbekiston. 1997.


4.

Maktabgach ta’lim konsepsiyasi.-T.:2008


5.Xasanboyeva O.U. va boshq Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
T.: Ilm ziyo. 2012

6.Sodiqova Sh.A

Maktabgacha pedagogika T.: Tafakkur bo`stoni
2013

7.N.Kayumova Maktabgacha pedagogika T.: TDPU 2013


http://fayllar.org
Yüklə 22,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin