Mavzu: Jahon mamlakatlari qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti



Yüklə 13,44 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü13,44 Kb.
#204272
  1   2
Slayd1

MAVZU: Jahon mamlakatlari qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti.

431-22 guruh talabasi

Umurkulov D

1. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. 2. Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokining umumiy xususiyatlari. 3. Ayrim rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ularning eksport va import tovar tuzilmasi.

REJA:


Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar 40 tadan ozroqni tashkil etgan. Ular G’arbiy yevropada, SHimoliy Amerikada, Osiyoda, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan, 29 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zodir. 7 davlat AQSH, YAponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada va Italiya “katta yettilik” deb yuritiladi. Aynan shu mamlakatlar umumjahon xo’jaligining asosiy rivojlanish yo’nalishlarini va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydilar. Ayrim bir mamlakat va guruhlarning rivojlanish darajasi ko’rsatkichlarini YAIM kishi boshiga taqsimotidagi darajasi belgilaydi. YAponiya modelining xarakterli tomoni ham eng ilg’or g’oyalarni amalga oshirish orqali ishlab chiqarishni, mehnatni milliy an’analar asosida qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgandir. SHuning uchun ham YAponiya iqtisodiy rivojlanish modelini ierarxiya korporativizimi deb ataladi va shved modelini to’ldiradi.
YAponiya modelining xarakterli tomoni ham eng ilg’or g’oyalarni amalga oshirish orqali ishlab chiqarishni, mehnatni milliy an’analar asosida qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgandir. SHuning uchun ham YAponiya iqtisodiy rivojlanish modelini ierarxiya korporativizimi deb ataladi va shved modelini to’ldiradi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari keyingi 100 yillarda o’zining imkoniyatlarini boshqa tizimlarga nisbatan mutlaq ustun ekanligini namoyon etdi. Uning moslashuvchanligi va ishlab chiqarish kuchlarining salohiyatini o’zgartishga qodirligi, shuningdek ITT yutuqlaridan keng foydalana olishligi, iste’molchilarning talablari o’zgarishini tezda anglab olishi, hamda uning talablarini qondira olishga qobiliyatli ekanligi bilan xarakterlanmoqda. Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar. Bozor iqtisodiyoti amalda bo’lgan rivojlangan mamlakatlar tovar ishlab chiqarishni o’zgartirish zarurati bo’lganda uning unumdorligini oshirishga, talabga qarab munosib o’zgartishga tayyor turadilar. Bu mamlakatlar moddiy ishlab chiqarishini qonuniyatlari tsiklik xarakterga, ya’ni ishlab chiqarishni davrli o’zgarishlariga, ish bilan ta’minlanganlik bahodagi o’zgarishlarga egadir. XX asrni so’nggi choragining o’zida rivojlangan mamlakatlarda uch marta davrli iqtisodiy rivojlanishning pasayishlari: 1974-1977, 1980-1982 va 1990-1993 yillarda yuz berdi. SHuningdek asr oxirida 1997 yilda janubiy — sharqiy Osiyoda boshlangan moliyaviy inqirozlar yangi asrga o’tdi va AQSH, YAponiya kabi yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va ko’rsatmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar bunday inqirozlardan o’zlari uchun munosib xulosalar chiqaradilar va yangi iqtisodiy barkamollikka erishishni o’z yangi yo’llarini yaratib boradilar. 2007 yilda AQSHda boshlangan moliyaviy inqiroz jaxonda yangi davrni Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrini boshlab berdi. Hali-hanuz davom etayotgan JMII hamma mamlakatlarga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi.
Germaniya qishloq xo’jaligi dasturi Germaniya fermerlar uyushmasi tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan LOGO o’quv amaliyoti dasturi ko’plab Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari qatorida O’zbekiston talabalari ham qishloq xo’jaligi sohasida o’z bilimlarini oshirishlariga xizmat qilmoqda.Mana 15 yildirki, bu dastur mutaxassislari O’zbekiston Oliy O’quv yurtlari ,jumladan,Andijon qishloq xo’jalik instituti, Buxoro Davlat Universiteti, Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti Nukus filiali,Samarqand Qishloq xo’jalik Instituti,Toshkent Irrigatsiya Instituti, Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Urganch Davlat Universitetlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqdalar.Institutlardan har yili qat’iy belgilangan imtihon orqali saralangan iqtidorli talaba yoshlar Germaniya dehqonchilik xo’jaliklari va agrar sektor firmalarida o’quv amaliyotini o’tash imkoniyatiga ega bo’lishadi LOGO dasturining bosh maqsadlari g’arbiy Osiyo va sharqiy Yevropa davlatlaridan Armaniston,Ozarbayjon,Gruziya,Rossiya Federatsiyasi, Ukraina,Moldaviya va Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog’iston,Qirg’iziston,Tojikiston va O’zbekistonlik mutaxassislar va yosh kadrlar almashinuvi orqali qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish va amaldagi bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yaxshilashdan iborat. Amaliyot muddati 3 oydan 1 yilgacha davom etishi mumkin.Talabalar uchun bu davr mobaynida Germaniyada joriy etilgan fermerlik tizimi,qishloq xo’jaligining menedjerlik tamoyillari, biznes tashkil qilish va uni muvaffaqqiyatli yuritish bo’yicha bilim beruvchi seminarlar tashkil etiladi. Malakaviy amaliyotlardan tashqari , dastur mutasaddilari muntazam ravishda hamkor davlatlarda o’quv seminarlari va trening mashg’ulotlari tashkil qilishmoqda. Umid qilamizki, bu dastur ishtirokchilarining amaliyotlari davomida egallagan bilimlari O’zbekiston qishloq xo’jaligi sohasi rivojiga o’z hissasini qo’shadi va ijobiy natijalar keltiradi.
Rivojlangan mamlakatlarning XIMdagi ishtirokining umumiy xususiyatlari
90-yillarning boshlaridagi iqtisodiy inqirozlardan so’ng, 1994 yildan iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichi boshlandi. Bu jarayon AQSHda 1992 yildan boshlandi, 2001 yilning mart oydan esa fond birjalarida yirik kompaniyalarning aktsiyalarining narxi vaqtli tushib bordi. Buning asosiy sabablari AQSH iqtisodiyoti rivojlanishini turg’unlik holati bo’ldi. Bu holat 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin yana takrorlandi.
YAponiya iqtisodiyoti 1997 yildan moliyaviy inqiroz iskanjasiga tushib qoldi. 1998 yildan yangi pasayish davri boshlandi. 2000 yilda rivojlanish va vaqtli pasayishlar yuz bermoqda. 2007 yilning 2-yarmida yana iqtisodiy o’sishning pasayishi yuz berdi.
19 ta SRMda eng kam ish haqini qayta ko’rib chiqish bo’yicha umummilliy tartibga solish qonuni ishlab chiqilgan va amal qilmoqda, ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi takomillashtirilmoqda.
19 ta SRMda eng kam ish haqini qayta ko’rib chiqish bo’yicha umummilliy tartibga solish qonuni ishlab chiqilgan va amal qilmoqda, ishchi kuchini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi takomillashtirilmoqda.
Hozirda ko’plab SRM eng kam maosh stavkasini bekor qilish g’oyasi ilgari surilmoqda. Buning sababi ko’plab ishchilarni, ayniqsa yoshlarni mutaxassisligining pastligi bo’lmoqda. SHu bilan birga kam ish xaqi oluvchi ishchilarni ijtimoiy ximoya qilish ulardan olingan soliqlarni kamaytirish taklif etilmoqda. Umuman ishsizlikni tugatish masalasini umummilliy va ayrim kompaniyalar darajasida ishchilarni mustahkamligini oshirish yanada takomillashtirib borish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda
ITALYA IQTISODIYOTI
Xalqaro Valyuta Fondining ma'lumotlariga ko'ra 2006 yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu ko'rsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-o'rinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xo'jaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining ma'lumotiga ko'ra Italiya 2004 yilda sanoat mahsulotlari eksporti bo'yicha 6-o'rinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan bo'lsa, janubiy qismlarda qishloq xo'jaligi rivojlangan.
Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.
Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. So'nggi o'n yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya ko'rsatkichiga ega bo'ldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.
Rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’proq tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali ochiq iqtisodiyotga o’tish bilan bog’liqdir. Barcha rivojlangan davlatlar boshqa davlatlar bilan keng iqtisodiy aloqalar olib boradi, birinchi navbatda bir-birlari bilan. Jahon eksportida iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlari ulushi 72-73 foizni, 1998 yili 72,4 % tashkil etadi. 90-yillarda yillik tovar va xizmatlar eksporti notekis rivojlanib bordi. 1998 yilning o’zida IHTTga a’zo davlatlar tovar va xizmatlar eksporti 4016 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarning eksportining tuzilishida fan yutuqlari asosida yaratilgan eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan maxsulotlar katta ahamiyatga egadir. SHuningdek, sanoat maxsulotlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lganlari elektronika va axborot texnologiyalar, axborotni avtomatik qayta ishlovchi, elektroaloqa asbob-uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar, elektron mikrosxemalar va boshqalar alohida ahamiyatga egadir. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning eksportining tuzilishida fan yutuqlari asosida yaratilgan eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan maxsulotlar katta ahamiyatga egadir. SHuningdek, sanoat maxsulotlari ichida katta ahamiyatga ega bo’lganlari elektronika va axborot texnologiyalar, axborotni avtomatik qayta ishlovchi, elektroaloqa asbob-uskunalari, yarim o’tkazgichli asboblar, elektron mikrosxemalar va boshqalar alohida ahamiyatga egadir.

Yüklə 13,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin