Mavzu: Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonlarning etnik hususiyatlari. Reja



Yüklə 101 Kb.
tarix27.01.2023
ölçüsü101 Kb.
#81184
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonlarning etnik hususiyatlari.


Mavzu: Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonlarning etnik hususiyatlari.
Reja:

  • Rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi

  • O’quv dasturlarini qayta ko’rib chiqish

  • Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.


Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.
Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogic vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat – e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi.
XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan.
Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir.
Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda. Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi.
Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud.
Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ansha kam. Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (Berlinda 6 yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga baho qo‘yilmaydi. Boshlang‘ish maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish bosqishidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi bunda bolalarning ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta`limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Germaniya hunar ta`limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar ta`limining ―Dual tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi.
Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Oliy ta`lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesvegga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo‘ladi. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi boshqaradi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z ustavlarini qabul qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylanadigan Prezident boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun imtihon topshiriladi. Ta`lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini keng oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar o‘qishidan manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan.
YAponiya ta`lim tizimi va uning tarkibi. 2. Boshlang`ich, o`rta ta`lim jarayonini tashkil qilish mazmuni. 3. O`rta maxsus va hunar-texnika ta`limi. Tayanch iboralar: O`rta maxsus va hunar-texnika ta`limining mazmunini, YApon ta`limining mumtoz shakllanishi 1867 — 1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, YAponiyada 1872 yilda «Ta`lim haqida Qonun» Nazorat savollari: 1. YAponiya ta`lim tizimi va uning tarkibini izohlang. 2. Boshlang`ich, o`rta ta`lim jarayonini tashkil qilish qanday amalga oshiriladi? 3. O`rta maxsus va hunar-texnika ta`limining mazmunini yoritib bering. Adabiyotlar: 3. J.G`. Yo`ldoshev ―Xorijda ta`lim‖ T., 1995y. 2. B.F. Vulfson ―Sravnitelnaya pedagogika‖ M., 2003 y. 3. N.X. Takanaev «CHet ellar pedagogikasi tarixi‖-T, 1959 y. 4. M.A. Sokolova va boshqalar «Qiyosiy pedagogika‖-T, 1983 y. 5. ―The word book enceclopedia‖, 1994 y. 1-jild. Iqtisodiy qudrati jihatidan YAponiya jahonda Amerika Qo`shma SHtatlaridan keyin ikkinchi o`rinda turadi.
Jahonning ko`zga ko`ringan ruxshunoslari va iqtisodchilari YAponiya rivojlanishidagi bu ulkan parvozni mamlakatda ta`lim tizimlari taraqqiyotiga berilgan yuqori darajadagi e`tibor samarasi, deya qayd etadilar. Bu bejiz emas. Kun chiqish mamlakati deb - 89 - yuritiladigan bu o`lkada ta`lim tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borilishiga hukumat, xususiy kompaniyalar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar qanchalik omilkorlik bilan yondashayotganliklarini hisobga olsak, jahon ilmiy tadqiqotchilarining yuqoridagi xulosalari asosli ekanligining guvohi bo`lamiz. Tabiiyki, YAponiya ta`lim tizimlarining yuksak parvozi o`z-o`zidan bo`lgani yo`q. Uning ham o`ziga xos inqirozi va muammolari bo`lgan. Bularni to`liqroq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga nazar tashlash maqsadga muvofiq. YApon ta`limining mumtoz shakllanishi 1867 — 1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan islohotlarga borib taqaladi. Bu hukmdorning o`z oldiga qo`ygan ikki qat`iy shiori bo`lib, biri «Fukoku- kioxsi‖ — boyish, mamlakatni mustahkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa «Siokusan kogio‖ — ilg`or G`arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi bu ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta`lim tizimlarini tubdan o`zgartirish va yangilashda deb hisoblardi. Davlat boshlig`ining bu xulosalari
YAponiyada 1872 yilda «Ta`lim haqida Qonun» qabul qilinishiga olib keldi. Qonunga muvofiq tez orada eski uslubdagi ta`lim tizimi o`rnida mamlakat rivojlanishini ta`minlashga samarali xizmat qiluvchi yangi yo`nalishdagi 53750 ta boshlang`ich 256 ta o`rta maktab, 8 ta dorilfunun tashkil etildi. Bu o`quv yurtlaridagi ta`lim shakllari ma`rifatli G`arb ta`lim uslublari bilan uyg`unlashtirildi, 1890 yilga kelib ilgarigi 3.4 yillik boshlang`ich maktablar muntazam 4 yillikka aylantirildi va u bepul amalga oshirila boshlandi. 1908 yildan boshlab YAponiyada boshlang`ich ta`lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. O`quvtarbiya ishlari bepul amalga oshiriladigan bo`ldi. 1893 yildan e`tiboran YAponiyada kasb yo`nalishidagi dastlabki kollejlar paydo bo`la boshladi. Birinchi dorilfunun 1886 yilda Tokioda tashkil etildi. Lekin bu dorilfununga oliy tabaqali aslzodalarning bolalari qabul qilinardi. Asr boshida mamlakatda ayollar uchun ham dorilfununlar tashkil etildi. Lekin bu bilim maskanlarida xotin-kizlar uchun faqat xo`jalik yuritish, oila iqtisodiyotidangina ta`lim berilardi. 1897 yilda Kiatoda ikkinchi dorilfunun ochildi.
Ikkinchi jahon urushida YAponiya mag`lubiyatga uchragandan keyin mamlakat maorifi tizimlariga Amerika Qo`shma SHtatlari ta`lim tamoyillari kirib kela boshladi. 1946 yilda qabul qilingan Konstitusiya YAponiya fuqarolarining ta`lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda «Layoqatiga ko`ra barcha fuqarolar bilim olish huquqiga ega. Barcha bolalar bepul umumiy ta`lim olishlari shart» ekanligi belgilab qo`yilgan. 1947 yilda qabul qilingan «Ta`lim haqida Qonun» YAponiya Konstitusiyasi ruhiga uyg`un bo`lib, mamlakatda ta`limning maqsad va vazifalarini to`la ifoda etadi. Unda, jumladan, shunday deyiladi: «Biz shaxsiy g`ururi bor, o`zining qobiliyati va imkoniyatiga ishonuvchi, haqiqat va tinchlikni sevuvchi odamlarni tarbiyalaymiz, toki ular ko`p qirrali madaniyat sohibi bo`lsinlar». SHunday qilib, YAponiyaning Ta`lim, fan va madaniyat vazirligi boshqaruvi hozirgi paytda qat`iy markazlashdi, ilg`or xalqaro standartlar darajasidagi yapon ta`lim tizimlari qaror topdi. TA`LIM TIZIMINING TARKIBI Hozirgi zamon yapon ta`lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: -bolalar bog`chalari; -boshlang`ich maktab; -kichik o`rta maktab; -yuqori o`rga maktab; -oliy ta`lim tizimlariga kiruvchi o`quv yurtlari. Bu ta`lim bosqichlarining o`ziga xos jihatlarini birma-bir ko`rib chiqamiz. Bolalar bog`chalari. Talimning bu bosqichiga 3-5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta`lim kurslariga jalb qilinadilar. YAponiyada maktabgacha ta`lim muassasalarining 59,9 foizi xususiydir. 40,8 foizi esa munisipial (tuman) kengashlari tasarrufida, qolgan 0,3 foizi davlatnikidir.
Majburiy ta`lim. Ta`limning bu pog`onasiga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb qilinib, ular shu muddat ichida 6 yillik boshlang`ich maktab va 3 yillik kichik o`rta maktab kursini o`taydilar. 9 yillik bu ta`lim majburiy bo`lib, barcha bolalar bepul o`qitiladilar va tekin darsliklardan foydalanadilar. - 90 - Muhtoj oilalarning bolalari mahalliy va milliy boshqaruv tashkilotlari tomonidan ajratilgan mablag`lar hisobiga bepul nonushta qilish, o`quv qurollari olish, tibbiy xizmatdan bepul bahramand bo`lish imtiyozlariga egadirlar. Bundan tashqari, ularga bepul sayohatlar va boshqa ko`ngilochar tadbirlar uyushtiriladi. Zarur bo`lib qolgan taqdirda muhtoj o`quvchilar uchun moddiy yordam ko`rsatiladi. Bu bosqichdagi maktablarga qabul uchun maxsus qonun yoki cheklashlar yo`q. Faqat jismonan, ruhan nosog`lom bolalar unga qabul qilinmaydilar.
Ota-onalar o`z bolalarini xususiy maktablarga berish huquqiga ham egadirlar. Lekin xususiy maktablarning o`ziga xos shart-sharoitlari va talablari mavjud. Yuqori bosqich o`rta maktabi. YAponiyada bunday bosqich maktablarining kunduzgi, kechki va sirtqi bo`limlari mavjud. Kunduzgi yuqori bosqich maktablarida o`qish muddati 3 yil. O`quvchilarning 95 foizi kunduzgi maktablarda ta`lim oladilar. By turdagi maktablarda o`qish ixtiyoriydir. Unda quyi o`rta maktablarni bitirgan, yuqori bosqich o`rta maktablariga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan o`quvchi yoshlar qabul qilinadilar. Unda umumiy ta`lim (akademik) fanlari, texnik bilimlar, tijorat, mahalliy sanoat, sqshloq xo`jaligi, chorvachilik, baliqchilik, kemasozlik va boshqa sohalarga oid bilimlar o`rgatiladi. Bunday turdagi o`rta maktablarda umumiy va xususiy tarmoqlarni qo`shib hisoblaganda 98 foiz yosh bilim oladi. Dorilfununlar, kichik kollejlar, texnik kollejlar, maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlar YAponiyada oliy ta`lim tizimini tashkil etadi. Bu mamlakatda boshlang`ich, o`rta va oliy o`quv yurtlaridan tashqari, bir-biridan farq qiluvchi «Ixtisos maktablari» va «turli» maktablar mavjud. Ularning ko`pchiligi xususiy bo`lib, turli firma, konsern va sindikatlar uchun qisqa vaqtli kurslarda bichuvchi, tikuvchi, to`quvchi, oshpaz, hisobchi, mashinkada yozuvchi, avtotexnik, elektron hisoblash mashinkalari uchun dastur tuzuvchi va boshqa zaruriy kasblar o`rgatiladi. Maktablarning ayrimlari chet tillarini o`rgatish bo`yicha ixtisoslashtirilgan. 1976 yildan-e`tiboran vazirlikning aniq talablarini bajarayotgan «turli maktablar» ixtisoslashtirilgan maktablarga aylantirildi.
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta axamiyatga ega.
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, uchrashuvlar o’tkazildi.
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug’ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy instiutida bir qator kafedralar ish bilan shug’ullanmoqdalar.
CHet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchilik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Frantsiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. SH.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar.
Darxaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan xaqiqatdir. SHu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyosatchilarning xam xamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. SHuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab isloxotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni xarakatlantiruvchi kuch» deb xisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalkaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda xalkaro ta’lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
80 — yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga xam sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab doirasidan chikib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmokda.
Yaponiya maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir kator farklar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’kuv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir kator yangi maxsus va fakulьtativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musika ta’limi o’quv dasturiga milliy va jaxon mumtoz musikasini o’rganish xam kiritilgan.
SHuni ta’kidlash lozimki, iktisodiy rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkybiga fizika, ximiya, biologiya, bazi xollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSH va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’kitiladi. O’kuv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada 70-80-yillarda to’liksiz o’rta maktablar o’kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.
o’ezirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’kuv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirildi-Frantsiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o’quv soatlari ajratildi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan isloxotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chikardi.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabakalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. ukuvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, Frantsuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’kuvchilarini uch tabakaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar. Bular kuyidagilar :
1.Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan o’kuvchilar.
2.Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil o’kuvchilar.
3.Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va xokazo.
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muxim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmokda.
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSH va G’arbiy Yevropada o’zlashtirmovchi xamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib borayotganligi, funktsional savodsizlik avj olayotganligidir.
80 — yillarda AQSH o’quvchilarinig 50 — yillarga nisbatan reyting ko’rsatkichi 973 dan 893 ga tushdi. Frantsiyada xar uch litseychidan biri bu salbiy xolatni bartaraf etish to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi.
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. AQSH da bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig imkoniyatlari xam safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etildi.
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet mamlakatlarining ko’pchiligida tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda.
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmoqda. Ular o’kuvni juda erta boshlab ta’lim kurslarini o’zlashtirishda katta shov — shuvlarga sabab bo’ladigan darajada muvaffaqiyatlarga erishadilar.
SHunday iktidorlar maktabi G’arbda 60-yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday maktablarning o’kuv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan.
Iqtidorli bolalarga qarama - qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning taqdiri xam chet ellik xamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday xolni kelib chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko’rsatayotir.
70- yillarda AQSH da kelajak maktabi umummilliy loyixasini amalga oshirishga kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug’i bilan ish tutish, ko’proq o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda ishlash, mustaqil mashg’ulot, o’qituvchi konsulьtatsiyasini o’z ichiga oladi.
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini kiskartirish sari yo’l tutilgan. Bunday o’quvchilarning xar biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan konsulьtatsiya oladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari :
-maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarinikuchaytirish.
-o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish.
-tarbiyaning yangi formalarida - o’quvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish.
-Maktab o’kuv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini mustaxkamlash, takomillashtirish.
-Maktabni mexnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yo’naltirish ishlarini qayta tashkil etish.
-Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga ko’yish, maxsus o’kuv muassasalarini (xam talantlar, xam aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish.
-Yangi, ya’ni o’kuv texnik vositalarini ta’limdagi salmogni oshirish, o’kituvchilar korpusida kompьyuter ta’limini yo’lga ko’yish.
-Pedagogik goyalarni amalga oshirishda keng kamrovli eksperiment — tadkikotlarni amalga oshirishdan iboratdir.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Hoshimov K.,Nishonova S. Pedagogika tarixi T., 2005 yil

  2. Omonov X.T, Xo‗jaev N.X, Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.,2009 yil

  3. www.ziyonet.uz

  4. www.tdpu.uz

  5. www.pedagog.uz

Yüklə 101 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin