Mavzu: Katta guruhlar va ommaviy ijtimoiy jarayonlar psixologiyasi Reja



Yüklə 24,57 Kb.
səhifə1/5
tarix12.09.2023
ölçüsü24,57 Kb.
#142692
  1   2   3   4   5
Документ Microsoft Word


Mavzu: Katta guruhlar va ommaviy ijtimoiy jarayonlar psixologiyasi
Reja:
1.Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat-ommaviy ijtimoiy jarayonlarning muhim omili sifatida.
2.Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat va stixiyali ta’sirlarga ongli ta’sirni munosabati.
3.Sotsial psixologiyada “ijtimoiy ongsizlik” muammosi.
4.Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyatni hozirgi sharoitda o‘rganishni ahamiyati.

Sotsial psixologiya da katta guruh lar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya’ni etnopsixologiya bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir respublikalar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, hamdo‘stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o‘rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo‘yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko‘proq e’tibor berishni lozim topdik, bunday e’tiborning yana bir boisi – O‘zbekistonda bu sohada nisbatan tadqiqotlarning ko‘proq o‘tkazilganligi, lekin ular ko‘p hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidandir.


Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o‘rganish mumkin? Bu hozirda, ya’ni mustaqil O‘zbekiston sharoitida, ko‘pgina tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan masaladir. Chunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo‘lgan hozirgi va o‘tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi qaysi tomonga o‘zgarishini, millatlararo sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashorat qilmog‘i lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak. O‘zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar. Chunki sobiq Ittifoq sharoitining o‘zi ana shunday kuchli nazariyaning bo‘lishi uchun anchagina to‘g‘anoq bo‘lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek, tor guruhlar doirasidan, avvalo, oilalar doirasidan chiqmagan edi.

Yüklə 24,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin