Mavzu: Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlararo uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash muammo va yechimlari



Yüklə 27,04 Kb.
səhifə1/3
tarix30.04.2023
ölçüsü27,04 Kb.
#105200
  1   2   3
Mavzu Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlara


Mavzu: Kimyo fanidan zamonaviy darslarni tashkil etishda fanlararo uzviylik va uzliksizlikni ta’minlash muammo va yechimlari.
Kimyo fani tabiiy fanlar tizimiga kirib matematika, fizika, biologiya, geografiya, iqtisod fanlari bilan uzviy bog’liq. Har bir fanni o’qitish rejalashtirilganda o’ziga xos oddiydan murakkabligiga tomon tadrijiy rivojlanish tartibida berilgan, ammo ayrim hollarda fanlararo bog’liqlik etarlicha hisobga olinmagan.
M A T E M A T I K A
1-MUAMMO: boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qitishda bir noma’lum tenglamalar va 8-sinfda sistema asosida yechiladigan ikki noma’lum tenglamalar hamda 5-6-sinflarda proporsiya tenglamalar tuzish va unga oid masala va misollarning yetarli darajada o’zlashtirilmasligi kimyo fanidan masalalar yechishda qiyinchilik tug’diradi.
YECHIMI: matematika o’qitishda 7-sinfda proporsiya, bir noma’lum tenglamalar haqidagi tushunchalarni kimyodan masalalar yechishga moslab takrorlash maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Matematika fanini o’qitishda 8-sinfda ikki noma’lum tenglamalar yechishni o’rgatishda bir yoqlamalikka barham berib, kimyo o’qituvchisi bilan hamkorlikda masalalar yechishni takrorlash;
F I Z I K A
2-MUAMMO: Kimyo fanida 8-sinfda “Atom yadrosi tarkibi” 7-mavzu, “Izotop, izobarlar” 8-mavzu, “Yadro reaksiyalari” 15-mavzuda berilgan.
Fizika fanida esa 9-sinfning III-choragida bu mavzular haqida tushunchalar yoritib berilgan.
“Eritmalarda elektr toki”, “Elektroliz va uning ahamiyati, Faradey qonunlari” 9-sinfda kimyo fanida, Fizika fanida esa 8-sinf II-chorakda berilgan. O’quvchi elektrofarez, elektrodlarni bilmaydi.
YECHIMI: Kimyoda “Atom yadrosi tarkibi” 7-mavzu, “Izotop, izobarlar” 8-mavzu, “Yadro reaksiyalari” 15-mavzuda, Fizika fanida esa 9-sinfning III-choragidagi bu mavzular bir sinfda o’zlashtirilib, hamda bir biriga yaqin choraklarda o’rgatilsa; Kimyo fanida Izotonlar haqida ham izoh berish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
“Eritmalarda elektr toki”, “Elektroliz va uning ahamiyati, Faradey qonunlari” 9-sinfda kimyo fanida, Fizika fanida esa 8-sinf II-chorakda berilgan mavzular ham xuddi shunday yaqinlashtirish; Faradey qonunlari katta mavzu u fizikada kengroq yoritilgan, ammo jarayoniga e’tibor qaratilmagan. Kimyoda Faradey qonuning faqat qoidasigagina e’tibor berib ketilgan, ko’proq elektroliz jarayoni yoritilgan. Bu mavzuga kimyoda 1 soat berilgan va o’qituvchiga mavzuni yoritish qiyinchilik tug’diradi. Shu nomunosiblikni to’ldirish uchun bu mavzularga 2 soat ajratilsa,
1-soat Elektroliz va uning ahamiyatiga,
2-soat Faradey qonunlariga, Masalalar yechish qo’ysak;
shu tarizda fizika va kimyo o’qituvchilari bir-birimizni to’ldirib borar edik. O’quvchida mavzuni o’zlashtirish yaxshi amalga oshar edi.

Yüklə 27,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin