Mavzu: KОMПАС 3D dasturida chizmalar bilan ishlash
Ma`ruza rejasi:
1.
Kompas_3D_V12 da chizmalarni
boshqarish;
2.
Kompas_3D_V12 tizimida chizmalar chizish usullari;
3.
Chizma parametrlarini rostlash;
4. Ekranda
Kompas_3D_V12 dasturi yordamida soda chizmalar yaratish.
5.
Kompas_3D_V12 da chizmalarni boshqarish.
Tayanch iboralar: Kompas_3D_V12,
yangi chizma yaratish, chizmani xotiraga yuklash,
Standart uskunalar paneli, muloqat oynasi, fayl, Shablon,
"Отрезок" buyrugi,
Чертеж.cdw
11.1. Kompas_3D_V12 da chizmalarni boshqarish.
Yangi chizmalar yaratishdan oldin mavjud
chizmalarni xotiraga yuklash, ushbu chizmani
boshqa
nom bilan saqlash va Kompas_3D_V12 da ishni yakunlash bilan tanishamiz.
Mavjud chizmani ochish uchun quyidagi usullardan biri qo’llanadi:
Standart
uskunalar panelidagi
(
Open-Открыть)
tugmani bosish yordamida;
File menyu bo’limining
Open (File-Open) komandasi yordamida;
Buyruqlar oynasiga
Open komandasini kiritish orqali;
Ctrl va
O klavishlarni bir vaqtda (
Ctrl+O) bosish orqali.
Natijada
Select File (Выбор файла) muloqat oynasi ochiladi (1-rasm).
1-rasm.
Ochilgan muloqat oynasidan
tegishli fayl tanlanadi, uni xotiraga yuklamasdan oldin
chizmaning ko’rinishini oynaning (Просмотр) qismida ko’zdan
kechirish mumkin, buning
uchun tanlangan fayl ustida kursor tugmasini bosish etarli.
Tanlangan faylni xotiraga yuklash uchun fayl nomi ustida kusorni ikki marta bosiladi yoki
faylni ajratib keyin
Open tugmasi bosiladi, natijada tanlangan chizma ekranda namayon bo’ladi.
Chizmani saqlashning bir nechta usullari mavjud:
- Standart uskunalar panelidagi
(
Save-Сохранить) tugmani bosish yordamida;