MAVZU-9. KOMPRESSOR QURILMALARI. R eja: 1. Umumiy ma’lumotlar.
2. Kompressor stansiyasi jixozlari va kompressor qurilmasi.
3. Separatorlar.
4. Gaz yig‘gichlar.
5. Quvurli uzatmalar.
6. Sho‘rtan siquv kompressor stansiyasining ishlab chiqarishdagi axamiyati.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1,3,4.
Tayanch iboralar: kompressor qurilmasi, bosim, xarorat, quvvat o‘lchamlari, elementlari, tozalagichlar, gaz va moyni sovutish, separatorlar, resiverslar, quvur uzatmalar, Sho‘rtan siquv kompressor stansiyasi.
9.1 Umumiy ma’lumotlar. Kompressor qurilmasi – siqilgan gazni berilgan parametrdagi qiymatlariga ko‘tarish tizimi bo‘lib, u kompressor uzatma, gaz va xavoni sovutgichlar, nam ajratgichlar, resivers, quvurli uzatmalar, berkitish va oldindan ximoyalovchi armaturalar, nazorat-ulchov apparaturalaridan tashkil topgan.
54-rasm. Kompressor qurilmasini sxemasi.
1-surish kollektori; 2-napor kollektori; 3-suzgich; 4-II pag‘onali separator; 5-I pag‘onali separator; 6-I pag‘onali sovutgich; 7-ikki pag‘onali kompressor; 8-maxovik; 9-chiqaruvchi podshipnik; 10-ishga kushuvchi tugma; 11-salnik zichlama; 12-birlashtiruvchi mufta; 13-elektrodvigatel; 14-ishga tushiruvchi qurilma:
tsur, tb.u, t1 – surish, bosimli uzatish va I-pag‘onadan keyingi xarorat; Rsur/P, Rb.u/P, va R1/P –surish, bosimli uzatish va pag‘onadan keyingi tizimlardagi bosimni ko‘rsatuvchi manometrlar.
Jixozlarning ishchi tasniflari (bosim, xarorat, quvvat va o‘lchamlari), tipi va bajarilishi, hamda o‘zaro joylashuvi kompressor qurilmasining quvvatiga uzatiladigan gazning xossalari va boshqalarga ko‘rsatgichlariga bog‘liqdir.
54-rasmda karbon suvli gazlarni sikuvchi kompressor qurilmasining texnologik sxemasi tasvirlangan bo‘lib, qaysiki unda portlashi xavfli elektrodvigatel (13)-aloxida tashkariga chiqarilgan. Uzatma uzun val va chiqarilgan oraliq podshipniki (9) orqali amalga oshiriladi. Valni devor orqali kirish joyiga (11) salnikli zichlanma o‘rnatilgan. Ishga tushirishdan oldin aylantirish momentini va valda dinamik barkororlikni xosil kilish uchun 8-chi maxovik o‘rnatilgan. Ishga tushiruvchi qurilma (14) xam aloxida xonaga joylashtirilgan. Mashina xonasida kompressorni avariya xolatida kushish uchun (10) tugma o‘rnatilgan.
Kompressordagi rejimni nazorat kilish uchun surish va bosimli uzatish tizimlarida, hamda xar bir pag‘onadan keyin manometrlar va termometrlar o‘rnatilgan.
Kompressorning uzatish sarfini nazorat kilish uchun surish tizimidagi sarf o‘lchagich qurilmasi, sovutish ishini nazorat kilish uchun – termometr o‘rnatilgan.
Kompressor qurilmasida harakatlanuvchi mexanizmlarni majburiy moylanishi uchun moylash tizimlari, qaysiki nasos, quvurli uzatmalar, suzgichlar, sovituvchi moylar, manometr va termometr, moylash rejimini nazorat kiluvchi jixozlar o‘rnatilgan.
55-rasm. Kompressor stansiyasining sxemasi.
1 va 5 – shamollatgichlar; 2 va 9 – kollektorlar;3-kollektor; 4-nasos; 6-ishlangan moylar uchun sigim idishi; 7-sigim; 8-10-11-12 – kollektor; 13-bosim kollektori; 14-surish kollektori; 15-nasos; 16-zoxira nasos; 17-nasos; 18-issiq suv; 19-yigish rezervuari; 20-sugorish sovutgichi.
Suv bilan sovo‘tuvchi kompressorlarda suvni keltiruvchi va chiqarib yuboruvchi quvurli uzatmalar, silindr, sovo‘tuvchi va tukuvchi karnaylarga keltirilgan suvlarni taksimlovchi berkitish qurilmalari. Sovo‘tuvchi suvlarni nazorat kiluvchi qurilmalar ajralmas qismlari hisoblanadi. Odatda tukuvchi quvurli uzatmalar soni manbadagi sovo‘tuvchi quvurlar soniga teng.
Kompressor qurilmalari barqaror yoki qochma bo‘lishi mumkin. Barqaror kompressor qurilmalari aloxida texnologik jarayon yoki mashina bulimi yoki butun markazlashtirilgan ishlab chiqarish sexlari tarkibidan iboratdir. Gaz ajratish tizimi uchun bosim bilan uzatuvchi bulim, sovutish bulimi, avtomatik ishlarni va nazorat-ulchov asboblarini siqilgan xavo bilan ta’minlovchi sex.
Yerdagi, kurilish va mantaj ishlari bilan mashgul bo‘lgan qurilmalarni qochma stansiya siqilgan xavo bilan ta’minlaydi. Qochma stansiya ichki yonuv dvigatelidan oladigan uzatmasi bilan avtonom, hamda vaqtinchalik elektr uzatma orqali elektrodvigateldan iste’mol qilib turish mumkin.
Qochma kompressor stansiyasiga PKS-18/8, PKS-5 lar kiradi. (P-peredvijnoy-qochma, K-kompressor, S-stansiya). Bunday qurilmalar sarf unumdorligini 0.3-0.33 m3/sek va ishchi bosimni 0.7 MN/m2-gacha oshirishi mumkin.
Agarda bitta yo‘nalish va ikki maksad uchun qo‘llanilsa, kompressor stansiyalari birlashtiriladi. Bir qancha stansiyalarda moylash tizimi, surish va bosimli uzatish tizimlari bitta markazlashtirilgan kollektorlarga birlashtirilgan.
55-rasmda avtonom tserkulyatsiya suv ta’minotli kompressor stansiyasining sxemasi tasvirlangan. Mashina zaliga 6-ta kompressor joylashtirilgan. Unda surish ishi (14) ni surish kollektori orqali amalga oshiriladi. Naporli kollektordan (13) siqilgan gaz oxirgi sovutgich (20) ga o‘rnatiladi.
Kompressor stansiyasini sovutish tserkulyatsiya tizimi orqali bajariladi. Sovuq suv 15-nasos yordamida (19) rezervuardan olinib, kollektorga (12) uzatiladi va undan keyin kompressorga keladi. Suv teskarisiga kollektordan (11) o‘z oqimi bilan suv oladigan rezervuar (18) ga oqib tushadi, undan (17)-nasos yordamida olinadi va sugorish sovutgichiga (20) uzatadi. Eng sungida suv sepiladi va sovutiladi, undan keyin esa sovutish rezervuaridan o‘z oqimi bilan suv olinadigan rezervuar 19-ga tuplanadi. 16-chi nasos zaxirada hisoblanib, sovuq suv xam, issiq suv xam ishlaydi.
Kompressorlarni moylash xam markazlashtirilgandir. 4-chi nasos moyni 3-chi kollektorga uzatadi, undan keyin moy kompressorlar bo‘yicha taksimlanadi.
Kayta ishlangan moy 10-kollektorga tuplanadi va undan keyin ishlatilgan sigim 6-chiga tuplanadi. Nam ajratgichda suv bilan yog chuktiriladi.
Shamollatiladigan xom ashyolar 8-chi kollektor bo‘ylab 7-chi sigimga yo‘naltiriladi.
Kompressor stansiyasining umumiy ko‘rinishi 56-rasmda tasvirlangan.
56-rasm. Oraliq kompressor stansiyaning umumiy ko‘rinishi.
4.2 Kompressor stansiyasi jixozlari va kompressor qurilmasi.
Tozalagichlar - suriladigan gazlarni changlardan va boshqa mexanik aralashmalardan tozalash uchun xizmat kiladi. Bunday changlarni va aralashmalarni tushishi kompressorni tezda yemirilishga olib keladi.
Gaz kompressorlarida mexanik aralashmalar qattiq zarrachalar, to‘liq kuymagan maxsulotlar, smola zarrachalari va boshqa ko‘rinishda bo‘ladi.
Xavo kompressorlarida qattiq zarrachalar chang ko‘rinishida, sanoat joylardagi atmosfera tarkibida 4.5 mg/m3 gacha yetadi. Xavo kompressorlarida asosan vissina suzgich qo‘llanilib, u halqalar seksiyasidan tashkil topgan va vissina moyi bilan xullangan bo‘ladi.
Bundan tashkari kuro‘qsuzgichlar qo‘llanilib, gaz kuro‘qsuzgich to‘qimalari orqali utadi va qovushqoq suyuqliklar orqali yuviladi, changlar ushlanib kolinadi.
Vissinali suzgichlarni ishlash unumdorligi 1m2-ga 0.33 m3/sek ni tashkil etadi.
Gaz va moylarni sovutgich – bu quvurli sovutish modifikatsiyalari bo‘lib, sovutiladigan gaz yoki moy quvurlar orqali va quvurlar oralig‘ida fazoda xam utkaziladi. Odatda I pag‘ona sovutgichlardan keyin quvur oralig‘i fazasiga tushadi, bunday xolatda namlikni ajratish sodir bo‘ladi (suvni separatsiya bo‘lishi). Nam ajratish miqdori oshib ketsa, sovutgichdan sung maxsus nam ajratgichlar o‘rnatiladi.
Suv bilan ta’minlash tezligi quvurlar orqali suvni uzatishda 1.5-2 m/s va quvurli uzatmalardan to‘qishda 1 m/s.
Silindrlarni sovutishda sovutgich uzatiladigan suv miqdoriga bog‘liq holda, quyidagini tashkil etadi %.
Past bosimli silindr uchun – 18-25;
O’rta bosimli silindr uchun – 10-15;
Yuqori bosimli silindr uchun – 5-8.
Amaliyotda quyidagicha suv uzatish normasi tavsiya etiladi.
Bir pag‘onali kompressorlar uchun – 10-25;
Ikki pag‘onali kompressorlar uchun – 20-25.