Mavzu: Lirik tur janrlari



Yüklə 194,69 Kb.
tarix14.02.2022
ölçüsü194,69 Kb.
#52560
Lirik tur janrlari


Mavzu: Lirik tur janrlari

“Kishini mashg’ul etgan, to’lqinlatgan, shodlatgan, qayg’uga solgan, zavqlantirgan, hayajonlantirgan nima bo’lsa, qisqasi, subyektning ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo’lsa, shularning barchasini lirika o’zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (V.Belinskiy, 184-b). Demak, lirik asar shoirning sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan poetik fikr va tuyg’usining ifodasidirki, ularning ko’pi sarlavha (nom)siz bo’ladi, birinchi misra yoki radif nomi bilan nomlanadi:

Janr - bu, qoida tariqasida, ma'lum bir madaniy va tarixiy ma'lumotga ega bo'lgan barqaror, ma'lum his-tuyg'ular, syujetlar, qahramonlar ifodasi bilan bog'liq bo'lgan matn qurish modeli. Format - bu zamonaviy asar intilishi yoki intilishi mumkin bo'lmagan mezondir. Lekin ularning ikkalasi ham yozuvchining harakatlanishi va o‘quvchi tanib olishi uchun qulay bo‘lgan rasmiy va mazmunli xususiyatlar majmuidir.

A.Lirikaning kichik janrlari

Fard(arabcha so’z bo’lib, yakka, yolg’iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g’oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi

Xalq og’zaki ijodida bu shakl “maqol”, “matal”, “hikmat”, “otalar so’zi” nomlari bilan yuritilgan:

  Dunyo chamanining bulbulisen,

Gul shoxida oshiyon etib ket.

(Nodira)

 

Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi.

Yaxshi odamning mehmoni ko’p bo’ladi.

(“Otalar so’zi”)

 

Bo’lar odam yoshida bosh bo’lar,

Bo’lmas odam qirqida ham yosh bo’lar

(“Amir Temur o’gitlari”)

 

Bilagi zo’r birni yiqar,

Bilimi zo’r mingni yiqar.

(Maqol)

Musallas (arabcha so’z, ma’nosi uchlik, uchlama) mumtoz poeziyamizda kam yaratilgan. “Bu shaklning kam qo’llanilganining sababi 1-2 juft misradan keyingi 3- misraning qofiya jihatidan toq bo’lishidir (aab). Bu holat esa she’rda notamomlikka, fikriy uzilishga sabab bo’lishi mumkin” (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari) deb asoslash noo’rindir.

Ruboiy(ar. - to’rtlik) – “ikki baytli she’r”(Qabul Muhammad) bo’lib, uning yuzaga kelishiga, xalq she’riyatidagi to’rtliklar asos bo’lgan” (B.Sarimsoqov, N.Hotamov). Aruz hukmronlik qilgan davrlarda “hazaj bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridagi 24 sho’bada yaratilgan... uning yetakchi janr belgisi – undagi chuqur mazmunni hazaj bahri vaznlarida ifodalash” (R.Orzibekov) sanalgan.

Ruboiy qofiyalanishga qarab ikki xil bo’ladi. Agar u a-a-b-a tarzida qofiyalansa xosiy ruboiy, -a-a-a-a tarzida qofiyalansa taronai ruboiy deb yuritiladi.

Alisher Navoiy ruboiylari tuygʻular va fikrlarning yetukligi, tabiiyligi, favqulodda goʻzal va taʼsirchanligi, soʻz maʼnolarining kamalakdek tovlanishi bilan ajralib turadi.

Navoiy sheʼriyati bilan muloqot kitobxonlarning ichki olami, maʼnaviyatining boyishiga katta hissa qoʻshadi.

Tuyuq (ar. – tuslash, tuymoq) – lirikaning o’ynoqi, shoirning so’z san’atini yaqqol ko’rsatuvchi janrdir.

Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko’ra 1) tajnisli va 2) tajnissiz tuyuqlarga bo’linadilar. Garchi bitta vaznda yozilishi shartligi – uning imkoniyatlarini cheklasa-da, shoirning omonimlardan foydalanish mahoratini to’liq namoyon etishi bilan ardoqlidir.

Jumladan,

G’am yuki to qomatim yo qilmadi,

Ohim o’tig’a falak yoqilmadi,

Qilmadi rahmi mango, xud o’zgaga

Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi.

To’rtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to’rt misralik barcha she’riy asarlarni to’rtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir. To’rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi:

 

Xalqqa ayting, men aslo o’lganim yo’q,



Yov qo’liga taslim ham bo’lganim yo’q.

Men elimning yuragida yashayman,

Erk deganning tilagida yashayman.

(Hamid Olimjon)



G’azal (arabcha so’z, ma’nosi “Ayollarga sevgi va munosabat izhor qilish”) asosan ishq – muhabbatni kuylovchi, muhabbat kabi judayam qadimiy, doimo yangi bo’lgan lirik she’rdir. G’azal mavlono Fuzuliy ta’biricha, “Shoir qudratini bildiruvchi, hunarning guli- gulistoni”dir, Mavlono Vohid Abdulla nazdida “Qalb qonidan ochilgan lola”dir.

Marsiya(arabcha so’z, ma’nosi “Biror shaxsning vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag’ishlab yozilgan motam she’ri”) biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan og’ir yo’qotishni, g’am-alamni, hasratu iztirobni kuylovchi asardir.
Yüklə 194,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin