Iqtisodiy tahlilning predmeti bir-biri bilan u yoki bu aloqada, doimiy harakat va rivojlanishda bo‘lgan predmetlar va hodisalarning to‘plamidan iborat bo‘lgan tadqiqotchilikdir. Bu aloqalar xilma-xildir va qismni butunicha hamda aksincha munosabatlarda, tengliklar va tengsizliklarda, aniq yoki noaniq o‘zaro bo‘ysunuvchilikda, bir-birini taqozo qilishda va o‘zaro bog‘liqlikda o‘z aksini topadi.
Makroiqtisodiy tahlil turli iqtisodiy o‘zgaruvchilar orasidagi funksional o‘zaro aloqalarning parmetrlarini baholashdan iborat. Makroiqtisodiy tahlil o‘tkazilgandada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish keng qo‘llaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilning vositalari quyidagi modellardir: ekonmetrik, vaqtli qatorlar, imitatsion, umumiy muvozanat. Yuqorida aytilgan modellar milliy hisoblar tuzilmasi doirasida joriy, o‘zgarmas narxlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sishning sur’atlarida tuziladi.
MILLIY XISOBOT TIZIMI
Milliy Xisobot Tizimimakroiqtisodiy hisoblarning, aktiv va passiv balanslarning hamda jadvallarning mantiqiy ketma-ket, butun to‘plamidan iborat.
Ularning asosida xalqaro darajada kelishilgan qator tushunchalar, tasniflar va hisoblar qoidalari yotadi. Hisoblarning kompleks tizimi iqtisodiy tahlil, qaror qabul qilish va siyosat, ishlab chiqarish maqsadlari to‘g‘ri keladigan shaklda iqtisodiy ma’lumotlarni tuzish va berish imkonini beradi.
MHTNI QO‘LLASHNING ASOSIY SOHALARI
1. Makroiqtisodiy tahlil.
2. Turli davrlar uchun ma’lumotlarning solishtirma tahlili.
3. Mamlakatlararo yoki o‘zaro tahlil.
MHTDA IQTISODIYOTNING 5 TA ASOSIY SEKTORI
UY XO‘JALIKLARI
Uy xo‘jaliklari iqtisodiy resurslarning asosiy etkazib beruvchilaridir. Ular turli omil bozorlariga mehnat resurslarini, er va kapitalni taklif qilishadi, tovarlar bozorida tovarlar va xizmatlarga talabni paydo qilishadi, lekin yuridik shaxs bo‘lmagan korxonalarni tuzib, ishlab chiqaruvchilar sifatli faoliyat ko‘rsatishi mukin.
KORXONALAR VA MOLIYAVIY SEKTOR
Korxonalar er, ish kuchi va kapital kabi ishlab chiqarish omillaridan foydalanishadi.
Moliyaviy sektor-molyaviy xarakterdagi vositachilik xizmatlar bilan iqtisodiyotni ta’minlaydi.
Hukumatning iqtisodiy roli samarali me’yoriy-huquqiy bazani yaratish, ayrim ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarish, soliq tizimini nazorat qilish va davlat xarajatlarini boshqarishdan iborat.
Tashqi dunyo sektori iqtisodiyotning norezidentlar bilan barcha operatsiyalarini birlashtiradi.