Mavzu: Imitatsion modellashtirish
REJA
1. Model tushunchasi, imitatsion modellashtirish.
2. Imitatsion modellashtirishning asoslari.
3. Imitatsion modellashtirish bosqichlari.
4. Imitatsion model strukturasi.
5. Imitatsion modellarga qo‘yiladigan talablar.
Tayanch so`z va iboralar: Model, imitatsiya, imitatsion model, imitatsion modellashtirish, ekzogen va endogen o‘zgaruvchilar, izomorfizm, gomomorfizm.
1. Model tushunchasi, imitatsion modellashtirish
Masalalarni echishda eng muhim tushuncha – bu model tushunchasidir. Model - ob’ekt, sistema yoki tushuncha (g‘oya) ning uning mavjudlik ko‘rinishdan farqli bo‘lgan biror bir holatdagi ifodasidir. Model bizga sistemaning o‘rganish, tushunish, izohlash, mukammalshtirish sohasida yordam berishi mumkin bo‘lgan vosita hisoblanadi. Model biror ob’ektni to‘la va aniq yoki biror bir xususiyatlarini
ifodalashi mumkin.
Eslatma: Ob’ektning absolyut aniq modeli uning o‘zidir. Qolgan barcha
modellar taqribiy model hisoblanadi.
Imitatsiya – modellashtirish ko‘rinishlaridan biridir
Model – bu mantiqiy yo‘l bilan u yoki bu xarakat natijasini bashorat qilish
yoki qiyoslashga imkon beruvchi vosita bo‘lib, oqibatda qilinishi mumkin bo‘lgan
xarakatlardan eng yaxshisini tanlab ko‘rsata oladi. Imitatsiya – modellashtirishning ana shunday ko‘rinishlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |