Fargʻona davlat universiteti
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi
2-kurs 22.37-guruh talabasi
Mahfiratxon Xaydaraliyevaning Maktabgacha taʼlimda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan Mustaqil taʼlim ishi
Mavzu: Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish faoliyatini loyihalashtirish Tabiat – bitmas-tuganmas xazinadir. O’simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning
to’g’ri o’sib shakllanishida, tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o’rganib
voyaga yetishida katta manba bo’lib xizmat qiladi. Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz
va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, oy, yulduzlar, suv, havo, toshlar,
tuproq, jonli tabiatga esa o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz
tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o’smaydi, ko’paymaydi, rivojlanmaydi.
Tabiat bilan tanishtirishning bolalarni aqliy jihatdan o’sishiga ta’siri kattadir. Maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ta’lim-tarbiya jarayonida ularning ongida
atrofni o’rab olgan dunyo haqida hissiy tajribaga asoslangan aniq bilimlar hosil qilish
muhimdir. Haqiqatni to’g’ri aks ettiruvchi bilimlar berilmasi, bolalarda tabiat haqida noto’g’ri
tushunchalar hosil bo’ladi. Noto’g’ri tushunchalarni tuzatish yangi tushunchalar hosil qilishga
nisbatan ancha qiyinroqdir.
Bog’cha yoshidagi bolalarda bunday estetik tuyg’ularning o’sishi esa, o’z navbatida san’atni,
hayotni, tabiatni sevish, uni tushunish va o’rganish uchun zarur shart-sharoit yaratadi. Avval
tabiat go’zalligini, so’ngra san’at go’zalligini his etish kerak. Tabiatdagi va san’atdagi
go’zallik bilan tanishish bolaning aql-idroki va his-tuyg’ularini tarbiyalabgina qolmay, balki
uning axloqini, aqliy xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi.
Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi ko'rgazmali metod — kuzatishdan keng foydalanadi. Kuzatish — tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo'nalgan vd bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilan bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo'lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaroi diqqat talab etiladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o'stirishda g'oyat katta ahamiyatga egadir.
Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma'lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi.
Kuzata bilish — juda muhim xususiyat bo'lib, bunda bolada to'g'ri yoza bilish, og'zaki nutq malakalari rivojlanadi.
Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holda o'zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishga o'rgatish zarur. Tarbiyachi kuzatish ishlarini olib borishda narsa va hodisalar o'rtasidagi aloqa va sabablarning bog'lanishlarini ilg'ab olishni bolalarga o'rgatishi kerak.
Shunday qilib maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning tafakkurlari tabiat haqidagi aniq bilimlarni to'plash orqali o'sadi. Kuzatishlar diqqatni jalb qilish yo'li bilangina olib borilishi mumkin. Kuzatish, ya'ni narsa va hodisalarga diqqatni maqsadga muvofiq holda jalb qilishga o'rgatish bilan, biz ularda ixtiyoriy diqqatni ham o'stiramiz.
Noto'g'ri tushunchalarni tuzatish, yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchun bolalar maktabgacha ta'lim yoshidayoq, his qilish tajribalariga asoslangan holda, tabiat haqida to'g'ri tushunchalarga ega bo'lishlari juda muhimdir.