Mavzu; Matematik o’yinlar Re’ja



Yüklə 22,76 Kb.
səhifə1/3
tarix17.05.2023
ölçüsü22,76 Kb.
#115726
  1   2   3
Matematik o’yinlar

Mavzu; Matematik o’yinlar

Re’ja


  • Matematik o’yinlar

  • Matemetik o’yinlarni dars jarayonida qo’llash

  • Didaktik o’yinlar

Matematik o’yinlar

Barchamizga ma’lumki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning asosiy faoliyati o’yinlarga qaratilgan. Bolauchun 45 daqiqa o’rnidan qimirlamay darsni tinglab, o’qituvchi tomonidan berilayotgan barcha ma’lumotlarni o‘zlashtirish judamurakkab. Bunday murakkab jarayonni bola ongiga qiyinchiliklarsiz singdirish uchun o’yin va ta’limfaoliyatlarini chambarchas bog’lash zarur. Ya’ni dars jarayonida ta’limiy va harakatga keltiruvchi o’yinlardan foydalanish, ta’lim samaradorligini biz istagan darajadanda yuqori bo’lishiga erishishimiz mumkin. Dars jarayonida didaktik o’yinlardan foydalanish bolada erkin muloqotga
kirishish, o’z fikrini erkin bayon etish hamda yangi bilimlarni, tasavvurni ishga solgan holda to’laligicha esda saqlab qolish imkonini beradi. Ta’limiy o’yinlarning yana bir jihati shuki, u bolada ikki miya yarim sharlarining bir vaqtning o’zida ishlashini ta’minlaydi.

Miyadagi bunday faollik berilgan axbarotni bir vaqtning o’zida qabul qiladi, esda saqlaydi uni qayta tahrirlab berilgan savolga tez va aniq
javob berishni ta’minlaydi. Shularni inobatga olgan zamonaviy o’qituvchidan
har bir darsni didaktik o’yinlar asosida tashkil etish talab etiladi. Shuning
natijasida esa kun davomida bolada charchoq, toliqish kuzatilmaydi. O’quv-bilim jarayonida yuqori samaradorlikka erishish bolada o’qishga bo’lgan
motivatsiyani to’g’ri yo’naltirilganligiga bog’liq. Didaktik o’yinlar aynan
shunday motivatsiyani bera oladi. Ta’lim jarayonini alohida jarayon sifatida
ko’rib uni bolaning asosiy faoliyati bo’lmish o’yin faoliyatidan ajratib
qo’yish esa bolani qafasga solib qo’yish bilan barobar.

O’yin faoliyati g’olib yoki mag’lub tushunchalardan iborat bo’lib dars jarayonida qo’llanilganda bola g’olib bolish uchun kurashadi va ana shu kurash natijasida berilgan axbarotni diqqat bilan tinglab bilimlarni osongina egallab oladi. Bir vaqtning o’zida bu bilimlarni hayotda qo’llab ko’radi. Misol tariqasida
“33ta 33”didaktik o’yinida bola ko’paytirish jadvalini yaxshi yodlagan bo’lishi
va diqqatini ishga solgan holda ishtirok etishi kerak bo’ladi. O’yin sharti sinf o’quvchilari sonlarni tartib bilan aytganda 3 raqami ishtirok etgan sonlar va 3 ga bo’linadigan sonlar aytilmay o’rniga qarsak chalinadi. (1,2, qarsak, 4,5,qarsakvah.). Sanoq 33 soniga qadar davom etadi sanoqda adashgan o’quvchi o’yindan chiqib ketadi va sanoq qayta boshlanadi. Didaktik o’yinlar asosida tashkil qilingan darslarda integratsiya ya’ni fanlar aro bog’lanish yaqol ko’zga tashlanadi. Matematika darsida “Sayohat dars” didaktik o’yinini misol qilib oladigan bo’lsak,matematika darsini bir vaqtning o’zida ona tili va tabiat fanlari bilan bog’lash mumkin. Didaktik topshiriq: berilgan misollarni to’g’ri va aniq yechish xatolar ustida ishlay olish. O’yin topshirig’i: O’quvchilarning matematikaga
bo’lgan qiziqishini oshirish. Ona Vatanimiz O’zbekistonning qadimiy
shaharlari haqida bilim berib atoqli otlarning yozilishiga e’tibor qaratish
orqali ona tili fani bilan bog’lash. Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
O’yinshart, magnit doskaga aeroport maketi chizilgan surat osib qo’yilgan.
Suratda qadimiy shaharlarimiz nomlari yozib qo’yilgan bo’ladi. Sinf o’quvchilari soniga mos chiptalar tayyorlangan bo’lib chiptalarning orqa tomonida
misollar berilgan bo’ladi, old tomonida yo’nalishlar yozilgan bo’ladi.


Yüklə 22,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin