Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy,yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik,kimyoviy hisoblashlar tizimidir.
MATHCAD DASTURI IMKONIYATLARI:
Mathcad paketi muxandislik va hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib,u professional matematiklar, texnoliglar va boshqa kasb egalari uchun mo`ljallangan va bir qancha qulayliklarni tugdiradi. jumladan misol va masalarni oson yechish va hisob kitob ishlarini tezroq bajarish,vaqtdan yutish,grafik ishlarni tezkor bajarish va hokazo…
Mathcad dasturi interfeysi:
Mathcad dasturi interfeysi windowsning barcha dasturlar interfeysiga o`xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so`ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasidan iborat bo`lib ular quyidagi tartibda: standart(standart),formatting(formatlash) va math (matematika).