1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori statistikasining vazifalari va uni statistik oʼrganishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
2.Mehnat resurslari tushunchasi va uning sonini aniqlash. 3.Mehnat resurslari balansi va uning ahamiyati.
3.Iqtisodiy faol va nofaol aholi tushunchasi hamda ularning tarkibi.
4.Ish bilan band aholi va ishsizlik statistikasi koʼrsatkichlari. 5.Аholining bandlik holati boʼyicha tasnifi.
6.Ish bilan band aholi soni va tarkibi koʼrsatkichlari.
7.Ishsizlik shakllari, turlari va darajasi. Ishsizlik darajasi dinamikasini statistik oʼrganish.
1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozori statistikasining vazifalari va uni statistik oʼrganishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Mustaqillikning dastlab yillaridanoq mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun eng ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida aholi bandligini oshirish va yangi ish o’rinlarini yaratish masalasiga katta e’tibor berib kelinmoqda.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyalarda mehnat bozori mavjud resurslarning bir qismini sotuvchi yoki bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi va unda amal qiluvchi xom ashyo va materiallar, qimmatli qog’ozlar, valyuta, sug’urta, investitsiya va boshqa bozorlardan biri sifatida qaraladi. Uning mavjudligiga qarashlar turli tuman bo’lib, ularni quyidagilarga bo’lish mumkin:

Yangi klassik nazariya tarafdorlari bo’lgan J.Perri, P.Samuelson, R.Xoll, D.Tilder mehnat bozori boshqa bozorlar singari bahoning muvozanati asosida harakat qiladi;
Keynscha nazariya tarafdorlari bo’lgan J.Keyns, R.Gordon va boshqalarning fikricha baho (mehnat bozorida ish haqi) bozorni asosiy regulyatori bo’la olmaydi;
Monetaristik nazariya tarafdorlari M.Fridman, R.Lukas, J.Mutlarning yondashuvlari bozor muvozanatini saqlash uchun pul-kredit siyosati vositalarini qo’llashni taklif etadi;
Institutsionalistlar maktabi vakillari J.Gelbreyt, R.Meydner va boshqalar kontseptsiyasiga asosan ishchi kuchi va tegishli ravishda ish haqining tarkibida kasbiy va tarmoq farqlarini tahlil qilish kerak;
Sotsialistlarning (K.Marks, F.Engels va boshqalar) fikriga ko’ra ishchi kuchi mehnat jarayonida qiymat yaratsa, boshqa resurslar mehnat orqali yangi qiymatga o’tadi.