Mavzu: Membranasiz organoidlar. Reja 1.
Ribosoma tuzilishi
2.
Ribosomalarda oqsil sintezining borishi
3.
Tsitoplazmaning fibrillyar va mikrotubulyar komponentlari
4.
Tsentriolalar.
5.
Bazal tanacha, kiprikcha va xivchin.
6.
Kiprikcha va bazal tanachalar kimyosi.
7.
Bwlinish duki mikronaychalari
Diametri 20 nm ga teng mayda organoidlar. Birinchi marta elektron mikroskop
yordamida 1953 yilda Dj. Pallade tomonidan topilgan.
Prokariot hujayralarda ribosomalar gialopalzmada, eukariotlarda gialoplazma,
endoplazmatik twr va yadro membranalarida uchraydi. Mitoxondriya va plastidalarda
wzining xususiy ribosomalari bwlib ular prokariotlar ribosomaga wxshash. Prokakriot
hujayralarda ularning soni 10 mingtagacha bwlsa eukariotlarda bir necha marta kwproq.
Ribosomalar tarkibida ribosomal RNK va oqsillar mavjud bwlib(ribonukleoproteinlar)
ularning wzaro munosabatidan 2 subbirlik tuziladi: katta va kichik. Kichik subbirliklar 1ta
molekula rRNKdan tuzilgan bwlib oqsillar soni prokariotlarda 21 ta eukariotlarda-34ta. Katta
subbirligi prokariotlarda 2 ta rRNKdan va 34 ta oqsildan va prokariotlarda 3 ta rRNK va 49ta
oqsildan iborat. Ribosomalar tarkibiga kiruvchi rRNK yadrochada sintezlanadi.
Ribosomalar tarkibiga kirgan oqsillar geterogendir: eukariotlarda 100 molekuladan
prokariotlarda 50 mol.-dan iborat.
Ribosomalar juda kichik bwlgani uchun hujayrani differentsial tsentrifugalashda ular
eng oxirida ajraladi ya`ni sedimentatsiyalanadi. Sedimentatsiyalash bwyicha qilingan
tajribalar ribosomalarning asosiy 2ta tipini aniqladi:ular prokariotlardagi 70S ribosomalar va
eukariotlardagi 80S li. S-(svedberg) birligi bwlib tsentrifugadagi sedimentatsiya tezginini
ifodalaydi. Uning soni qancha yuqori bwlsa sedimentatsiya tezligi shuncha tez bwladi.
Mitoxondriya va plastidalarda uchraydigan ribosomalar ham 70S ga teng bwlib bu ularni
prokariotlarga yaqinligini ifodalaydi.