Kiprikcha va bazal tanachalar kimyosi.
Aksonemadagi A mikronaychalar tarkibida
dinein oqsili topilgan. Mikronaychalar tarkibidan bu oqsil olib tashlansa aksonemalar
xarakatdan twxtaydi. Undan tashqaritubulin oqsili uchraydi.
Kiprikcha vaxivchinlar xarakat a`zolari. Xivchsinlarga ega 1 hujayrali organizmlar
tanasining xivchin joylashgan tomoni bilan oldinga qarab xarakatlanadi. Kwp kiprikchali
organizmlar :infuzoriyalar kiprikchalari twlqinsimon xarakat qiladi. Ichak epiteliysi
yuzasidagi kiprikchalar suyuqlikning xarakatini ta`minlaydi.
Kiprikcha va xivchinlarning xarakati A mikronaychasi tarkibidagi ATFaza
aktivligiga ega bwlgan dinein oqsili bilan bog`liq. Ma`lumki mushak hujayralarining xarakati
2 ta fibrill oqsillari-miozin va aktining bir biriga nisbatan sirpanishi natijasida kelib chiqadi.
Shunga asoslanib taxmin qilinadiki kiprikchalarning xarakati ham dupletdagi 2 ta
mikronaychalarning bir-biriga ishqalanishi ntijasida kelib chiqadi. Dinein oqsili
mikronaychalarning sirpanib ishqalanishini ta`minlaydi dnb hisoblanadi.
Ba`za bakteriya hujayralari ham xarakat a`zosi xavchinlarga ega. U flagella deyiladi
va tuzilishi va kimyoviy xususiyatlari bilan eukariotlarninikadan farq qiladi. Xivchinlari
plazmatik membrana bilan wralmagan bwlib flagellin oqsilidan iborat. Ichi bwsh
naychalardan iborat bwlib 8-10 subbirlikdan tuzilgan.
Bwlinish duki mikronaychalari.
Hayvon hujayralari bwlinish apparati 2 ta zonadan
iborat: 2 ta tsentrosfera zonasi tsentroilalari bilan va ular orasida joylashgan bwlinish duki
tolalari zonasi.Bu zonalarda kwp sonli mikronaychalar mavjud. Mikronaychalar bu
apparatning markaziy qismida tsentriolalar atrofidagi tsentrosfera atrofida va
xromosomalarning tsentromerasiga yaqin kinetoxor uchastkalarida xosil bwladi.
Bwlinish dukida 2 xil tolalar farqlanadi: qutbdan qutbga tortilgan uzluksiz ;va
xromosoma tolalari-xromosomalarni qutblarning biri bilan tutashtiruvchi. Ular orasida oraliq
tolalar- tarqaluvchi xromosomalarda uchraydigan va uzuluvchi ya`ni 1 qutbdan chiqib 2
chisiga etib bormagan tolalar uchraydi.
Shunday qilib hayvon hujayralarida mikronaychalarning xosil bwlish markazi
tsenriolalar va xromosomalarning kinetoxor uchastkalari hisoblanadi.
Yuksak va tuban wsimlik hujayralari va ba`zi sodda organizmlar mikronaychalardan
iborat bwlinish apparatini tsentriolalar ishtirokisiz xosil qiladilar. Bu xolda mikronaychalar
xosil qilish markazi kinetoxor uchastkalaridan tashqari hujayraning qutblaridagi membranalar
tutami va yadro membranasi bilan bog`langan zich plastinkalar xisoblanadi.
Ba`zi kiprikchali infuzoriyalarning kipriklari asosida kwplab bazal tanachalar
joylashgan bwlishiga qaramay bularda ham bwlinish apparati tsentriolalr ishtirokisiz boradi.
Kimyoviy jixatdan bwlinish duki 90%oqsil, 6% RNK, lipid va polisaxaridlardan
tuzilgan.
Anafazadagi
xromosomalarning
tortilish
jarayoni
taxmin
qalinishicha
mikronaychalarning qisqarishi natijasida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: