Mavzu: Moliya mexanizmi, uning tarkibiy qismlari, elementlari va moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi roli Bajardi: Tojaliyeva Muxlisa Qabul qildi: Po‘latova Mohira Moliya mexanizmi – taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg‘armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni ta’minlovchi shakl va usullar yig‘indisidan iboratdir. Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash
Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirishvositalari
Moliyani boshqarish
Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi : Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash – moliyaviy mexanizmning asosiy qismi bo‘lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar, me’yorlar tuzishni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish - vositalariga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to‘lovlar, ajratmalar, qo‘llaniladigan imtiyozlar, jazolar, jarimalar kiradi.
Moliyani boshqarish – subyektlarning moliyaviy munosabatlarini amalga oshirish, yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish usullari yig‘indisidan iborat.
Taqsimlash Rivojlantirish Ijtimoiy himoya Nazorat qilish Axborot berish Moliya siyosatining vazifalari quyidagilardan iborat: Moliya siyosati, davlat budjeti — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Moliyaviy strategiya – moliya siyosatining kelajakka mo‘ljallangan va ijtimoiy hamda iqtisodiy strategiya orqali belgilangan keng ko‘lamli masalalarni hal etuvchi uzoq muddatli kursi.
Moliyaviy taktika – moliyaviy strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullarini o‘zgartirish orqali amalga oshiradi.
Moliya siyosati quyidagi 2 guruhga bo‘linadi : Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xo‘jaligi taraqqiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofaani,davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi. Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yo‘naltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar summasining asosiy qismi mahsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri Pensiya jamg`armasi hisoblanadi. E’tiboringiz uchun rahmat! http://fayllar.org