Mavzu: Moyli bakli uzgichlar Moyli bakli uzgichlardagi moy yoyni so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolyasiyalash uchun xizmat qiladi. 10 kVgacha bo‘lgan kuchlanishlarda (35 kVgacha bo‘lgan ayrim Uzgichlarning turlarida) Uzgich bitta bakka ega bo‘lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari bo‘ladi, kuchlanish katta bo‘lganda har qaysi faza uchun o‘zining baki bo‘ladi.
Yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilmaga ega bo‘lmagan bakli uzgich sxemasi ko‘rsatilgan. Uzgichning po‘lat baki boltlar yordamida quyma cho‘yan qopqoqga mahkamlab osib qo‘yilgan.
Qopqoq orqali oltita chinni izolyator o‘tgan bo‘lib, ularning tok o‘tkazuvchi sterjenlarining uchiga qo‘zg‘almas kontaktlar mahkamlangan. Qo‘zg‘aluvchan kontaktlar kontakt ko‘prik yoki traversada turadi. Ularga harakat uzgich qopqog‘i ostiga joylashgan yuritma mexanizmidan izolyasiyalangan tortqi yordamida beriladi.
1
2
Moyli-bakli uzgichning kesimi:
1-po‘lat bak;
2-moy;
3-qopqoq;
4-o‘tuvchi prujina;
5-uzuvchi prujina;
6-o`chirgich vali;
7-qo‘zg‘almas kontakt;
8-qo‘zg‘aluvchi kontaktlar (traversa);
9-bak devorlarining izolyasiyasi.
3
Ulanganda traversa ko‘tarilgan bo‘ladi va kontakt ko‘prik qo‘zg‘almas kontaktlar orasidagi zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan bo‘ladi. Uzgich ulangan holatda yuritmaning ilmoqi yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog‘langan bo‘ladi
Avtomatik ravishda yoki qulda uzganda ilmok bo‘shaydi va prujina ta’sirida traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1,5-2,7 m/s ga etadi). Bunda Uzgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil bo‘lgan yoylar moy 2 ni parchalab, uni bug‘lantiradi, 70% gacha vodorodi bo‘lgan gaz-bug‘li pufak hosil bo‘ladi. Pufak ichidagi bosim 0,5-1 Pa ga etadi, bu gazlarning ionsizlash qobiliyatini oshiradi. yoy 0,08-0,1 s vaqt o‘tgach so‘nadi. Bakning devorlarida muhofazalovchi izolyasion qoplamlar 9 bor.
Uzgichning bakiga moy to‘la quyilmay, balki qopqoq tagida havo yostig‘i qoldiriladi. Bu yoyni so‘ndirish jarayonida hosil bo‘ladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan uzgich qopqog‘iga beriladigan kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak.
4
Agar moy sathi keragidan ancha past bo‘lsa, u holda gazlar qopqoq tagiga kuchli qizigan holda keladi; bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga olib keladi.
Ko‘rib chiqilgan Uzgichda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilma bo‘lmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi Uzgichlar 6-10 kV li (VMB-10, VME-6, VME-10, VS-10) qurilmalarda qo‘llaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli Uzgichlar tomonidan siqib chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli moyli Uzgichlar konstruksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham etarli darajada keng qo‘llanilmoqda. Ko‘rib chiqilgan oddiy Uzgichlarga nisbatan ular maxsus qurilmalar o‘chirish kameralariga ega.
Ishlash prinsipi bo‘yicha yoy so‘ndiruvchi qurilmalarni uch guruhga bo‘lish mumkin: