Mavzu: Ms Word. Ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash



Yüklə 0,82 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#46591
6-amaliy ish


Mavzu: Ms Word. Ma'lumotlarni jadval ko'rinishida tasvirlash.

Namunaviy topshiriq: Quyidagi jadvalni hozil qiling.



Nazariy qism: Asboblar paneli. Menyu satridan so'ng turli asboblar panellari joylashadi. Bu panellar turli tugmalardan tashkil topgan, har bir tugma Word muharririning biror buyrug'ini anglatadi. Buyruq bajarilishi uchun panelning mos tugmasi ustida sichqoncha tugmasini bosish yetarli bo'ladi. Agar oynada kerakli asboblar paneli bo'lmasa, Вид menyusining Панели инструментов qism menyusidagi mos buyruqni tanlash kerak. Asboblar panelini Word oynasiga yo'lakcha yoki oyna shaklida o'rnatish mumkin.

Chizg’ichlar. Chizg'ichlar ish maydonining yuqori yoki chap qismida joylashishi mumkin. Chizg'ich yordamida matn abzasini, kengligini, jadval kataklari o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Chizg'ichni o'rnatish yoki o'chirish uchun Вид menyusining Линейка buyrug'idan foydalaniladi.

O’tkazish yo’lakchasi. Hujjatdan o'ngda va pastda vertikal va gorizontal o'tkazish yo'lakchalari mavjud. Ular hujjat ekranga sig'magan holda, matnni yuqoriga-pastga yoki chapga-o'ngga o'tkazadi va matnning ekranda ko'rinmayotgan qismlarini ko'rsatadi.

Yo'lakchadagi yugurdak kursorning matndagi holatini ko'rsatadi. Uni sichqoncha yordamida surish natijasida matn bo'ylab tezroq harakatlanishingiz mumkin.



Holat va menyu satri. Oynaning pastki qismida Word muharririning holat satri joylashadi. Unda, odatda, kursorning joriy va tahrir qilish holati haqidagi ma'lumotlar chiqariladi.

Word muharriri menyu satri, asosan, 9 nomdan iborat bo'lib, bu satrga qo'shimcha nom qo'shish yoki olib tashlash mumkin. Menyuga kirish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin:



  • Menyu satridagi kerakli nom ustida sichqonchaning tugmasi bir marta bosiladi.

  • Alt yoki F10 tugmasini bosib, menyu satri faollashtiriladi, so'ngra kursorni boshqarish tugmalari orqali kursorni o'ngga yoki chapga harakatlantirib, menyu satridagi kerakli nom tanlanadi. Tanlangan menyuni
    ochish uchun Enter tugmasidan foydalaniladi.

  • Alt bilan birgalikda menyu satridagi kerakli nomning tagiga chizilgan harfni bosish yetarli.


Amaliy qism:

1.Pusk menyusidan Word 2016 ga kirish.



2. Menyular satridan Vstavka menyusiga kirib jadval hosil qilamiz.





3.Hozil qilingan jadvalga ma’lumotlarni kiritamiz.
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin