Mavzu: narxni shakllari,baho turlari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/3
tarix05.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#93427
  1   2   3
Mus ish soha iqtisodiyoti

Mavzu:narxni shakllari,baho turlari


Reja:

Narx shakllari - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — Narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy faoliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin Narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy Narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash Narx shakllanishideb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.
Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. 
Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; ra-qobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan si-qib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin