Mavzu: Olamni virtuval va vizual estetik idrok etishning farqlar



Yüklə 7,36 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü7,36 Kb.
#159327
  1   2   3
Mavzu Olamni virtuval va vizual estetik idrok etishning farqlar-fayllar.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

Mavzu: Olamni virtuval va vizual estetik idrok etishning farqlar

Mavzu: Olamni virtuval va vizual estetik idrok etishning farqlar

Fan: Falsaaf


Guruh: 103
Yo’nalish: BANK ISHI VA AUDIT
Talaba: Obidov Muxammaddiyor
MUSTAQIL ISH

REJA

Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati

Estetikaning zamonaviy yondashuvlari

Estetik tarbiyada ijodning o‘rni.

Bugungi murakkab va tahlikali zamonda, milliy, mintaqaviy va global miqyosda kechayotgan jarayonlar, hamda, mamlakatitmizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi chuqur islohatlar davrida, fanlarning, shu jumladan, klassik fanlarning fundamental nazariy asoslarini bilmasdan turib jamiyat barqarorligiga erishish mumkin emas.

Insoniyatning taraqqiyoti ta’lim va ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Estetik tafakkur taraqqiyotining tarixi, nazariyasi va amaliy jihatlarini shakllanish, ularni samarali va taalluqli ta’lim tizimiga oqilona tadbiq etish bugungi kunda davr talabiga aylanib bormoqda, chunki kishida estetik faoliyat paydo bo‘lishi bilan asta-sekin go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, uyg‘unlik kabi ijobiy fazilatlar yuzaga keladi va estetik faoliyat davomida inson go‘zallik va nafosat qonuniyatlarini yaratadi, o‘zlashtiradi va ularga amal qila boshlaydi.

Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga undaydigan mahorat, did, saviya va fahmimizni oshiradigan fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi.

Hozirgi kunda estetika ilmi jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy sahalariga ham keng ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyatda vujudga kelayotgan yangi talablar, g‘oyalar va estetik ehtiyojlar, innovatsiyalar, fan va texnika yutuqlari, yangi ifoda usullari, yangicha fikrlash tarzi buning yorqin ifodasidir.

Jamiyatning estetik didi va estetik ehtiyojini o‘rganish-bu inson ma’naviyati, madaniyatini kamol toptirish bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotining talab, taklif bozor muvozanati qonuniyatlarini va marketiningni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish, uning barobarida hayot sifatini yaxshilash demakdir. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida; san’atda, sportda, tibbiyotda, badiiylik bilan bog‘liq barcha faoliyat turlarida, dizaynda, keng qo‘llanmoqda va ular estetikaning obyektini toboro kengaytirmoqda.


Yüklə 7,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin