Mavzu: Oqova suv ta’rifi va oqova suv turkumlari. Reja



Yüklə 37,28 Kb.
səhifə1/3
tarix16.02.2023
ölçüsü37,28 Kb.
#84495
  1   2   3
Oqova suv ta’rifi va oqova


Xulosa:

Binolardan yig‘ilgan oqova suvlar ko‘cha tarmoqlari orqai kollektorga qo‘shiladi. Kollektorlar esa, o‘z navbatida, bosh


kollektorga yoki tozalash inshootlariga jo ‘natadi. Nasos stansi-
yalari tarmoqlar nihoyatda chuqurlashib ketgan paytlarda o‘rna-
tiladi. Tarmoqlar ishini kuzatish va ularni tozalab turish uchun
ma’lum masofalarda kuzatish quduqlari va kameralari o‘rnatiladi.
Yon tomondan qo‘shilishlarda, burilishlarda ham quduqlar o‘ma-
tilishi zarur. Quvurlar tabiiy va sun’iy to‘siqlar bilan kesishgani-
da maxsus inshootlar (duker va estakada) yordamida oqova suvlar
oqizdiriladi. Yomg‘ir suvlarini qabul qilish uchun panjarasimon
qopqoqqa ega quduqlar ishlatiladi.
Tekis relyeflarda quvurlaming yotqizilish chuqurligi borgan
sari oshib boradi va qurilish ishlarining murakkablashishiga olib
keladi. Shu sababli ularning chuqurliklari cheklangan va 6-8 m ni
tashkil qiladi. Bunday chuqur joylardan oqova suvlar nasos stansiyalari yordamida uzatiladi. Nasos stansiyalari oicham i, shakli va o'rnatilgan joyiga qarab mahalliy, tuman va bosh nasos stansiyalari toifalariga boiinadi. Nasos stansiyalaridan oqova suvlar bosimli quvurlar yordamida uzatiladi.

Mavzu:Oqova suv ta’rifi va oqova
suv turkumlari.


Reja:


1. Oqova suv - muhandislik qurilmalari va aholi turarjoylari


2. Maishiy-xojalik oqova suvlari


3. Sanoat korxonalari hududida hosil boiadigan atmosfera oqova
suvlari

1.Oqova suv - muhandislik qurilmalari va aholi turarjoylari,
sanoat korxonalari hamda ma’muriy binolarni obodonlashtirish-
ning bir ko‘rinishidir. Inson faoliyatining deyarli barchasida turli
chiqindilar hosil bo‘ladi. Shu chiqindilar ichida suyuqlari nihoyat-
da xavfli hisoblanadi va ular oqova suvlar deb nomlanadi.
Oqova suvlar deb insonning yashash va ishlab chiqarish faoli-
yati mobaynida, yog‘inlar natijasida hosil boiadigan suyuq chiqin-
dilarga aytiladi. Hosil bo‘lish jarayonida toza suv tarkibi xilma-xil
chiqindilar bilan to‘yinadi va natijada o'ziga xos fizik-kimyoviy
hamda mikrobiologik xossalarga ega boMadi. Aholi yashash joyla-
rida va ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suv­
larni uch toifaga ajratish mumkin:
Oqova suv - ilmiy texnik soha bo‘lib, tarmoqlar va inshootlar
kompleks qurilmasida, aholi turarjoylari va sanoat korxonalarida
paydo bo‘ladigan oqova suvlarni bir tartibda qabul qilish va ular-
ni quvurlar yordamida tashqariga uzatish, tozalash, ulardan foyda-
lanish yoki suv havzalariga tashlashdan oldin zararsizlantirishdan
iborat.
Ichki suv bilan ta’minlangan va oqova suvlarni oqizish quril­
malari bilan jihozlangan binolar oqova suv obyektlari hisoblanadi.
Oqova suv ichki va tashqi oqova suvga bo‘linadi.
Ichki oqova suv - oqova suvlarni qabul qilish va ularni bino-
dan tashqariga, tashqi oqova suv tarmoqlariga oqizish uchun
xizmat qiladi.
Tashqi oqova suv - oqova suvlarni aholi turarjoyi yoki sanoat
korxonalaridan tashqariga, tozalash bekatlariga oqizish uchun
xizmat qiladi.
Oqova suv ma’lum bir maqsad uchun - maishiy-xo‘jalik, sanoat
va hokazolarga ishlatilishi natijasida ma’lum miqdorda ifloslan-
gan suv boiib , aw algi fizik-kimyoviy xususiyatlari va xossala-
rini o‘zgartirgan, shu bilan birga, aholi turarjoylaridan va sanoat
korxonalari maydonlaridan yog‘ingarchilik natijasida oqib keladi-
gan suvlardir.
Oqova suvlar belgilariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.
1 Suvning tabiatiga ko‘ra oqova suvning quyidagi turlari
mavjud:
- ichimlik suvlarining ishlatilishi natijasida hosil bo‘lgan oqova
suvlar;
- sanoat korxonalari maydonlarida yer ostidagi suvlarni tex-
nologik jarayon uchun tashqariga tortib chiqarish natijasida hosil
bo‘lgan oqova suvlar;
- maydonlarda yog'ingarchilik natijasida hosil bo‘lgan oqova
suvlar.
2 Oqova suvlar hosil bo‘lgan maydoniga qarab, ko‘rsatkichlari
bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
- sanoat korxonalarida - sanoat, maishiy-xo‘jalik va yog‘ingar-
chilik tufayli paydo bo‘lgan suvlar;
- aholi turarjoylarida hosil bo‘lgan suvlar - suvlarning barchasi
aholi turarjoylaridan tashqariga chiqariladi.
3 Oqova suvlar chiqindilanish (ifloslanish) darajasi bo‘yicha
quyidagi turlarga bo'linadi:
- sanoat suvlari;
- maishiy-xo‘jalik suvlari;
- yomg‘ir suvlari.
4 Oqova suvlar chiqindilanish xususiyatiga ko‘ra:
- shartli toza;
- chiqindilangan;
- zaharlangan;
- yuqumli kasallik tarqatuvchilar bilan chiqindilangan suvlarga
bo‘linadi.
5 Oqova suvlar oqova suv tarmoqlariga doimiy tushishi holat-
lariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
- oqova suvlarning doimiy oqishi - maishiy-xo‘jalik va sanoat
suvlari;
- davriy ravishda oqova suv tarmoqlariga tushuvchi suvlar (ba’zi
hollarda uzoq uzilish bo‘lishi mumkin), ya’ni yomg‘ir suvlari.
Uchinchi guruhdagi oqova suvlarni ko‘rib chiqamiz.
Bu uch toifadagi oqova suvlar tarkiban, hosil bo‘lish sharoitlari,
notekisligi, jadalligi va xossalari bilan bir-biridan keskin farq qili-
shi mumkin.

Yüklə 37,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin