Mavzu: O'rta osiyoda tilshunoslikning rivojlanishi. Reja: Sho'rolar dayrining 20-30-yillarida til falsafasi. Grafika imlo masalakari



Yüklə 20,93 Kb.
tarix05.12.2022
ölçüsü20,93 Kb.
#72429
Mavzu O\'rta osiyoda tilshunoslikning rivojlanishi. Reja Sho\'ro


MAVZU: O'RTA OSIYODA TILSHUNOSLIKNING RIVOJLANISHI.
REJA:
1. Sho'rolar dayrining 20-30-yillarida til falsafasi.Grafika imlo masalakari
2. Grafika a imlo masalakari.Fonetika va fonologiya.
3.O'zbek tili morfemikasining shakllanishi. O'zbek tili frazeologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti.
4.O'zbek tili morfologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti.0'zbek tili ilmiy sintaksisining shakllanishi va ravnaqi.
Bizga ma'lumki, sho'rolar davrida barcha fanlar marksistik falsafaga asoslangan holda rivojlandi. Bunday vaziyat barcha fanlar qatorida tilshunoslikda ham hukm surdi. XX asming 50-yillarigacha til falsafasi ikkita o'zaro bir-biriga zid konsepsiya asosida rivojlandi. Ularning birinchisi Ye.D. Polivanov, ikkinchisi N.Ya.Marr kon sepsiyasi edi.Har ikkala guruh ham marksizm tarafdorlari edi. Ularning har ikkalasi tilshunoslikka marksist ik ta limotni olib kimoqchi bo'ldi. Faqat ular bu ta'limotga turli tom ondan yondoshadilar. Ye.D.Polivanov maksizmning lenincha ta'limotiga asoslansa, Mar va uning tarafdorlari marksizm-len in izmning stalincha talqiniga asoslangan edi. Ular bir qancha masalalar bo'yicha bir-biriga qarama-qarshi pozitsiyada edi. 1. O'tmish madaniyatiga, shu Jum ladan, lingvistik merosga munosabat masalasi. Birinchi yo'nalish tarafdorlari, ya'ni Ye.D.Polivanov va uning tarafdorlari, o'tmish madaniyat yutuqlariga asoslangan holda yaratiladi, o 'tmish madaniyatini o'rganmay turib yangl madaniyatni yaratib bo'Imaydi, degan g'oyani ilgari suradi. Marr va uning tarafdorlari esa eski madaniyatga qarshi chiqib, madaniyatda vorislikka chek qo'yish kerak degan g'oyalarni ilgari suradi. Ya'ni bu g'oyani tarafdorlari eski madaniyat bilan alogani umuman uzib boshqalarga o'xsh am agan, yangi madaniyat yaratishni ilgari suradi. 2. Marr bilan Ye.D.Polivanov o'tasidagi ikkinchi qarama-qarshilik tillarning taraqqiyoti va uning istiqboli masal asiga qanday yondoshuvida ko'rinadi. Tilning kelib chiqishi va taraqqiyotini Marr "ko'pdan ozga" tamoyili asosida olib boradi. Ya'ni butun dunyo tillariní birlashtirishga intiladi. Kelajakda butun dunyo xalqlarí uchun yagona til va butun dunyo tili maydonga keladi, degan g'oyani ilgari suradi. Ye.D.Polivanov va uning tarafdorlari esa bunday qarash larni yoqlamagan holda Marrning yagona dunyo tilining paydo bo'lishi haqidagi qarash lari folbinlik deb qaraydi. 3. Marrizm va Ye.D.Polivanov p'rtasidagi uch inchi farq til va tillarning kelib chiqishi masalasiga bo'lgan munosabatda ko 'rinadi. Marning fikricha, tilning kelib chiqishiga qiziqm asdan turib hech qanday lingvistikan ing bo'lishi mumkin emas. Tillarn ing kelib chiqishiga yofas tillar asos deb faraz qilingan yofas nazariyasini va to'rt elementini (sal, ber, yon, rosh) olg'a suradi. Ye.D.Polivanov esa aniq lingvistik materiallarga ega bo'Imay, aniq dalill ar ga asoslanmay turtb, tillarning kelib dhiqishi haqida fikr yuritish 8 ayrilm iydir, deydi. Marrizmning tillarn ing kelib chiqish haqidagi, ya'ni barcha tillar negizida to'rt element yotganligi haqidagi qarashlari yigimanchi asming 50-yillarida tilshunoslikda olib borilgan bahslarda qoralanib, uni quruq folbinlik sifatida baholandi. Turkiy tillar toyush tizimining, boshga illardan, xususan, arab tilidan farq qilishi Mahmud Koshg'ariy, A lisher Navoiylar tomonidan bayon qilingan. Alisher Navoiy turk (0'zbek) tilining o'ziga xos unlilar tizimi haqida ham fikr yuritgan ed. Lekin tilshunoslikning alohida bo'limi sifatidagi fonet ikaning shakllanishi XX asning boshlariga to'g'ri keladi. 1922-yilda bo'lib o'tgan qurultoyda Fitrat til-imlo masalasida ma'ruza qiladi. O'z ma'ruzada u o'zbek tilining o'ziga xos 6 ta unlilar va 23 ta undoshlar tizimi mavjudligini, yozivdagi harflar ham xudi shu fonemalarni ifodalamog'i lozimligini bayon qiladi. Ye.D.Polivanov esa «Maorif va o'qituvchi" Jurnalining 1922 yil 1-sonida e'lon qilingan "Toshkent dialekti tovush tarkibi" nomli maqolasida Toshkent dialektida 6 ta unli va 22 ta undosh foyema borligini ko'rsatadi. Qadim gi turk va eski o'zbek tilida qator belgisi asosida zidlangan u- u, o - o unlilarining keyinchalik bir qator shahar shevalarida zidtánfsh belgisining yo'qotganligi, bu esa singarmonizmning yo'qolish iga olib kelganligini ta 'kidlaydi. Ye.D. Polivanov bunday Jarayonni o'zbek tilining o'z ichki taraqqiyoti natijasi emas, balki tashqi am il eron tillari ta'siri natijasi deb tushunadi. Ye.D. Polivanov "O'zbek tili va o'zbek dialektologiyasi" asarida hozirgi o'zbek tilida turkiy tillarn ing 9 talik, 12 talik un lilar tizim idan, shunin gdek, 9 talik eskt o'zbek tili unlilar tizim idan qanday qilib oltitalik unlilar tizimi paydo bo"lganligini konvergen siya va divergensiya hodisalari asosida ilmiy jihatdan asoslab berdi. Toshkent dialektidan boshqa barcha o'zbek shevalarida 8-9 talik unlilar tizimi amal qilib kelayotganligi, bu esa singorm anizm qonuniyatining palatal garmoniyasi ta'siri ekanligi, 6 talik unlilar tizimi esa ana shu singarmon izm qonuniyatidan xalos bo'lishning natijasi ekanligini bayon qiladi, 1940-yillarming oxiridan bosh lab hoztrgi o'zbek adabiytilin ing izchil kursini yaratishga harakat boshlandi. Muliflar guruhi bel gilan ib, tadqiqot natijalari alohida-alohida risolalar sifatida e'lon qilina boshlandi. Unda o'zbek tilshunoslik tarixida ilk marta o'zbek tili fonetikasi o'zbek tilshunosligin in g tarkibiy bir qismi sifatida izchil bayon qilindi. 1947 yilda A.G'ulomovning "O'zbek tilida urg'u" risolasining nashr etilishi bilan o'zbek til ustegmet birlklarining o'tganilish tarixi boshlandi. Unda urg' uning so'z ya mantfq urg'ulariga bo'lin ishi, so'z urg' usin ing o'zbek tilidagi vazifalari izohlab berildi. 1953 yilda V. Reshetov va Sh.Shoabdurahmonovn ing "Fonetika. O'zbek tili fonetikasiga doir ba'zi masalalar" risolasi bosildi. O'zbek tilshunosligida fonema atamasi ilmiy isti fodaga olib kirildi va uning mohiyati tushuntirildi. A.G'ulomovning "O'zbek ilida tarixiy so'z yasalishi. Or" (M., 1955) nomli doktorlik dissertatsiyasida ham morfemalar oralig'ida ro'y beradigan turli fonetik o' zgarishlar haqida so'z yasal ish iga bog'liq ravishda ma'lum ot beriladi 1970 yilda A.M.Shcherbak tomonidan "Turkily tillarn in g qiyosiy fonetikasi" nomli kitobi nashr etiladi. Mazkur kitobda muallif turkiy tillar fonologik tizimi fonologik oppozitsiyalar asosida o'rgandi. O'zbek tilining fonologik oppozitsiyalari haqida ham ma'lum ot berdi. Bu bilan o'zbek tili fonologiyasining shakllanishi uchun zamin yaratdi. 1974 yildaA.A.A bduazizov tomonidan ingliz va o'zbek tillari materiallari tipologiyasi dissertatsiy asin ing dunyoga kelishi o'zbek tili fonologilyasini shakllanishi va asosida "Fonologik sistemalar mavzusidagi doktorlik rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. 1980 yilda A.Nurmonovning "O zbektilli fonologiyasi va morfonologiyasi" hamda 1984 yilda AA.Abduazizovning xuddi shu nomda nashriyotida chop etilgan asar larin in g maydonga kelishi o'zbek tili fonol ogiyasi va "O'qituvchi" marfonologiyasin in g ta'lim Jarayoniga tatbiq etilish ida katta voqea bo'ldi. Mazkur asar larda o'zbek tilshunosligi tarixida ilk bor morfonologiya maqomi belgilandi va uni o'rganish ob 'ekti aniqlandi. 1999 yilda M.Mirtojiyev tomon idan yozilgan "Hozirgi o'zbek adabiy tili. Fonetika kitobida shu Kunga qadar nutq apparati haqidagi mavjud bo'lgan tushunchalarga bir qator oydinliklar kiritildi. Shunday qilib, hozirgi kunda o'zbek tilshunosligida fonetik sathni ikki asosda o'rganish an'anaga aylandi: 1) tavsifly asosida-fonetika: 2) sistemaviy asosda-fonologiya. Har ikki Jihat bir-biridan oziqlanib, tobora rivoj lanib bormoqda. A.G ulamov o'zbek tilshnosligi tarixida ilk bor Boduen de Kurtene tomonidan eng kichtk ma'noli birlikni ifodalash uchun qo'llangan morfema atamasini olib kirdi. A.G 'ulomov so'zning yasalish tuzilishi bilan mor femik tuzilishini bir-biridan farqladi. Muallifning ta'kidlash icha, so'zn ing morfem atik tahlilida uning morfemalari aniqlansa (o'ql-tuv-chi-lik), so'z yasash tahlilida so'z yasalma sifatida doimo ikki qismga - yasovchio'zak yoki yasovchi negiz, yasovchiaffiksga ajraladi. A.Gulomovning so zn ing yasalish va morfemik tarkibi, marfema turlari haqidagi fqikrlari 1977 yilda nashr etilgan "O'zbek tili morfem lug' ati" kitobining kirish qi smida yanada batafsilroq berildi. O'zbek tilshunosligida 70-yill ardan boshlab morfem ika tilshunoslikning alohida bo'limi sifatida aratila boshlandi. Morfem ika tilshunoslikning alohida bo'limi sifatida e'tirof etilgandan buyon ham un ing o'rganish predmeti yuzasidan turli xil fikrlar yuritildi. 1992 yilda Yo.Tojlyevning «Q'zbek til morfemikasi nomli qo'llanmasini yaratildi. O'zbek tili morfem ikasin ing shakllan ishi va uning o'rganish ob'ektining to'g'ri belgilashda A.Hojiyevning xizmati katta bo'ldi. A.Hojiyev morfemikaning o'rganish ob'ekti haqida fikr yuritar ekan, quyidagilarni yozadi: "Morfimekaning so' zning necha morfemadan tashkil topishini o'rganmaydi, balki morfemalar ing turini, har bir turga xos xususiy atlarni o'rganadi". O'zbek tili morfemalarining xuddi boshqa sath birliklari kabi sath hosil qilish xususiyatini, ularni paradigmatik va sintagmatik munosabatlarini yoritishda T.Mirzaqulovning tadqiqotlarini alohida ta kidlash Joiz?. O'zbek tili leksikasin ing shakllanish ida Faxri Kamoln ing «Hozirgi zamon o'zbek tilil kursidan m ateriallar" rukni ostida chop etilgan "O'zbek tili leksikasi va Ya.D.Pinxasovning "Hozirgi o'zbek tili leksikasi" risolalari, 1957 yilda nashr etilgan "Hozirgi zamon o'zbek til" asari katta aham iyatga ega. O'zbek tili leksikologiyasida ilk bor leksik dubletlar haqida ma'lumot berildi. Keyinchalik M.Mirtojiyev, LQo'chqartoyev, A.Hojiyev, B.lsabekov, R.Shukurovlaming leksik omonim, sinonim, antonimlar tadqiqiga bag'ishlangan maxsus asarlari maydonga keldi. So'zlaming ko chma ma'ng tarlari, ularning hosil bo'lish yo'llari xususida M.Mirtojiyev "g'2bek tilida polisemiya", I.Shukurov "O zbek tilida troplar" asarlarida so'z yuritdi. O'zbek tili leksikologiyasi bo'yicha erishilgan yutuqlar sintezi sifatida "O'zbek tili leksikologilya" kitobi (1991) maydonga keldi. 70 80-yillardan boshlab o'zbek tilshunosligiga sistemaviy-struktur tilshunoslik qo'lgá kiritgan yutuqlar un ing tadqjq etish metodlari kirib keldi. U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayev tomonidan yozilgan "Hozirgi o'zbek adably til" kitobining leksikologiya qlsmi o'zbek tavsifli leksikologlyasidan sistemaviy leksikologiyaga o'tish davri, leksikologiyan ing bu ikki yo'nalishi o'rtasidagi ko'prik sanal adi. Chunki unda tavsifly leksikologiya an' an alari davom ettirilgan va takomillashtirilgan bo' lishi bilan birga, sistemaviy leksikologiyaning asosiy belgilardan bo lgan uzviy tahlil uslubi joriy etildi. O'zbek leksikologiyasining yuqori bosqichga ko'tarilishida Jahon sistemaviy-strukturaviy tilshunosligining eng yaxshi Jihatlarini o'zida mujassamlashtir gan va o'zbek tilshunoslari erishgan yutuqlarmi sintezlashtirgan Hojiyev A.So'zning morfologik va so' z yasalish strukturasi. "o' zbek tili va adabiyoti" jurnali, 1976-yil, 3-son, 31-bet. "O zbek tili sistemaviy leksikologiyasi asoslari' kitobining yuzaga kelishi katta voqea bo'ldi. Asarda sistemaviy tilshunoslikning asosiy tushunchalarini izchil bayon qilib berish, lingvistik oppozitsiyal ar va ularning leksik sathda namoyon bo'lishi, lekseman in g boshqa til birl iklari tizimida tutgan o'rni, uning shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan butunlik ekanligi bayon qil inadi. Frazeologiya tilshunoslikning yangi bo'limi sifatida XX asrning 50- yillaridan boshlab mustaql bo' lim sifatida ajralib chiqdi. frazeologiyasining shakllanishida Ya.D.Pinxasov, M.Xusainovlam ing xizmati katta bo ldi. O'zbek Sh.Rahmatullayev, O'zbek tilshunosligi leksikografiya sohasida Juda katta tarixga ega. Lekin o'rta asr leksikografiyasida ko'proq e'tibor izohli va tarj ima lug'atlar ga qaratilgan. XX asrning 40-yill aridan bosh lab leksikografiya yo'nalish lari ham kengaydi. Xususan, A.Yu.Y unusovning «Fiziologik terminlarning izohli lug'ati" (1984), A.Hojiyevning ozhek sinopimlarining izohli lug'ati" (1974), Sh.Rahmatullayeyning "O'zbek tili sinon imlarin ing izohli frazeologik lug'ati" (1978), "O'zbek tili omonimlarining izohli lug'ati" (1984), shu muallifning R.Shukurov bilan hamkorlikda tayyorlagan "O'zbek tili antonimlarining izohli lug ati" kabi lug'atlar xususiy izohli lug' atlar sanaladi. O'zbek tilining barcha leksemalar in i izohlashga bag ish lan gan lug'at esa umumiy izohli lug'at hisoblanadi. 60 ming so zni o'z ichiga olgan ikki Jildli "O'zbek tilin ing zohli lug' ati" (1981) o'zbek leksikografilyasi tarixida o'zbek tilining barcha leksemalarini izohlash ga qaratilgan ilk izohli lug' atdir. 16 ming so'zni o'z ichiga olgan "0'zbek tili faol so'zlarin ing izohli lug' ati"ning nashr etilishi (2001) ham bu yo'lda qilingan harakatlan ing deboch asi bo'ldi. Sh.Rahmatullayev tomonidan "O'zbek tilining etimologik lug ati" (2000)n ing nashr glin ishi o'zbek leksikografiyasini yuqori cho'qgiga ko'tardi. Mahmud Koshg'ariyntng "Devoni lug'ati turk" asarida, Alisher Navoiy "Muhokamat ulug at ayn " asarida ham, Muhammad Chingiyning "Kelurnoma", Fitratning "Sarf" asarl arida ham so'z yasalish iga doir fikrlar bayon qilingan. Ne' matov H. Rasulov R. O'zbek tili sistemaviy leksi kol ogiyasi a soslari.. T. O' qituvchi, 1995. XX asning 30 40-yillarida fe'l va ot yasalish iga bag'ishlagan maxsus asarlar dunyoga keldi. Lekin so'z yasalishi alohida hodisa sifatida va bu hodisani o'rganuvchi «So'z yasalishi" tilshunoslik fanining alohida bo'limi sifatida ilk borA.G'ulomov tadqiqotlari asosida XX asning 40-yillarida shakllandi. A.Hojiyev ham so'z yasali shi bo'yicha qator ishlar qildi. Xususan, u so' zning morfemik va morfologik tuzilishi bo 'yicha yo'l qo'yilgan noaniqliklarga barham berdi. A.Hojiyev so'zning mor femik tuzilish deganda, uning necha ma'noli qismlardan- morfemalar da tbor at ekanligi so 'zning morfologik tuzilishideganda esa, unfng forma yasashga asos bo'lgan va forma yasovchi qismini, ya'ni ikki qismni nazarda tutish lozimligini ta'kidlaydi. Bu Jihatdan A.Hojiyev so'zn ing morfologik tuzilishi bilan so'z yasalishi tuzilishi o'rtasida qandaydir yaqinlikni
ko'rsatdi.
O'zbek tilining fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisini alohida-aloh ida bo'limlar sifatida izchil ravisbda dastlab Eitrat o' rgandi va o'zbek tilshunosligi tarixida "Sarf" va"Nahv" asarlari bilan o'zbek tili gramm at ikasiga asos soldi. O'zbek tilshunosligi tarixiga mor fologiya va sintaksis atamalarini O.Usmonov va B.Azizovlar olib kirdi. Lekin bu asarlar maktab o'quvchilari uchun yozilgan darslik bo 'lib, lingvistik hodisalarni chuqur ilmiy tahlil qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymagan edi. O'zbek til, grammatik qurili shini chuqur ilmiy tadqiq qilish 40-yillardan boshlandi. A.G ulomov o'zbek morfologilyasiga doir bir qator asarlar yozd. Shu bilan birga, Ulug' Tursunovning ko 'makchilar, H.Komilovan ing kelishiklar, Z.Ma'rupovning ot va sifat yuzasidan olib borgan tadqiqotlari o'zbek ilmiy grammatikasin in g yaratili shidagi dastlabki harakatlardan bo'ldi. 50-yillarda Hozirgi zamon o'zbek tili kursidan materiallar" rukni ostida o'zbek tilining barcha sathlarl bo'yicha btf nechta risolalar yaratildi. Xususan, A.G'ulomovning "O'zbek tilining morfologiyasiga kirish" (1953), "Fe'l" (1954), S.Usmonovning «O'zbek tilida undovlar» (1953), H.Komilovan ing «O'zbek tilida son va olmosh" (1953), M.Asqarova, R.Jumaniyozovlarning «O'zbek tilida ravishdosh va sifatdosh" (1953), S.Fuzailovn ing «O 'zbek tilia ravish lar" (1953), Sh.Shoabdur ahmanovping 0'zbek tilida yordamchi so'zlar" (1953) singari asarlari yaratildi. A.Holiyevning "Fe'l", "Qo'shma, Juft, takrorly so'zlar" (1963), "O'zbek tilida ko 'makchi fe'llar" (1966), "To liqsiz fe'llar" (1970) sin gari monografilyalari yaratildi. "Hozirgi zamon o'zbek tili. Fonetika, Grafika, Orfografiya, Orfoepiya, Leksikologiya, Morfologiya" kitobi yaratilgandan so'ng o'zbek tili marfologiyasiga doir yangi tadqiqotlani e'tiborga olgan holda ikki Jildli "Hozirgi o' zbek adabiy til" (T., "Fan", 1966), "o zbek tili grammatikasi, 1 tom, Morfologiya (T./"Fan", 1975), II tom, Sintaksis (T., 1976) asarlarin ing maydonga kelishi esa, o'zbek tili grammatikasining takomillashuvida katta rol o'ynadi. O'zbek tili sintaksisi til shunoslikn in g alohida bo'limi sifatida ilk bor Fitrat tomonidan «Nahv" atam asi ostida o'rganildi. O'zbek tilshunosltgida birinchi marotaba sintaksis nami ostida O.Usmonov va B.Azizovlar maktab sgrammatikasini nashr etdila (1939) O'zbek tili Sintaktik birlikl arini imiy asosda atroflicha o'rganish XX asarning 40-yillaridan boshlandi. Sintaktik sath birliklarini Ovrupo tilshunosligining yutuqlari asosida chuqur o'rgan ish ham A.G'ulomov nomi bilan bog'ligdir. U «O'zbek tilida aniqlovchilar" mavzusidagi nomzodlik nomzodlik dissertatsiyasi hamda bu dissertatsiya asosida maydonga kelgan xuddi shu nomdagi risolasi T. 1942), "O zbek tilida so'z tartibi" (T., 1947), "Sodda gap" (T., 1948-1955) singari risolalari bilan o'zbek ilmiy sintaksisin ing paydevorini yaratdi. Sodda gap sintaksisi haqidagi ta'limotning rivojlanishida A.Komilovan ing "Gapda so'zdan ing bog'lanish " (T., 1955), G'.Abdurahmonovning "Gapning ajratilgan ikkinchi darajalt bo 'laklari" (T., 1956), H.Boltaboyevan in g shu nomdagi risolalari (Farg'ona, 1957), D.Ashurovaning "Gapning uyushgan bo'laklarf" (T., 1962), A.Sayfullayevn in g undalm alarga, kirish va kiritm alarga bag'ishlan gan tadqiqotlarl, F.Ubayevan ing "Hol" asari, A.Ahmedovn ing "So'roq gaplar" (1965), A.Safayevning bosh va ikkinchi darajali bo'laklar, I.Rasulovn ing bir sostavli gaplar, B.O'rinboyevning atov gaplar, |so'zlashuv nutqi sintaksisi tadqiqiga qaratilgan asarlari katta xizmat qildi. 1974 yilda IL.Rasulovn in g "Hozirgl o'zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar" nomli monografiyasi nashr etildi."Gap haqida sintakt ik nazariyalar" kitobin ing nashr etili shi (T, 1988), gapda ikki cho'qqili (ikkita bosh bo'lakni e'tirof etuvchilar) nazarilyaning kelib chiqish ildizlar, gapni bo'laklarga aJratish tamoyillari va unda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni ko'rsatib berishda katta ahamlyatga ega bo'ldi. Unda turkiy tillar sintaktik tuzilishida eng muhim konstruktiv bo lak kesim ekanligi, shuning uchun ham turkiy tillar uchun bir cho'gqili nazariya muvofiq ekanligi, gap bo'laklarini gapning ana shu mazmuniy va gram matik markazi bo'lgan kesim bilan munosabatiga qarab belgilash lozimligi ta'kidlandi. Ayni paytda gap bo'laklari ikki daralagan emas, bir pecha darajalar ga bo'linishi mumkinligi ko'rsatildi.O'zbek tilil sodda gap sintaksi sin ing takomillashuvida B.O'rinboyevning "Hozirgi o'zhek adabiy tilida vokativ kate goriya" (T., 1972), N.Mahmudovning "O'zbek tilidagi sodda gaplarda mazmun va shakl assimetriyasi" (T., 1984) monografiyalari katta ah amiyat ga ega bo'ldi. Bu asarlar o' zbek tili sintaksisiní yangicha qarashlar, yangi yo'nalishlar bilan boyitdi. O'zbek tili sodda gap sintaksisining shakllanishi va taraqqiyotida A.G'ulomov xizmatin qanchalik katta bo'lsa, qo' shm a gap sintaksising shakllani shi va taraqgiyot ida G'Abdur ahmonov va M.Asqarovalarning xizmati kattadir. O'zbek tilin ing qo'shma gaplarga doir ilk asar H.G ozlyevga mansubdir.U 1941 yilda "Hozirgi zamon o'zbek tilida ergash gan qo'shma gaplarn ing sostavi" nomli asari bilan o'zbek tilshunosligida qo'shma gap sintaksisini o'rgan ishni boshlab berdi. 1955 yilda Fahri Kamol "Qo'shma gaplarga doir masalalar" kitobini nashr etdi va unda qo'shma gaplarning maqomt; ularning tasnifi haqida dastlabki ma'lumotlar beradi. G'.Abdurahmonov "Qo'shma gap" (T., 1957), "Qo'shma gap sintaksisi asoslari" (T., 1958), "Qo'shma gap sintaksisi" (T., 1964), M.Asqarova "Hozirgi zamon o'zbek tilída go'shma gaplar (T, 1960) singari kitoblarini nashr etib, o'zbek tili qo' shma gap sin tak sisining imiy asoslarini yaratib berdilar. O'zbek tili qo'shma galar sintaksisin ing takomilashuvida A.Berdaliyev, N.Turniyozovlarning ham xizmatlar ini ta'kidlash joiz. 70 80-yillarda Jahon tilshunosligida matn lingvistikasin ing ivojlanishi o' zbek tilshunosli gi ga ham ta'sir etdi va o'zbek tilshunosligida ham A.Mamajonov, M.To'hsonovlaning matn lingvi stikasiga va matnning uslubiy xususiyatlariga bag'ishlanga monogafik tadqiqotlari vujudga keldi. Shunday qilib, o'zbek sintaktik ta' limotin ing sh akllan ishi va rivojlanishida A.G'ulomov, G.Abdurahmonov va M.Asqarovalar katta xizmat qildilar. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiyevlar o'zbek tili sintaksisiga sistemaviy-struktur usulni olib kirdilar. Turkiy tillarda gapning mazmuniy va konstruktiv markazi kesim ekanligini, gapning egasi ham kesim orgali belglanishi va unga tobe ekanligini, gap bo laklarini gappi gap qilib turishdagi zaruriy va faku ltat ivlik belgisiga ko'ra bir necha darajalarga bo'lish mumkin ligini ko'rsatib berdilar'. O'zbek tilin ing ichki tuzilish xususiyatini o'rganish bilan birga, 50-yillardan boshlab uning uslubiyotini o'rganishga ham e'tibor qartila boshlandi. Bundayhar akatn ing boshlanishida A.Gulomov va Sh.Shoabdur ahmonovlar turdi A.G'ulomov 1941 yilda mashr etgan "o'zbek tilida kelishikl ar" asarida xalq doston larida kelishiklaning qo'llanishidagi o'ziga xos xususiyat larga keng to'xtalgan bo 'Isa, Sh.Shoabdurahmonovn ing "Ravsh an" doston in in g tili va uslubi (1949) mavzusidagi nomzodl ik dissertatsiyasi ayna shu muammoga bag'ish lan gan ilk monografiya sanaladi. Shundan beri o'zbek tilining turli funksional uslublarin in g monograflya tadqiqiga bag' ishlangan o'nlab asarlar maydonga keldi. Ular ichida L.Qo'chqartoyevning Badily nutq stilistikasi" (1975), A.Shomaqsudov, \L.Rasulov, R.Qong'urov, H.Rustam ovlarning "O'zbek tili stilistikasi", R.Qo'ng'urovning "O'zbek tili stilistikasidan ocherkl ar" (1982), A.Shomaqsudovning "O'zbek adabiy tili stillari haqida" (1970), "O'zbek tili stilistikasi" (1974), B.0'rinboyevning "O'zbek tili so'zlashuvi nutqi sintaksisi " Nurmonov A. Gap ha qida sinta ktik nazariyal ar. T., 1988. masalalari" (1974), "So 'zlashuv nutg" (1982), A.Mamajonovn ing qo'shma gap stilistikasiga bag ish langan bir qancha asar lari, M.Rahmonovn ing "Turkiston viloyati gazetasí tili sintaktik xususiyati" (1971), B.Turdialiyevning gazeta tili morfologik xususiyatlariga, B.Yo'ldoshev, S.Karimovning badiiy uslub, B.Umrqulovning publitsistik uslubga, Yo.Tojiyevning affikslar uslubiyotiga bag'ishlangan tadqiqotlar o'zbek tili stilistikasin in g rivojlanishiga olib keldi. O'zbek tili úslubiyoti negizida, nutq madaniyati shakllandi. O'zbek nutq madaniyatining shakllanishtda E.Begmatovning xizmatlarini alohida ta'kidlash lozim. Uning rahbarligida yozilgan «0'zbek nutq madaniyati ocherklari" (1988) kitobida nutq madaniyati kursin ing o'rganish ob'ekti, mundarijasi, maqsad va vazifalari nazariy jihatdan asoslab berildi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abu Ali ibn Sino. Fonetika haqida risola. -T., "O'zbekiston", 1979. Nashrga
tayyorlovchilar: A.Mahmudov, Q.Mahmudo.
2. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T., Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti, 1993
3 Abu Rayxon Betuniy. lzbrannie proirvedeniya. Tom 1, -T., 1974.
4. Abul Qosim az-Zamahshariy. Nozik iboralar. -T., "Fan", 1992.
5 Abulg'oziy Bahodirxon Shajarayi tarokima. -T., "Fan",1992.
& Abulg'oziy Bahodirxon Shajaryi turk. - T., Cho'pon, 1992.
7. Aliyev A., Sodigov Q. o'zbek tili tarixi. Toshkent, O'zbekiston, 1994
& Baskakov N.A. Tyurkskix yazbiki. M., 1960.
Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin