Mavzu:
O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari.
“Lotin yozuviga asoslangan yangi imlo
qoidalari”ning qabul qilinishi va uning
ahamiyati.
O’qituvchi: Ruzikulova G. F.
O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak
madaniyatga erishganligining o‘ziga xos
ko‘rinishi sanaladi.
So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o‘z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi.
Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz
1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o‘tishi
bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga
javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning
boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar
boshlandi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respub-likasi
Vazirlar Mahkamasi 1995- yilning 24-
avgustida 339-sonli «O‘zbek tilining asosiy
imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qaror
qabul qildi. U 82 banddan iborat bo‘lib,
quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Harflar imlosi:
unlilar imlosi (1—7-bandlar);
undoshlar imlosi (8—32-bandlar).
Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37-bandlar).
Qo‘shib yozish (38–50-bandlar).
Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).
Ajratib yozish (57—56-bandlar).
Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).
Ko‘chirish qoidalari (75—82-bandlar).