1- Mavzu: “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” fani predmeti, uni o‘rganish ahamiyati.
Ajratilgan soat: 2 soat.
Reja:
1. «O‘zbekiston va jahon hamjamiyati» fani predmeti, nazariy – metodologik asoslari.
2.«O‘zbekiston va jahon hamjamiyati» fanini o‘rganish ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati.
Maqsad:Talabalarga “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” fanini o‘rganishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirib berish, ulardan fanni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish.
Tayanch iboralar: O‘zbekiston tashqi siyosati geografiyasi, iqtisodiy omillar, xalqaro unosabatlar, hamkorlik, tinchliksevar, siyosat, jahon hamjamiyati.
1-reja bayoni: Bugungi kunda o‘tayotgan har bir kunimiz tarixiy ostona ekanligi tarixiy haqiqatdir. Har kuni vatanimizda ijtimoiy – siyosiy jarayonlar, ko‘p qirrali islohotlar Prezidentimizning adolatli va xalq manfaatini ko‘zlab olib borilayotgan siyosati bilan sug‘orilgan holda amalga oshmokda. Mustaqilligimizning o‘tgan qisqa davri o‘zining mazmun–mohiyati, amalga oshirilgan ishlar ko‘lami, ongimiz, tafakkurimiz va turmush tarzimiz ko‘rsatgan ta’siri nuqtai nazaridan bir necha yilliklarga o‘n yilliklarga tengki, uni alohida o‘rganishni davr taqozo etmoqda.
Ma’lumki, bugungi kunda Vatanimiz tarixi eng qadimgi davrdan boshlab to bugungi kungacha bosqichma-bosqich o‘rganilmokda. Maktabda tartib bilan xronologik tartibli tarzda sinfdan sinfga o‘tish bilan birga tariximizning ma’lum bir bosqichlari o‘rganib kelinmokda. Oliy o‘quv yurtlarning tarixchi mutaxassisliklari ham O‘zbekiston tarixi fani alohida mustakil fan sifatida o‘rganilmoqda. Ta’lim jarayoniga «O‘zbekiston va jahon hamjamiyati» fanini qo‘shishdan maqsad kelajakda tarixchi bo‘lmish mutaxassis o‘qituvchilarni mustakillik yillarida O‘zbekistonimizning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi, uning halqaro nufuzining ortib borish, chet mamlakatlari bilan o‘zaro aloqalari va munosabatlarini har tomonlama, atroflicha o‘rganishdan iboratdir. Voqealar jarayoni, yangilanishlar oqimi hali tinmaganidek kabi, prezidentimizning chet mamlakatlarga safarlari, yangidan yangi aloqalarning o‘rnatilishi ham kun sayin ortib bormoqda. Negaki, bizning chinakam xazina bo‘lgan diyorimizga chet elliklarning qiziqishi kun sayin ortib bormoqda.
O‘zbekiston tashqi siyosati geografiyasi uzluksiz kengayib bormokda. U mustakillikni mustahkamlashga, xalq farovonligi va xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. O‘zbek diplomatiyasi xorijiy mamlkatlardan sadaqa so‘rashga emas, ikki tomonlama manfaatdorlikka, insonparvarlikning yuksak va olijanob tamoyillariga tayanadi. Respublika prezidenti I.Karimov qaysi mamlakatda bo‘lmasin, avvalo ulardagi ilg‘or tajribani o‘rganishga, foydali narsalarni topishga, ulardan foydalanishga alohida e’tibor beradi.
O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir. Hozirgi kunda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 3200 qo‘shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqilmoqda, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Jahondagi 80dan ortiq xorijiy bank bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilgan. Ilg‘or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, bank sohasida va boshqaruvda, axborot tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishda, yetakchi birjalar bilan aloqalar o‘rnatishda, qonunchilik tajribasini o‘rganishda respublikamizga ko‘maklashmoqda.
O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida bir necha o‘n yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jaxon hamjamiyatiga o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Har bir fanda bo‘lganidek, «O‘zbekiston hamda jahon hamjamiyati» fani ham o‘quv rejasiga asoslangan ilmiy metodologik va uslubiy-didaktik asoslarga ega. Nazariy metodologik asosni Prezidentimiz Islom Karimov asarlari tashkil etadi. Prezidentimiz o‘z asarlarida O‘zbekistonnnig mustaqillik yillaridagi rivojlanishi va kelajagi buyuk davlat qurish borasidagi ustuvor yo‘nalishlarini har tomonlama asoslab bergan. I.Karimov asarlari mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy madaniy hayotini har tomonlama o‘zida aks ettirib, ushbu sohalarda qilingan va qilinajak ishlarni batafsil yoritib berganlar.