Mavzu: Pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun o'qituvchi kasbiy tayyorgarligi



Yüklə 80 Kb.
tarix21.03.2023
ölçüsü80 Kb.
#88942
Pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun o\'qituvchi kasbiy tayyorgarligi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

Mavzu: Pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun o'qituvchi kasbiy tayyorgarligi.
Pedagogik amaliyot bo’lajak mutaxassisni kasbiy tayyorlash tizimining asosiy va muhim bo’g’inidir.
Pedagogik amaliyot talabaning nazariy ta‟limi va bo’lajak mustaqil faoliyatini bog’laydigan hamda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ta‟minlovchi jarayon bo’lib, dastlabki tajriba maktabi hisoblanadi.
Pedagogik amaliyot – bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda o’quvpedagogik jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o’quv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo’ladi. Pedagogik amaliyot o’quv mashg’ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi.
Pedagogik amaliyotning maqsadi – bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko’rish, pedagogik faoliyat mas‟uliyatini his etish va o’z ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o’qituvchilarning ish faoliyatini o’rganishdan iboratdir.
Pedagogik amaliyot vazifalari:[3].

  • Talabalarda o’qituvchi kasbiga qiziqishni tarbiyalash;

  • Pedagogik faoliyat haqida bir butun tushunchani shakllantirish;

  • Pedagogik ko’nikma va malakalarni shakllantirish;

  • Pedagogik faoliyat bo’yicha tajribani yaratish.

Pedagogik amaliyot bo’lajak o’qituvchining o’qituvchilik faoliyatiga qo’yayotgan ilk qadami hisoblanadi. Pedagogik amaliyot – kasb ta‟limi yo’nalishlari uchun qo’llaniladi va pedagogik maxoratni oshirishga qaratiladi. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi pedagogik amaliyot bilan birgalikda kechadi. Pedagogik amaliyotning eng muhim vazifalaridan biri bu bo’lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir.





Pedagogik amaliyotning samaradorligi quyidagilarda ko‘rinadi:


Kasbiy tayyorgarlik zaruriy kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o’ziga xos ko’rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o’z-o’zidan yuzaga kelmay, balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi.
Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi dastlab kasbga xos tasavvur, tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid bilim, malaka va ko’nikmalarning o’zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi. Oliy ta‟lim muassasalari va ulardagi o’quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifatmonitoringini oshirish, bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.
Pedagogik amaliyot talabalarda tanlangan mutaxassislikning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo’lib, mazkur vazifani bajarish asosida ta‟lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta‟minlanadi. Bunda kasbiy tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo’lajak mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi belgilanadi.
Kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida ma‟naviy- axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy kompetentlikning shakllanishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini ifodalaydi. Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta‟lim muassasalari oldiga qo’yiladigan masalalardan eng muhimi, ya‟ni bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi:

  • mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va

iqtisodiyotning eng so’nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib turiladigan kasbiy ta‟lim dasturlarini yaratish;



  • uzluksiz ta‟lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o’zaro mustahkam integratsiyani yo’lga qo’yish;

  • ta‟lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o’quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta‟minlansh;

  • oliy ta‟lim tizimiga yuqori malakali o’qituvchi, metodist va muhandis- pedagoglarni jalb etish;

  • bo’lajak o’qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish;

  • oliy ta‟lim muassasalari o’quv amaliyotiga innovatsion o’qitish texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi[5].

Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni o’zlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda maxsus nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, ma‟naviy- axloqiy sifatlarni shakllantirish, bo’lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik jarayonidir.
Bo’lajak o’qituvchilarning pedagogik amaliyoti mobaynida ularga kerak bo’ladigan asosiy narsa bu – kasbiy bilimdir.
Kasbiy bilim – aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo’lgan axborotlar va o’zlashtirilgan nazariy ma‟lumotlar birlashmasidir .
Kasbiy ko’nikma va malakalar – amaliy faoliyat jarayonida paydo bo’ladigan, shaxsning o’zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga aylanishidagi avtomatlashgan usuldir.
O’rta maktab o’qituvchisining ixtisoslashgan tavsifnomasi – professiogrammasini yaratishda N.V. Kuzmina, Z.F. Esarova, M.G. Davletshin, M. Abdullajonova, T. Hamroqulov va boshqalar quyidagi kasbiy malakalarni farqlaydilar[4].

  1. Gnostik malakalar.

  2. Konstruktiv malakalar.

  3. Kommunikativlik.

  4. Tashkilotchilik malakalari.

Gnostik (yunoncha “gnosis” – “bilish”) malakalar tarbiyachining bilim sohasiga taalluqli bo’lib, bolalarning individual-psixologik taraqqiyot darajasini aniqlay bilish, o’zining tajribasi va pedagogik faoliyatiga refleksiv yondashish, ilg’or tajribalarni o’rganish, novatorlik, pedagogik-psixologik adabiyotlardan foydalana bilish, empatiya va pedagogik ziyraklik doirasidagi malakalarni mujassam etadi.


Konstruktivlik (loyihalash qobiliyatiga egalik) – bu tarbiyachining pedagogik jarayonni metodik jihatdan to’g’ri loyihalashtirishi va tashkil etishiko’zda tutiladi. Bunda ta‟lim jarayoni natijalarini prognoz qilish, o’quv-tarbiya jarayonini maqsadli loyihalash, o’quvchilarning yosh va individualxususiyatlaridan kelib chiqib ta‟limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni to’g’ri belgilash va darsning texnologik tuzilmasini aniq belgilash, amalga oshirish bilan bog’liq malakalar nazarda tutiladi.
Kommunikativlik – bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati bo’lib, unda o’quvchilar va hamkasblari bilan o’zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda tarbiyachining bolalarni o’ziga jalb etishni bilishi, o’quvchilar va ota-onalar bilan muloqotni tashkil etishi, boshqarishi va nazorat qilishi, ular bilan pedagogik- psixologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga, shaxslararo munosabatlarni faollashtirishga qaratilgan malakalardir. O’quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo’lishi ko’p jihadan o’qituvchining kommunikativ ko’nikma va malakalarni uzluksiz ravishda egallab borishi, uni qo’llay olish layoqatiga bog’liq.
Tashkilotchilik – tarbiyachining o’quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, jamoani jipslashtira olishi, o’quvchilarning bilish faolligini faollashtira olishi, shaxsiy tajribasi va ilg’or pedagogik g’oyalarni dars jarayoniga tatbiq eta olishi bilan tavsiflanadi[6].
Pedagogik amaliyot ishlarini tizimli yo’lga qo’yish va uning uslubiy ta‟minotini yaratish kasbiy moslashtirish jarayonidagi muhim tashkiliy-metodik shart-sharoitlardan biri bo’lib hisoblanadi.


XULOSA


Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki, bo’lajak o’qituvchilarning faoliyatida pedagogik amaliyot beqiyos o’rin tutadi. Har bir pedogog qanday qobilyatlarga ega bo’lishi va gnostik malakalar, konstruktiv malakalar, kommunikativlik, tashkilotchilik malalkalarni egallashda pedagogik amaliyot muxim ahamiyatga ega. Albatta shuni ham aytish zarurki, talabalarning o’quv davri mobaynida egallagan


kasbiy ko’nikma va malakalarini amaliyotda qo’llash uchun ham eng qulay fursat pedagogik amaliyot hisoblanadi.
Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin