Mavzu: pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik



Yüklə 17,06 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü17,06 Kb.
#210923
Mavzu pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik


MAVZU: PEDAGOGIK KASBIY KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK.
Mashgulot rejasi:
1.Pedagogik kompetentlik tushunchasining mohiyati.
2.Pedagogik kompetentsiya va uning komponentlari Kasbiy kompetentlik.
3.Kasbiy kompetentlik sifatlari, ijtimoiykompetentlik, maxsus (psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsionvakommunikativ) kompetentlik, shaxsiykompetentlik, texnologikkompetentlik, ektremalkompetentlik.
4.Pedagogning oʼz ustida ishlashi.
5.“Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalarining mohiyati


Tayanch tushunchalar: kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik kasbiy kompetentlik, individual rivojlantirish dasturi, pedagogning individual rivojlanish dasturi, o’z-o’zini rivojlantirish, pedagogning o’z ustida ishlashi, pedagogning o’z ustida ishlash bosqichlari, o’z-o’zini baholash.


1.“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o’rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo’lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo’lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo’sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi?
Pedagog o’zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o’rinda shu va shunga yondosh g’oyalar yuzasidan so’z yuritiladi.
Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi


Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi


"Kompetenstiya" tushunchasi (lotincha "competere" - mos kelmoq ma’nosini beradi) quyidagi moxiyatlarni ifodalaydi:
Kompetenstiya so’zi keng ma’noda - umumiy yoki muayyan keng qamrovli masalalarni echishda mavjud bilim va ko’nikmalarni amaliy tajribada ko’llay olish qobiliyatini anglatadi.
Kasbiy kompetentlik - kasbiy faoliyatga oid masalalarni hal etishda bilim va ko’nikmalarni amaliy tajribada samarali qo’llay olish qobiliyatidir.
Kompetenstiya - bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir. U bilim mahsuli bo’lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Kompetenstiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni aniklab ham, baxolab ham bo’lmaydi. Malaka kompetentlikning muhim mezoni bo’lib, u turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor qo’llash natijasida namoyon bo’ladi.

Hozirgi paytda oliy o’quv yurti professor-o’qituvchisidan talab qilinadigan kompetentlik quyidagi turlarga ajratiladi:



• professor-o’qituvchi tomonidan o’z bilimini muntazam ravishda boyitib borish, egallagan malakalarini takomillashtirishga tayyor bo’lish, zamon yangiliklaridan boxabar bo’lish;
• ta’lim jarayonida axborot kommunikastiya, informastion texnologiyalari va o’qitish vositalarining barcha turini qo’llay olish ko’nikma va malakasiga ega bo’lish;
• anglangan va mustaqil faoliyat (mustakil fikr, maqsad qo’yish, o’quv adabiyoti va qo’shimcha manbalardan to’g’ri foydalana olish);
• tashabbuskorlikda o’z harakatlari uchun javobgarlikni his qila olish;
• tanqidiy fikr yurita olish va dars jarayonida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni ijobiy hal eta olish;
• hamkorlik, o’zaro bir-birini tushunish, empatiya bildirish, o’zaro hurmat va ishonchga asoslangan pedagogik muloqotni o’rnata olish;
• chuqur kasbiy bilimdonlikka ega bo’lish.


Hozirgi zamon oliy o’quv yurti professor-o’qituvchisining kasbiy bilimdonligi va kobiliyati mezonlariga quyidagilar kiradi:
Yüklə 17,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin