Trening borishi: 1.Trening ishtirokchilariga mavzu nomi va u haqida tushunchalar beriladi. Qaysarlik — atrofdagi odamlarning maslahatlari, iltimoslari, ko’rsatmalari va aqliy mushohadalariga qarshilik ko’rsatishdan iborat shaxs illati. Qaysarlik odamning o’z bilganidan qolmaslikda, shaxsiyatparastlarcha intilishida namoyon bo’ladi. U g’azab, jahl, qasos olish, ko’ngil og’rish tuyg’ulari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Odamning tashabbuskorlik, mustaqillik xislatlarining qandaydir sabablar ta’sirida poymol qilinishiga nisbatan norozilik ham qaysarlikni keltirib chiqaradi. Qaysarlik odamlar davrasida o’zini o’zi tan oldirish, tanitish istagiga hamohang xulq-atvor shakli. Qaysarlik ko’pincha jahldor, alamzada, shijoatkor kishilarda yuzaga keladi. Bolalar va o’smirlarda qaysarlikning paydo bo’lishiga asosiy sabab — turmushdagi noqulay shartsharoitlar, tarbiyaviy ta’sirning zaifligi, ularning ehtiyojlarini qondirmaslik, o’zaro munosabatlarda qo’pollik, hamiyatiga tegish omillari va boshqalar ular haq-huquqlarining poymol etilishi, jismoniy va aqliy kamoloti kamsitilishi O’jarlik sari yetaklaydi. O’smirlarning ko’pincha noo’rin, asossiz qarorga kelishi fe’latvorining illatiga aylanib qolish xavfini tug’diradi. O’jarlikni bartaraf etishni shaxsning o’zi anglab etsa ijobiy o’zgarish, illatni yo’qotish imkoni yuzaga keladi.
2.“ismlar – fazilatlar” tanishuv mashqi: tanishuv quyidagi tarzda o‘tkazilishi mumkin: trener ishtirokchilarga o‘zini, faoliyatini, bugungi trening maqsadini tanishtiradi. Shundan so‘ng «ismlar — fazilatlar» mashqi orqali trening ishtirokchilari bir-birlari bilan tanishishadi. Bu o‘yin guruh ishtirokchilarining kayfiyatini ko‘tarish, ishtirokchilar o‘zlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi. Har bir ishtirokchi biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (masalan, rashid - rostgo‘ylik, murod — mardlik va hokazo).
2. Mixlar haqida rivoyat. Bir kichik shaharchada yosh yigit yashar ekan. U yigit juda jahldor