Mavzu: RAQOBATLASHUVCHI INVESTITSIYALAR
Reja:
Raqobatlashuvchi investitsiyalar haqida tushuncha
Muqobil investitsiyalar
Investitsiya loyihalarining amal qilish muddatlaridagi farqlar
Xarajatlarga ko‘ra samaradorlikni baholash usuli
Raqobatlashuvchi investitsiyalar haqida tushuncha
Investitsiya loyihasini tahlil qilish jarayonida investitsiyalar maqbulligini asoslashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar bizni turli ziddiyatli xulosalarga olib keladi. Barcha mezonlarga ko‘ra investit- siyalarning yuqori daromadli bo‘lishi kamdan-kam uchraydigan holdir. Buning ustiga bitta investitsiya loyihasining o‘zi bir ko‘rsatkich (masalan -IRR) bo‘yicha o‘zaro farq qiluvchi bir necha miqdorlarga ega bo‘lishi mumkin. Shu sabab, bu mavzuda tahliliy ma’lumotlar ziddiyatli bo‘lgan holatlarda (ayniqsa raqobatlashuvchi investitsiyalar sharoitida) qanday qilib investitsion qarorlar qabul qilish to‘risida fikr yuritamiz. Misol uchun binoni isitish tizimini turli variantlardagi isitish vositalari bilan hal qilish mumkin (misol gaz, ko‘mir va mazut).
Investitsiya loyihalari o‘rtasida raqobat ikki sababga ko‘ra yuzaga keladi:
Birinchidan, noiqtisodiy xarakterdagi sabablarga ko‘ra ikki loyiha bir-birini inkor etadi. Yuk tashish avtomobili 5 va 10 tonnalik bo‘lib, agar 5 tonnalik mashina olinsa u 10 tonnalik yuk tashishi faoliyatini ham olib boradi. Asosiy masala uning investitsiya xarajatlari (sotib olish va ekspluatatsiya qilish xarajatlariga bog‘liq).
Ikkinchidan, budjetning cheklanganligi sababli ham investitsiyalar o‘zaro raqobatlashuvchi bo‘lishi mumkin. Misol uchun eski avtomashinani kapital ta’mirlash kerakmi yoki yangisini sotib olish samaralimi?
Muqobil investitsiyalar
Investitsiyalar bitta natijaga erishishning bir nechta muqobil variantlari mavjud bo‘lgan holda yoki qandaydir cheklangan resursning (pul mablag‘laridan tashqari) bitta manbasini ishlatganlarida o‘zaro inkor etuvchi yoki muqobil bo‘lishi mumkin.
Masalan: «Uzsanoatqurilishbank» o‘z filiallarining kompyuter texnikasi bilan ta’minlash vazifasini hal etayotganida, unga turli firmalar o‘zaro muqobil bo‘lgan bir nechta investitsiya loyihalarini taklif qilishgan. Ularni qaysi birini saralash kerak? Bu holatda har bir
tijorat taklif beruvchi boshqalariga nisbatan raqobatda bo‘ladi. “Tashkent sity” dagi “Nestone” binosini turli firmalarga ijaraga berish to‘g‘risidagi taklif ham o‘zaro inkor etuvchi loyihalarga misol bo‘ladi. Resurslar cheklanganligi bilan bog‘liq ko‘pgina iqtisodiy masalalar singari muqobil investitsiya loyihalaridan birini tanlash muammosi ham cheklangan vaqt davomida ro‘y beradi, ya’ni shu vaqt davomida resurslarning yetishmovchiligi muammosini ham hal etish kerak. Masalan: ishlab chiqarish korxonasi oldida yoki bir sexdagi uskunalarni yangilash yoki yangi sex qurish loyihalaridan birini tanlash muammosi shu davr ichida birdaniga ikki loyihani moliyalashtirish imkoniyati yo‘qligi tufayli yuzaga keladi. Quyida muqobil investitsiyalardan birini tanlash jarayonida ro‘y beradigan muammolarni ko‘rib chiqamiz.
Kichik sanoat zonasi uchun quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Unda 3 ta muqobil (A.B.V) variantlarda quyosh elektr stansiyasini qurib berish taklifi olingan. Ishlab chiqarilgan energiyani bir qismini boshqa iste’molchilarga sotilishi va daromad olish rejalashtirilgan. Loyihaning pul tushumlari va investitsiya xarajatlari quyidagi jadvalda berildi:
javdval
Dostları ilə paylaş: |