Mavzu: riskni o’tkazish variantlari : xejirlashtirish, sug’urtalash, diversifikatsiya



Yüklə 6,4 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,4 Kb.
#201491
Moliya fanidan BajardiO.Odilov

MAVZU: RISKNI O’TKAZISH VARIANTLARI : XEJIRLASHTIRISH, SUG’URTALASH , DIVERSIFIKATSIYA.


Guruh: I-77-2/23 Bajardi:O.Odilov Tekshirdi: _______
Reja:
1. Qanday hollarda riskka qo’l uriladi.
2.Rejirlashtirish nima.
3. Sug’urtalash va diversifikatsiya haqida malumot bering
1. Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Riskning quyidagi ta’rifi allaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi.
Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga yo‘naltirilgan xattiharakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati. Subyekt uchun xavf-hatarlar – amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt manfaatlariga ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi. Zarar– har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon. Manfaat– naf, foyda. Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan kelib chiqib ikkita xususiyatga ega – noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlilik. Iqtisodiy nazariyada “risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan. Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.
Rejalashtirish — milliy iqtisodiyotning turli darajalarida (mikrodarajada — korxonalar va ularning ayrim boʻlinmalari, shuningdek, korxonalar guruhlari, tarmoklar, sektorlar va mintaqalar miqyosida; makrodarajada — mamlakatning butun iqtisodiyoti miqyosida) ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va boshqarish shakllari. Joriy, qisqa muddatli (oylik, choraklik, yillik), oʻrta muddatli (5 yillik) va istiqboldagi — uzoq muddatli (10—15 yillik) R.ga boʻlinadi.
Sovet iqtisodiyotida xalq xoʻjaligini markazlashtirilgan R. xoʻjalik mexanizmining asosiy boʻgʻini hisoblangan va direktiv, manzilli, barcha xoʻjalik yurituv subʼyektlar uchun majburiy boʻlgan. Rejalar tizimi mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yagona xalq xoʻjaligi rejasi, tarmoklar va mintaqalar rejalari, shuningdek, korxonalar rejalarini oʻz ichiga olgan. R. ni davlat miqyosida maxsus organlar — SSSR Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitasi va ittifokdosh respublikalar Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitalari hamda ularning viloyat, tuman boʻlinmalari ishlab chiqqan. 1928-yildan boshlab SSSRda xalq xoʻjaligini rivojlantirishning 5 yillik rejalari amaliyotga kiritilgan va bu tartib 1991-yilga qadar saqlanib keldi.
Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. Sugʻurta muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.
Sugʻurta jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta ishi nihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida sugʻurta badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12 % ni tashkil etadi.
Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi..
Yüklə 6,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin