Rivojlanishning ikki omili nazariyalari. Ijtimoiy va biologik omillar qarama qarshiligi. E. Eriksonning rivojlanishning epigenetik kontsepsiyas
MAVZU: Rivojlanishning ikki omili nazariyalari. Ijtimoiy va biologik omillar qarama qarshiligi. E. Eriksonning rivojlanishning epigenetik kontsepsiyas REJA. Rivojlanishning ikki omili nazariyalari
Ijtimoiy va biologik omillar qarama qarshiligi.
E. Eriksonning rivojlanishning epigenetik kontsepsiyas
KIRISH Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‘quvchining bilimlarni yuksak darajada o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning tafakkur, muloqot, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o‘qituvchi predmetni o‘qitish metodikasini, maktab o‘quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab o‘quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lish lozim. Наг bir pedagog ma’lum darajada psixolog ham bo‘lishi talab etiladi, chunki ular har biri faqat o‘ziga xos bo‘lgan, turli yoshdagi, turli individual xususiyatlarga ega bolgan o‘quvchilar bilan ish olib boradi. Har bir bola faqat o‘ziga xos bilish faoliyati, iroda, xarakter, xulq-atvor xususiyatlariga ega. Maktabdagi ta’lim-tarbiya berish jarayonida m am shu xususiyatlarni bilish va shunga asoslanib ularga individual munosabatda bo‘lish lozim. Mana shularni hisobga olgandagina, har bir pedagog o‘zining asosiy vazifasi, ya’ni yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyat1 i amalga oshiradi. Shuning uchun ham psixologiya fanining alohida sohalari bo‘lmish yosh va pedagogik psixologiya asoslarini chuqur bilish har bir pedagog uchun muhim hisoblanadi. Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida yosh psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik va qarilik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazilganligiga qaramay, bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlanish xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan. Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun mas’uliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi. Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlash mumkin. Ammo bu yerda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan bilimlar sohasi ko'zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi. Yosh psixologiyasining o‘rganish obyekti — ontogenezda normal, sog‘lom insonning o‘zgarishi va rivojlanishidir. Yosh psixologiyasining predmeti — rivojlanishning yosh davrlari, bir yosh davridan keyingisiga o‘tishning sabablari, mexanizmlari, ontogenezda psixik rivojlanish, yo‘nalishlari, tempi, tendensiyalari va umumiy qonuniyatlaridir. Yosh psixologiyasi turli xil yosh davrlarining psixologik xususiyatlariga e’tibor beradi. Rivojlanish psixologiyasi — inson psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari haqidagi bilimlar sohasi. Yosh psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida, o‘zgarmas deb qarash mumkin emas. Xuddi shunday, rivojlanishni yosh xususiyatlarini ajratib ko‘rsatmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib ko‘rsatish mumkin. 1. Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm va muhitga bog‘liqligi muammosi. 2. Insonning rivojlanishiga stixiyali ta’lim va tashkil etilgan ta’limning ta’siri muammosi. 3. Layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati muammosi. Bir tomondan psixik rivojlanish organizmga, ya’ni inson organizmining anatomik-fiziologik tuzilishiga bog‘liq. Nerv sistemasi va miyaning insoniy tuzilishi uni ong egasi, nutq va yuqori darajadagi intellekt sohibi sifatida rivojlanishiga imkon beradi. Nasliy yo‘l bilan yoki jiddiy kasallik oqibatida yuzaga keluvchi organizm anatomik-fiziologik holatidagi buzilishlar psixik taraqqiyotga ta’sir etishi va rivojlanishdan orqada qolishga olib kelishi mumkin. Bolaning miyasi yetilib bo‘lmaguncha unda ver bal nutqni va u bilan bogiiq bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantirish mumkin emas. Ikkinchi tomondan, organizmning psixik rivojlanishi muhitga ham bog‘liq. Chunki psixik taraqqiyotga ta’lim-tarbiyaning ta’siri juda beqiyos. Biroq, psixik taraqqiyotning u yoki bu bosqichida bu omillardan qaysi biri ko‘proq ta’sir etishini aniq aytish qiyin. Stixiyali ta’lim-tarbiya maxsus ta’limiy maqsadlarsiz, hech qanday dasturlarsiz, insonning jamiyatda boshqa kishilar bilan munosabatlari natijasida amalga oshadigan ta’lim-tarbiya. Tashkil etilgan ta’lim-tarbiya esa maqsadga qaratilgan holda maxsus ta’limiy tizimda olib boriladigan ta’lim-tarbiyadir. Shak-shubhasiz, inson stixiyali va tashkil etilgan ta’sirotlar ostida psixologik jihatdan taraqqiy etadi, lekin ulardan qay biri inson xulq-atvoriga kuchliroq ta’sir etishi masalasi muammoligicha qolmoqda. Keyingi muammo — layoqat va qobiliyatlarning o‘zaro munosabati masalasidir. Bolaning qobiliyatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi layoqatlarning o‘zi nima? Layoqatlar tarkibi faqat organizmning nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqmi yoki uning tarkibiga insonning orttirilgan xulq-atvor va psixik xususiyatlarini ham kiritish mumkinmi? Bola qobiliyatlarining taraqqiyoti ko‘proq mavjud layoqatlarga bog‘liqmi yoki unga to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiyaning ta’siri kuchliroqmi? kabi savollar hanuzgacha to‘la-to‘kis o‘z yechimini topmagan. Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarini, bir necha oydan (go‘daklik davri) to bir qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar «doimiy ta’sir etib turuvchi» omillar — biologik yetilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning insonga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq bo'ladi. Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan bu turdagi yoshga xos o‘zgarishlar evolutsion o‘zgarishlar deb ataladi. Evolutsion o‘zgarishlarda miqdoriy va sifatiy qayta qurishlar nisbatan sekinlik bilan amalga oshadi. Nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida jadal yuz beradigan chuqur o'zgarishlarni revolutsion o‘zgarishlar deb atash mumkin. Revolutsion o'zgarishlar odatda bir yosh davrining tugallanishi, ikkinchi yosh davrining boshlanishi arafasida ro‘y berib, yosh taraqqiyotining inqirozlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yosh taraqqiyotidagi inqirozlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixika va xulq-atvorda ro‘y beradigan revolutsion qayta (qurishlar) tuzilishlar yoshni davrlarga ajratishning asoslaridan biri sifatida qaralishi mumkin. Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana bir turdagi o‘zgarishlar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bolgan) o‘zgarishlar deb atash mumkin. Bunday o‘zgarishlar inson xulq-atvori va psixikasida tashkil etilgan yoki maxsus tashkil etilmagan ta’lim-tarbiya ta’sirida vujudga keladi. Evolutsion va revolutsion o‘zgarishlar odatda barqaror hamda qaytarilmas bo‘lib, sistematik mustahkamlashni talab qilmaydi. Situatsion o‘zgarishlar beqaror, a‘zgaruvchan, ularni mashqlar orqali mustahkamlash talab qilinadi. Evolutsion va revolutsion o‘zgarishlar inson psixologiyasini shaxs sifatida qayta o‘zgartirsa, situatsion o‘zgarishlarda xulq-atvorning ba’zi ko‘rinishlari, bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi. Yosh psixologiyasining predmeti — inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat. Yosh psixologiyasi o‘z navbatida bir qancha sohalarga bo‘linadi.
Bular:
1. Bolalar psixologiyasi.
2. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixologiyasi.
3. 0 ‘smir psixologiyasi.
4. Ilk o‘spirinlik yoshi psixologiyasi.
5. Katta yoshdagilar psixologiyasi.
6. Gerontopsixologiya (qarilik) psixologiyasi.
Yosh psixologiyasining umumiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) psixik jarayonlarning, bilimlarni o‘zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish; 2) shaxs rivojlanishining muhim omillarini o‘rganish; 3) psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish; 4) har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o‘rganish. Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi.
Yosh psixologiyasining nazariy vazifalari: — insonning butun hayot yo‘li davomida psixik taraqqiyoti manbalari, mexanizmlari va harakatga keltiruvchi kuchlarini o‘rganish; — ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish; — psixik jarayonlar kechishining yosh xususiyatlarini va qonuniyatlarini o‘rganish; — turli yosh davrlarida bilimlarni o‘zlashtirish, turli faoliyatlarni amalga oshirish qonuniyatlari, xususiyatlari va imkoniyatlarini aniqlash; — turli yosh bosqichlarida shaxs rivojlanishini tadqiq qilish. Yosh psixologiyasining amaliy vazifalari: — psixik funksiyalarning yosh normalarini aniqlash, insonning ijodiy potensialini va psixologik zaxiralarini ishga tushirish; — bolalarning ruhiy salomatligini va psixik taraqqiyotning kechishini tizimli nazorat qilish xizmatini tashkil etish, ota-onalarga muammoli vaziyatlarda yordam ko‘rsatish; — yosh va klinik diagnostika; — inson hayotining inqirozli davrlarida yordam ko‘rsatish, psixologik qo‘llab-quvvatlash funksiyasini bajarish; — uzluksiz ta’lim tizimda o‘quv jarayonini optimal tashkil etish. Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo‘ladi. Psixolog L.S.Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o'zlarining kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari boladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bundan keyin, tushunchalarni tarkib toptirishda hissiy negizga qay darajada tayanish lozimligini, qaysi paytda ko‘rgazmalilikdan va yakka hodisalardan qutulib, mavhumlik hamda umumiylikka o‘tish maqsadga muvofiqligini bilish kerak. Ko‘rgazmali tayanchdan barvaqt voz kechish ham ana shu bosqichda sun’iy ravishda to'xtab qolish ham bir xil xatodir. Shuning bilan birga ko‘rib va eshitib idrok qilish xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro munosabat xarakterini bilish kerak. 0 ‘tilgan materiallarni qanday yo‘l bilan psixologik jihatdan samarali qilib mustahkamlash mumkin? 0 ‘quvchiga savolni qanday berish mumkin: umumiy qilibmi yoki konkret shakldami? Bir xil savollarni beraverish to£g‘rimi? Yordamchi savollarning roli qanday? (Psixologiyada shu narsa ma’lumki, javob beriladigan savolning ifodalanishiga ham bog‘liq bo‘ladi.) Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas. Ma’lum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning har bir yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan to‘g‘ri keladigan va yaroqli bo‘lgan narsa, ko‘pincha o‘smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bolishi mumkin. Biroq o‘qituvchi, tarbiyachi shunchaki ma’lum yoshdagi o‘quvchi bilan emas, balki konkret bir o‘quvchi bilan, individual shaxs bilan ishlaydi. 0 ‘quvchining bilishi mutlaqo zarur bo‘lgan individual farqlar bitta yosh doirasida nihoyat darajada katta bo‘ladi. Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iboratdir. Bu narsa o‘quvchining ruhiy dunyosidan xabardor bo‘la bilishni, psixologik jihatdan to‘g‘ri kuzatish tashkil qila bilishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi. Mana shu yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlarning hammasini bilish o‘z-o‘zicha hali ta’lim-tarbiya ishlarida muvaffaqiyatning garovi bo‘la olmaydi. Lekin juda ko‘p xatolarning oldini olish imkonini beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘ro na harakat qilish zaruratidan qutqaradi. Demak, pedagogik psixologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagogga ta’lim-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur